114
tushunadi va janr xususiyatlarini farqlay oladi. O‘qituvchi xalq ogʻzaki ijodi namunalarining tur
va janrlarini tahlili jarayonida asosiy e’tiborni asarning gʻoyasi va tarbiyaviy jihatiga qaratishi
lozim. Umumta’lim maktablarining 5-sinf adabiyot o‘quv dasturidan o‘rin olgan xalq ogʻzaki
ijodining eng qadimiy, ommabop va qiziqarli janrlaridan bo‘lgan maqol, topishmoq va ertaklarni
o‘quvchilar juda katta qiziqish bilan o‘qiydilar va o‘rganadilar.
O‘quvchilarining ma’naviy tarbiyasida intellektual o‘sishida xalq maqol va
topishmoqlarining juda katta ahamiyati bor. DTS talablaridan kelib chiqqan holda topishmoq va
maqollarni yod oladilar hamda tahlil qiladilar. Demak, ushbu jarayonda maqol va topishmoqlar
o‘quvchilarning ma’naviy yetuk, barkamol shaxs qilib tarbiyalashda muhim vosita ekanligini
ko‘rishimiz mumkin. Maqol, xalqning ko‘p yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy
hayotda to‘plagan tajribalari, kuzatishlari asosida yuzaga kelgan ixcham, chuqur mazmunga ega
bo‘lgan ogʻzaki ijod janrlaridan biridir. Maqol atamasi arabcha so‘zdan olingan bo‘lib – “qavlun”
– gapirmoq, aytmoq degan ma’noni bildiradi. Maqollarda doimo ibratli fikr aytiladi. Biroq, har
qanday fikr ibratli bo‘lmaganidek, ibratli fikrning maqolga aylanishi uchun muayyan shartlari
mavjud.
Ana shunday shartlardan biri maqolga aylanuvchi ibratli fikr xalqning uzoq yillar mobaynida
hayotiy tajribasida sinalgan bo‘lishidir. O‘quvchilar maqollarni o‘rganish jarayonida ularning
ma’naviy-axloqiy dunyosi, adabiy-estetik didi hamda kitobxonlik madaniyati ham shakllanadi.
O‘zbek xalq maqollarida xalqning tarixi, urf-odati,
turmush tarzi, ruhiyati, fe’l-atvori, butun
borligʻi aks etadi. Shunga ko‘ra mavzusi xilma-xil va rang-barangdir.
Maqollar hayotiy tajribada sinalgan, aniq, tugal fikrni ifodalaydi. Masalan: “Mehnat,
mehnatning tagi – rohat”, “Hunarli kishi xor bo‘lmas”, “Tikansiz gul bo‘lmas, Mashaqqatsiz –
hunar”. Ushbu maqollarda kishilar o‘z mehnati, hunari orqali yaxshi hayot kechirishi, qancha
mashaqqatalar evaziga egallagan hunari, kasbi orqali hayot yo‘lida qoqilmasligi,
keyingi kuni
rohat – farogʻatda o‘tishi kabi tarbiyaviy jihatlar ifodalangan. O‘quvchilar maqollar mazmunidan
dangasalik, erinchoqlik yomon illat ekanligini, mehnatsevarlik insonning eng oliy fazilatlaridan
ekanligini, shuningdek, mehnat orqali yaxshi yashash mumkinligini anglaydilar.
Ushbu maqollar ijtimoiy-hayotiy voqealar hamda ular mazmuni jihatidan o‘quvchilarga
tarbiya beradi. “Bulbul chamanni sevar, Odam – Vatanni”, “Ona yurting omon bo‘lsa, Rangi
ro‘ying somon bo‘lmas”, “Vataning tinch – sen tinch”. Maqollarda ilgari surilgan asosiy gʻoyaning
zamirida har qanday ezgulik, sadoqatlik, uni asrash va qadrlash, vatanparvarlik, o‘z
Vataniga
muhabbat, Vatanning tinchligi inson uchun qanchalar bebaho ekanligi, yurtsiz kishining sarson
sargardonligi va achchiq iztiroblari yorqin aks etgan. Masalan: “Oltovlon ola bo‘lsa, Ogʻzidagini
oldirar, To‘rtavlon tugal bo‘lsa, Tepadagini endirar” kabi maqollar aka-ukalar, opa-singillar,
do‘stu-dugonalar o‘rtasidagi munosabatlarda ahil, birdam, o‘zaro ittifoq, hamfikr bo‘lishliklari
xususidadir. Bir ota-onaning oltiti o‘gʻli bo‘lsa-yu, ular bir birlari bilan ahil-inoq, maslakdosh
bo‘lmasalar ogʻzidagi oshini ham oldirib o‘z maqsadlariga erisholmaydilar. Shuningdek, to‘rt aka-
uka bo‘lsa ham ular birdam bo‘lsalar ko‘p ishlarga qodir bo‘lishadi. O‘quvchilar
xayotda ahil
bo‘lishsagina oz kishi bilan ham katta yutuqlarga erishish mumkinligini, lekin o‘zaro ittifoq
bo‘lishmasa ko‘p kishi bo‘lishsa ham, hech nima qilisholmasligini anglaydilar.
Shu o‘rinda maqollar shakl jihatdan she’riy hamda nasriy tuzilishga ega ekanligini
o‘quvchilarga tushintirilsa ularning nazariy bilimlari yanada oshadi. Xalq maqollarida aks
etayotgan voqea-hodisalarning tabiatidagi hajmi, rangi, uzunligi, masofasi, holati, sifati va boshqa
jihatlari qarama-qarshi qo‘yiladi bunda ziddiyatni tomonlardan birini xalq nuqtai nazaridan
tasdiqlaydi yoki inkor etadi. Masalan maqollarda do‘st va dushmanning, yomon bilan yaxshining
munosabati yoritiladi: “Do‘st achitib gapirar, Dushman – kuldirib”, “Yaxshi bilib so‘zlar, Yomon
tilib so‘zlar”. “Jahl dushman, aql – do‘st” ushbu maqolda esa insonning holatidagi sifatlari zid
qo‘yilgan.
Shu o‘rinda o‘quvchilarga hajmi, shakli hamda voqelikni aks ettirish jihatidan maqollarga
yaqin turuvchi xalq matallarini ham birgalikda o‘rgatib ketishi, tahlil qilishi, namunalar keltirib
ularning o‘rtasidagi farq va o‘xshash jihatlarini qiyoslashi orqali ham ularda insoniy fazilatlar
115
rivojlanadi hamda darsning samaradorligi yanada oshadi. Masalan: “Bilim baxt keltirar” maqolida
bilimli, aqlli kishi o‘z yo‘lini topadi, ya’ni, ilimi orqali baxtga erisha oladi kabi ma’no tugal hukm
sifatida ifodalanganligi hamda ibratli fikr mavjudligidadir. Lekin “Burnini yerga ishqalamoq”,
“Gul tikonsiz bo‘lmas”, “Go‘sht suyaksiz bo‘lmas, sholi kurmaksiz” kabi matallarda esa aniq,
tugal fikr bo‘lmasa ham lekin tarbiyaviy, pand-nasihat ma’nolari o‘quvchilarning ogʻzaki nutqini
o‘stirishda alohida o‘rin tutadi.
Haqiqiy halq maqolida
mehnatkash omma manfaatlari, ideallari aks etar ekan, maqolga
murojaat etgan har bir kishi o‘z xalqi va vataniga iliq mehr bilan qarashga o‘rganadi, adolat va
ozodlik, mardlik va bahodirlik, insonparvarlik va do‘stlik, tinchlik, mehnatsevarlikka intiladi.
O‘quvchilarning intellektual o‘sishida, ma’naviy tarbiyasida maqol, ertaklar singari o‘z
xususiyatlari bilan ulardan farq qiladigan aqliy mashgʻulotlardan biri topishmoqlarni ham alohida
o‘rni bor. Topishmoq shaklan maqollarga yaqin tursa ham, biroq voqelikni aks ettirish tarzi, asosan
fikrni yashirin tarzda ifodalishi bilan maqollardan ajralib turadi. O‘zbek xalqi tarixida qadim
zamonlardan beri topishmoqlar bo‘lib, bundan ancha ilgari yozilgan Mahmud Qoshgʻariyning
“Devoni lugʻoti turk” asarida ham topishmoqlarning aytilib yurishi ham keltirilgan. Devonda
topishmoq “tabzugʻ” deb nomlangan. O‘zbek xalq topishmoqlari xalqning madaniyati, tili, tarixi
va
etnografiyasini, insonlarining o‘sha davrdagi didi, dunyoqarashlarini o‘zida
mujassamlashtirgan. Hozirda respublikamizning turli viloyatlarida topishmoq so‘zining –
topmacha, jumboq, cho‘pchak, matal, muammo, lugʻz kabi so‘zlar bilan ifodalanishi asosan bir
ma’noda – ma’lum bir predmetning, hodisaning belgisi, ko‘rinishi, sifat va xususiyatlarini ikkinchi
bir narsaga ishora hamda uni topish, yechib berish ma’nolarini anglatadi.
5 sinf “Adabiyot” o‘quv dasturiga kiritilgan topishmoqlardan tashqari mustaqil ravishda
o‘quvchilar tomonidan biladigan topishmoqlar bilan birgalikda javoblarini topib tahlil qilinsa,
o‘quvchilar uchun ham dars qiziqarli bo‘ladi. Topishmoqlarda insonlarni o‘rab turgan olam har
doim rivojlanib, harakatda butun rang baranglikda namoyon bo‘ladi. O‘quvchilar berilgan
topishmoqlarni topish jarayonida atrofni kuzatishga, tabiat hodisalarini bilib olishga,
ularga
bo‘lgan munosabatini bildirishga o‘rganadilar. Masalan: “Bir parcha patir, Olamga tatir”
topishmogʻida to‘lin oy bilan patir bir biriga taqqoslangan va o‘rtasidagi shaklan o‘xshash jihatlari
oyning juda chiroyli ko‘chimi ya’ni patirga qiyoslangan. Patir inson uchun nihoyatda to‘yimli
ozuqa ekanligini, oyning esa, qorongʻu tunni munavvar qilishligini, har ikki holat ham inson uchun
qaratilganligi ular orasida juda katta ma’naviy yaqinlik borligi ayon bo‘ladi. “Bir otasi, bir onasi,
Necha yuz ming bolasi” ushbu topishmoqda quyoshni – otaga, oyni – onaga, yulduzlarni esa
farzandlarga taqqoslanganligi, javobi esa quyosh, oy va yulduzlarlarning chiroyli ko‘chimi ota,
ona, farzandlarga mujassamlashtirilgan. Topishmoqlarni topish va maqollarni o‘rganib tahlil qilish
o‘quvchilardan anchagina bilim talab qiladi. Topishmoq va maqollar o‘quvchilar xotirasini
mustahkamlashda, estetik didini o‘stirishda, aqliy rivojlanishda, zavqlantirishda katta ahamiyat
kasb etadi.
Demak, o‘quvchilar tarbiyasida muhim o‘rin tutadigan xalq ogʻzaki
ijodining maqol,
topishmoq, ertak kabi eng ommaviy janrlari maktab darsliklariga kiritilishi, o‘quvchilarga
yetkazilishi ularda bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentligini rivojlanishida katta samara beradi.
Topishmoq va maqollar juda katta ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ular o‘quvchilarda
qiyoslash, mohirlik, bahs-munozara, muhokama kabi qobiliyatlarini o‘stirishda muhim estetik
vosita hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: