B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 
O‘ZBEKISTONDA ILM-FAN VA MAKTABGACHA TA’LIM SOHALARI 
RIVOJLANISHINING INTEGRATSIYASI 
 
Kadirova F.R. 
MTMRMQTMOI, professor 
Rustamova M.E. 
MTMRMQTMOI, katta o‘qituvchi
 
Hozirgi paytda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni o‘qitishning asosini tarbiya, 
ta’lim va ularni har tomonlama rivojlantirish tashkil etadi. Shuningdek, ularda ahloqiy me’yorlarni 


122 
shakllantirish, yoshi va individual imkoniyatlari, moyilliklari, qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojiga 
ko‘ra ijtimoiy tajriba orttirishi ham ko‘zda tutiladi. 
O‘zbekistonning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan 
davlat talablari ushbu masalalarga yo‘naltirilgan. Ular tarbiyalanuvchilar bilan olib boriladigan 
ishlarni tashkil etishning innovatsion shakllarini amalga oshirishga ko‘maklashadi. Davlat 
talablarida maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagi sohalarda rivojlantirishga yo‘naltirilgan: 
jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzi; ijtimoiy-xissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o‘qish 
va yozish ko‘nikmalari; bilish jarayonini rivojlantirish; ijodiy rivojlantirish. 
Ushbu maqolada belgilangan hajm doirasida biz yuqoridagi talablarning ahamiyatini va 
amalda qo‘llanilishini ko‘rib chiqamiz. Avvalo, e’tiborni shunga qaratamizki, rivojlanish 
bolalarning turli xil, ya’ni: o‘yinlar, kommunikativ, anglash, ijodiy faoliyatlarini tashkil qilish 
jarayonida amalga oshiriladi. Shuningdek, kun tartibida, tarbiyalanuvchilarning mustaqil 
faoliyatida ham namoyon bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim jarayonini tashkil 
etish uchun bu faoliyat asosiylardan biri hisoblanadi. Mustaqil faoliyatda tarbiyachi va boshqa 
pedagoglar (psixolog, defektolog va b.) bolalar uchun rang-barang buyumlar va o‘yinli 
materiallariga boy predmetli-rivojlanish, ta’limiy muhit sharoitini yaratadi. Bunday muhitda 
bolalarda qiziquvchanlik, tasavvur, aqliy va badiiy qobiliyatlar, kommunikativ ko‘nikmalar 
rivojlanadi. Bunday muhit har bir bolaga qiziqishiga ko‘ra faoliyat turini tanlash imkoniyatini 
yaratish bilan birga, ularga individual harakatlanish yoki tengdoshlari bilan o‘zaro hamkorlik 
qilishiga sharoit yaratadi. Ayni paytda tarbiyachi va uning yordamchisi tomonidan tashkil qilingan 
faoliyatda boshqa odamlarning manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, masalan, ro‘zg‘or ishlariga, 
mehnatga va h.z.larga yordamlashish vazifalarni hal qilish ham ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. 
Kattalar va bolalarning birgalikdagi faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. U maktabgacha 
yoshdagi bolalar uchun ta’lim jarayonining sheriklik shaklini tashkillashtirishga, uning ikkita va 
undan ortiq ishtirokchilari – kattalar va tarbiyalanuvchilarning qo‘yilgan vazifalarni hal qilish 
bo‘yicha umumiy faoliyatiga yo‘naltirilgan. Ta’lim faoliyati jarayonida bolalarning erkin 
o‘rnashuvi, harakatlanishi va muloqot qilishi uchun imkoniyat yaratiladi. Birgalikdagi faoliyat 
ham kun tartibida, shuningdek, “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasida amalga oshiriladi. Ushbu 
sohada bolaning odamlar dunyosi, tabiat, ashyoviy dunyo bilan aloqasi o‘rnatiladi. Milliy va 
umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishib, bahramand bo‘ladilar.
Rivojlanishga oid mazkur sohaning amalga oshirilishi atrof-muhitni anglash va unda 
muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun bolaning his-tuyg‘u apparati faollashuvini ta’minlaydi. Shu 
bilan birga, bolalarning kommunikativ-nutq faoliyatini rag‘batlantiradi, jamoat joylarida, 
ko‘chada va transportda zarur me’yorlar va qoidalarga rioya qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi, 
ularning hissiy farovonligini ta’minlaydi. 
Bundan kelib chiqadiki, bolaning kattalar va tengdoshlari bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yish va 
umumiy natijaga erishish bo‘yicha xatti-harakatlarini kelishtirish va birlashtirishga yo‘naltirilgan 
muloqtiga jiddiy e’tibor qaratiladi. 
Bizning nuqtai nazarimizga ko‘ra, bolalarning maktabgacha yoshdagi muloqoti – bu 
birgalikdagi faoliyat ehtiyojlari tufayli vujudga keladigan kattalar va tengdoshlar bilan aloqalarni 
o‘rnatish va rivojlantirish jarayonidir. Muloqotda bolalar atrofdagi odamlar bilan o‘zaro hamkorlik 
vositalarini egallaydi. Aloqa tushunish, kechinma, his-tuyg‘ular, fikr-mulohazalar bilan 
o‘rtoqlashishda namoyon bo‘ladi. Bola uchun kattalar bilan muloqot qilish hayotiy muhim 
ahamiyatga ega. Agarda bu bolaning ehtiyojlariga mos kelmasa, uning umumiy rivojlanishiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolaning tengdoshlari bilan to‘laqonli muloqoti o‘rta maktabgacha 
yoshdan boshlanadi. Guruhdagi ish, ya’ni jamoaviy o‘quv faoliyati uning rivojlanishiga jiddiy 
ta’sir ko‘rsatadi. 
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar muloqotining o‘ziga xosligi shundaki, ular ko‘proq 
kattalarga emas, tengdoshlariga murojaat qilishga istak bildirishadi. Tengdoshlarning kichik 
guruhlarida ishlash uning barcha a’zolari o‘rtasidagi muayyan his-tuyg‘uga oid (shaxslararo) 
munosabatlari mavjud bo‘lgan ijtimoiy guruhning eng oddiy shakli sifatida ta’riflanadi. Hissiy 


123 
munosabatlar vaziyatni idrok qilishga, uni baholashga va atrofdagilarning fikri, xatti-harakatlariga 
mutanosib javob qaytarishga ko‘maklashadi. Ko‘p hollarda javobini yuz ifodasidan bilib olish 
mumkin: xursandchilik, xafalik, achinish va h.k. Ijobiy natijalar bilan birga amaliyotda o‘zaro 
aloqalarning boshqa tomoni haqida ham o‘ylab ko‘rish kerak: “yakkalanish”, “yulduzlik 
kasalligi”, “tortinchoqlik”, “tezda xafa bo‘lish” va h.z. Shubhasiz, bolalar yakkalanib qolganda 
muloqotda qiyinchilikka duch keladi, bu esa ularda o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlik tuyg‘usini 
shakllantiradi va bola shaxsining to‘laqonli rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolaning muloqotga bo‘lgan ehtiyoji muloqot motivlari bilan 
bog‘liq. Motivlar esa – bola faoliyati va xatti-harakatini ishga soluvchi kuchdir. Muloqot qilar 
ekan, u tengdoshiga murojaat qiladi va unda tinglovchisi, fikrlarini qadrlovchi va ma’lumotlar 
manbaini topadi. Unda anglash qiziqishi hamda o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish qilish 
imkoniyati rivojlanadi. 
Shuni yodda tutish kerakki, maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, avvalo, o‘yinlar 
orqali amalga oshiriladi, va ular har xil turlarga bo‘linadi: didaktik, syujetli-rolli o‘yinlar; 
sahnaalashtirish o‘yinlari; qurish-yasash o‘yinlari; so‘z o‘yinlari va b. Ushbu o‘yinlar turlarining 
har biri o‘zining maqsadiga ega. Xususan, didaktik o‘yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning 
intellektual rivojlanishiga mo‘ljallangan. Fikrimizcha, bunday o‘yinlardan “Bilish jarayonini 
rivojlantirish” sohasida foydalanish maqsadga muvofiq. Ushbu soha maktabgacha yoshdagi 
bolalarni aqliy rivojlantirish va ularni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. 
U bolaning shaxsiy tajribasini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Agarda pedagog xodimlar 
bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda materialni savodli ravishda 
to‘plasa, ta’lim jarayoni vositasida bola olingan ma’lumotni tahlil qilishga o‘rganadi. Materialning 
mazmuni quyidagilarga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak: qiziqishlarni rivojlantirish, xatti-harakatlarni 
anglash; mamlakat, uning milliy va umuminsoniy qadriyatlari, an’analari va boshqa muhim 
voqealari, shuningdek tabiatining o‘ziga xosligi haqida tasavvurni rivojlantirish. Shuningdek, 
oddiy matematik tasavvurlarni shakllantirish va tadqiqotchilikka oid qiziqishlarini rivojlantirish. 
Bolalarning bilish jarayoni rivojlanishini qiziquvchanlik, faollik, bola uchun muhim bo‘lgan 
vazifalarni o‘zi bajara olishiga yo‘naltirish lozim. Unda atrofdagi olam ob’ektlari haqida birlamchi 
tasavvurlar shakllanadi. U predmetlarning o‘ziga xos jihatlarini, masalan, ularning shakli, rangi, 
xajmi, materiali, sonini aniqlashni mashq qiladi. 
Bolalarning bilishga oid faoliyati tushunarlilik, tizimlilik va izchillik, ko‘rgazmalilik, har bir 
bolaga individual yondashuv kabi tamoyillarni hisobga olgan holda shakllantiriladi. Uning asosi 
shundaki, bilishga oid vazifasini yaratgan holda, pedagog bolalarga olingan ma’lumotlar, turli 
vaziyatlarda o‘zlashtirilayotgan va o‘zlashtirilgan bilimlarni qo‘llash imkoniyatini yaratadi. 
Ta’lim maktabgacha yoshdagi bolalarda bilish jarayonida fikrlash faoliyatini faollashtiradi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, odam psixikasi quyidagi bilish jarayonlarini qamrab oladi: idrok 
etish, xotira, diqqat, tafakkur, his-tuyg‘u, nutq, tasavvur. Ular yordamida olingan ma’lumotlarga 
ishlov beriladi. Tashqi olamdan kelayotgan ma’lumotlar idrok etish, his-tuyg‘u va diqqat asosida 
qabul qilinadi. Xotira, tafakkur, tasvvur esa kelib tushgan ma’lumotni qayta ishlashga yordam 
beradi. Nutq esa ushbu ma’lumotni so‘zga aylantirib, bolalarga boshqa odamlar bilan muloqot 
qilishga imkoniyat yaratadi. 
Metodika to‘g‘ri tashkil qilingan taqdirda, maktabgacha ta’lim davrida makonni qabul qilish 
tuyg‘usi jadal rivojlanadi. Bu esa “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi” 
sohasidagi talablarni amalga oshirish imkonini beradi. Masalan, bolalar makonga oid asosiy 
yo‘nalishlarni: oldinga-orqaga, o‘ngga-chapga, yuqoriga-pastga kabi tushunchalarni o‘zlashtiradi. 
Pedagog boshchiligida bolalar quyidagi topshiriqni bajaradi: “Katta doira, endi esa kichik doira 
hosil qiling; oldinga-orqaga, endi esa o‘ngga-chapga sakrang” va h.z. Puxta o‘ylangan, va eng 
avvalo, o‘yinli vaziyatlar yordamida vaqtni anglash ko‘nikmasi shakllanadi: 
hozirgi, kelajak, o‘tmish; kun tartibi: tong, kun, kechki payt, tun. “Tun!” komandasiga – 
tarbiyalanuvchilar go‘yoki uxlayotgandek ko‘rsatadi. “Tong!” – bolalar go‘yoki ertalabki jismoniy 
tarbiya mashqlarini bajarib, so‘ngra nonushta qilayotgandek tutadi. Undan so‘ng har kim o‘zi 


124 
istagan mashqini ko‘rsatib beradi - rasm chizadi, o‘qiydi, hisoblaydi va b. Undan keyin bolalarga 
quyidagi o‘yinlar kabilarni taklif etish mumkin: “Topingchi, kim nima qildi?”. Bunday o‘yinlar 
yordamida ko‘rilgan harakatlarni nutq orqali tasvirlash amalga oshiriladi. 
Bolalar ijodini rivojlantirish ham muhim axamiyatga ega. Masalan, rasm chizish jarayonida 
bolalarda tasviriy materialdan foydalanishda amaliy ko‘nikmalar shakllanadi: rangli qalamlar, 
bo‘yoqlar, flamasterlar... Narsalarni yasash jarayonida ular plastik materiallar: loy, plastelinni bilib 
oladi va ular bilan ishlashni o‘rganadi. Aplikatsiyalardan foydalanish ularda hal xil naqshlarni 
yasash ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashadi, bunda turli geometrik shakllardan: yassi 
doira, aylana, to‘g‘ri to‘rtburchak, to‘rtburchak, uchburchak va boshqalardan naqshlar yasash. 
Tarbiyalanuvchilar qog‘ozdan origami yasashga o‘rganadi, bu esa mayda motorikani 
rivojlantirishga ko‘maklashadi. Bunday faoliyat ularning tashabbuskor, ayni paytda sabr-toqatli 
bo‘lish, boshlagan ishni oxirigacha yetkazish hislatlar shakllanishida yordam beradi, shu bilan 
birga yasalgan tasvirlar to‘g‘risida so‘zlab berishga o‘rganadilar. Bundan kelib chiqadiki, 
atrofdagilarning e’tiborini jalb qilish va ularni qiziqtirish uchun nutq rivojlangan bo‘lishi lozim. 
Belgilangan hajmning cheklanganligini inobatga olib, nutqni rivojlantirish metodikasiga 
doir zamonaviy talablar va ularni amalga oshirish masalalarini biz navbatdagi maqolamizda ko‘rib 
chiqamiz. 
Xullas, yuqorida ko‘rib chiqilgan rivojlanish sohalarining har biri dolzarb va mustaqil, 
ma’lum vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan, degan xulosaga kelish imkonini beradi. 
Ularning barchasi mazmuniga ko‘ra teng ahamiyatli bo‘lib, o‘zaro bog‘liqdir. Shuning uchun ular 
o‘zaro bog‘lanib, bir birini to‘ldirishi va bir biriga singib borishi, bir butun yaxlitlikni tashkil etishi, 
ya’ni integratsiyalashish zarur. 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish