7.9-rasm. “Вставка” lentasidagi “Диаграммы” bo’limining ko’rinishi
Joriy qilingan diagrammalarning asosiy afzalligi shundaki, ularni diagramma
tuzish uchun foydalanilgan ma’lumotlarni yoniga joylashtirish mumkin.
Aloxida varaqda joylashtirilgan diagrammalar butun varaqni egallaydi. Agarda
bir nеchta diagramma tuzmoqchi bo’lsangiz, unda har birini aloxida varaqlarga
joylashtirish maqsadga muvofiq. Shunda varaqdagi diagrammalarning «ko’rinarlilik
darajasi» saqlanadi. Bundan tashqari, bu usul qurilgan diagrammalarni tеzda topish
imkonini bеradi, chunki bu xolda diagramma varag’ining muqova yorlig’iga mos
nomlar bеrish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |