122
8 BOB. TAQDIMOTLARNI TAYYORLASH TЕXNOLOGIYALARI.
MICROSOFT POWER POINT 2013 DASTURIDA TAQDIMOTLARNI
TAYYORLASH
8.1. MS Рower Point grafik redaktori to’g’risida umumiy
ma’lumotlar.
Bugungi kunda rivojlanib borayotgan jamiyatimizda, reklamalarga juda keng
e’tibor berilmoqda. Reklamalarning har xil ko’rinishlari: varaqalar, e’lonlar, tele va
radio reklamalar sizga ma’lum. Bugungi kunda kompyuter - reklamalarni yaratish
va tarqatish bo’yicha eng kuchli vositaga aylandi.
Taqdimotlarni yaratish va tayyorlash uchun ko’pgina amaliy dasturlar mavjud.
Ularga misol sifatida bazibir amaliy dasturlar nomlarini keltirib o’tamiz:
1.
Microsoft Power Point;
2.
Apple Keynote;
3.
Google Prezentatsiya;
4.
Prezi;
5.
Haiku Deck;
6.
Slides;
7.
SlideDog;
8.
Projeqt;
9.
Flowboard.
Statistik ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi vaqtda Microsoft Office dasturlari paketi
tarkibiga kiruvchi, Microsoft Power Point dasturidan, bir sekundda 350 kishi va
dunyo aholisining 95 % (foizi) foydalanar ekan. Ushbu foydalanuvchilar tarkibiga,
o’qituvchilar, bank hodimlari, o’z maxsulotini reklama qiluvchi biznesmenlar va
boshqalar kiradi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, biz, Microsoft Power Point 2013 dasturi haqida
ma’lumotlar, prezentatsiya tushunchasi uning imkoniyatlari va unda prezentatsiya
tayyorlashni ushbu mavzuimizda yoritib o’tmoqchimiz.
123
Reklama prezentastiyasini yaratish bu, ko’p vaqtni talab qiladigan, juda muhim
va mas’uliyatli jarayondir. Prezentastiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal
vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi - Power Point dasturidir. U grafik
axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animastiyalardan foydalanib, sifatli
prezentastiyalar yaratish imkonini beradi.
Prezentastiya (taqdimot) larni tayyorlash natijasida:
qatnashuvchilarga tarqatish uchun chop qilingan hujjat;
kadoskopda foydalanish uchun kalkalar;
slaydoskoplarda foydalanish uchun 35-millimetrli slaydlar;
cho’ntak daftarchasi;
elektron prezentastiyalarni olish mumkin.
Microsoft Power Point dasturi 1987 yildan boshlab paydo bo’lgan bo’lsa ham,
ammo prezentatsion grafik ishlarida yetakchi o’rin tutadi. Bu dasturning keyingi
versiyalarida esa shu dasturga yangi qo’shimcha fikrlar va prezentastiyalarni
qo’llashning yangi effektiv usullari ishlab chiqildi. Microsoft Power Pointdan
foydalanayotgan har bir foydalanuvchi hoh u yangi ish boshlovchi bo’lsin, hoh
tajribali bo’lishidan qat’iy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori
darajada baholaydi.
Misrosoft Power Point - universal, imkoniyatlari keng bo’lgan, ko’rgazmali
grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animastiya
effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish
imkonini beradi.
Power Point dasturi Misrosoft firmasining prezentastiyalar (taqdimot qilish,
ya’ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo’lgan dasturiy vositalardan
biridir. Bu dastur orqali barcha ko’rgazmali qurollarni yaratish va ba’zi joylarda esa
ma’lumotlar bazasi sifatida ham foydalanish mumkin. Ayrim hollarda bu dasturdan
multimedia vositalarini boshqarish va ularni qo’llab, namoyish etuvchi qurilmalarga
yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin. Dasturdagi asosiy tushunchalar bu -
slayd va prezentatsiya tushunchalaridir.
124
Slayd - ma’lum bir o’lchamga ega bo’lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda
biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi.
Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor ko’rgazmani, kompyuter ekranida,
videomonitorda, katta ekranda namoyish qilish mumkin. Ko’rgazmani tashkil qilish
- slaydlar ketma-ketligini loyixalash va jixozlash demakdir.
Prezentastiya (ingliz tilidan olingan bo’lib “taqdimot qilish” degan ma’noni
anglatadi.)
Prezentatsiya (taqdimot) – ma’ruza, biznez reja va hokazolar bo’lishi mumkin.
Har bir prezentastiya bir nechta slayddan tashkil topgan bo’lishi mumkin.
Prezentastiya (taqdimot) - yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish
etish uchun beriladigan fayl nomi. Masalan: Prezentatsiya - Power Point dasturi
ochilganda, sarlavhalar qatorida paydo bo’lib, yaratilgan yoki yaratilayotgan
taqdimotning ayni vaqtdagi nomi hisoblanadi. Bu nomni keyinchalik o’z
hohishingizga ko’ra almashtirishingiz mumkin.
Prezintatsiya (taqdimot) larning ko’rinishlari;
Katta auditoriyalarga mo’ljallangan, aniq bir ssenariyaga asoslangan
taqdimotlar;
Foydalanuvchi tomonidan boshqariladigan interaktiv taqdimotlar;
Doimiy ravishda harakatlanib turuvchi taqdimotlar;
Savdo va marketing taqdimotlari;
Ta’lim beruvchi taqdimotlar;
Ilmiy –tadqiqot hisobotlari uchun mo’ljallangan taqdimotlar.
Prezentatsiyalarni taqdim etish, axborot texnologiyasining samaradorligini
ko’p jihatdan taqdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati
va hokazolarga bog’liq ekanligini ham unutmaslik lozim.
MS Power Point 2013 dasturini ishga tushirishni 2 xil usulda amalga oshirish
mumkin.
1. Bu dasturni ishga tushirishni, Windows operatsion tizimining “Пуск” →
“Все Программы” → “Microsoft Office 2013” → “Power Point 2013” va enter
tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi.
125
2.Windows operatsion tizimining “Рабочий стол” (ish stoli) da
sichqonchaning o’ng tugmasi bosiladi va “Создать” → “ Презентация Microsoft
Power Point” yorlig’i ustiga kelib bir marta sichqonchaning chap tugmasi
bosiladi.
Shunday qilib, MS Power Point 2013 dasturi yorlig’i (logotipi) windowsning
ishchi stolida hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |