Ma’lumotlar bazasi
-
biror sohaga oid o’zaro bog’langan ma’lumotlar
yig’indisining disk tashuvchidagi tashkiliy jamlanmasidir. Boshqacha qilib
aytganda, ma’lumotlar bazasi - bu kompyuter xotirasiga yozilgan ma’lum bir
strukturali, o’zaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar majmui bo’lib, u biror bir
obyektning xususiyatini, holatini yoki obyektlar o’rtasidagi munosabatni ma’lum
ma’noda tavsiflaydi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT)
- bu dasturiy va apparat
vositalarining murakkab majmui bo’lib, ular yordamida foydalanuvchi ma’lumotlar
bazasini yaratishi va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin. MBBT
o’z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo’lib, bu tillarga buyruqli dasturlash tillari
deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access, Workbench, Navicat,
PHP My Admin, dbForge Studio for MySQL, HeidiSQL, SQL Maestro, EMS SQL
Manager, SQLyog, DBTools Manager, MyDB Studio va boshqalarni misol keltirish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |