Adabiyotlar:
1.
Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko‘taramiz. – T.: «O‘zbekiston» NMIU, 2017. − 592 b.
2.
Ergasheva G.S. Biologiyada axborot kommunikatsiya texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma.
− T.: TDPU, 2016. −212 b
3.
Tolipova J. Biologiyani o‘qitishda innovasion texnologiyalar. –T.: TDPU, 2013. -156 b.
4.
Козленко А.Г. Информaционная культура и/или компьютер на уроке биологии /
Газета «Биология», № 17 -24, 2008 год. Издательский дом «Первое сентября»
֍
–
֍
–
֍
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI BARKAMOL QILIB
TARBIYALASHDA TARBIYACHI KOMPETENTLIGINI OSHIRISH
Jabborova D.F.
Navoiy davlat pedagogika institute, o‘qituvchi
Maktabgacha ta’lim tizimidagi tub islohotlar maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktab
ta’limiga sifatli tayyorlashga qaratilganligi soha mutaxassislari oldiga qator vazifalar qo‘ymoqda.
Uzluksiz ta’limning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim sohasiga mamlakatimiz
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev alohida e’tibor qaratib, 2016 yil 29 dekabrida “2017-2021 yillarda
maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-
sonli qarori qabul qilindi [1, 1-b.]. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-
texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish,
malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan
yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish,
87
bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar yaratish kabi vazifalar belgilangan.
Buyuk vatandoshimiz Imom G‘azzoliy shunday deydi: “Bolalar ota-onalariga berilgan bir
omonatdir. Farzand bebaho duru-gavhar. Bu gavharga qanday naqshni bitish zargar mahoratiga
bog‘liq. U qanday naqsh solinsa, qabul qiladi, qayoqqa bukilsa, egiladi. Agar yaxshilikka
o‘rgatilsa, shu bilan o‘sadi va dunyo oxiratida saodatga erishadi. Uning savobiga ota-onasi ham,
har bir muallimu ustozlari ham sherik bo‘ladilar. Agar yomonlikka odatlantirilsa, hayvonlardek
o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, oxir-oqibat halok bo‘ladi. Gunohi esa uning tarbiyasi uchun javobgar
bo‘lganlarning gardaniga tushadi” [2, 54-55-b.].
Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim,
faxrli ish bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni
tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya
vazifalarini ijodiy yondashishga yordam beradi. Tarbiyachi bolalarni kuzata oladigan, ularni xatti-
harakati sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga ta’sir etuvchi vositalarni qo‘llay oladigan bo‘lishi
kerak va buning uchun albatta, kasbiy kompetentlik yaxshi shakllangan bo‘lishi zarur.
Kasbiy shakllanish, bu uzoq davom etuvchi jarayon bo‘lib, bir nechta bosqichlarga ajraladi.
Har bir talaba uchun bosqichlarning davomiyligi hamda miqdori alohida belgilanadi. Bo‘lajak
tarbiyachining ijodiy individualligi o‘z ifodasini pedagogik amaliyotda ifodalanish usullarida, o‘z
ishini rasmiylashtirishdagi o‘ziga xosliklarda, pedagogik vaziyatlarni hal qilishda, mustaqil
yechimlarni topa bilishda, izlanuvchan faoliyatga layoqatning mavjud bo‘lishida, faoliyat
topshiriqlari hamda usullarini tanlashga erkin yondashishda, tashabbuskorlikda, o‘z taklif va
g‘oyalarini erkin ifodalashda namoyon bo‘ladi [3, 150-b.].
Kasbiy-pedagogik kompetentlikning bosh ko‘rsatkichi bu insonga, shaxsga yo‘nalganlikdir.
Kasbiy-pedagogik kompetentlik pedagogik voqelikni izchil idrok eta bilish va unda izchil harakat
qila olish malakasini qamrab oladi. Hozirgi ta’lim sharoitida kasbiy-pedagogik kompetentlik
quyidagi komponentlar bilan to‘ldiriladi:
bilimdonlik, umuman, o‘z faoliyatini jahon pedagogik madaniyati darajasida ishlab
chiqilgan tajribalar asosida tashkil etish qobiliyati;
kasbiy yutuqlarini uzluksiz rivojlantirish maqsadida o‘z tasarrufidagi mavjud vositalar
(mutaxassislik va ixtisoslik, uzluksiz ta’lim kurslari, o‘z shaxsiy faoliyatining natijalari bo‘yicha
adabiyot va materiallar)dan foydalana olish;
o‘z tajribalarini umumlashtirish va boshqalarga bera olish;
har bir tarbiyalanuvchining alohida ehtiyoji bilan mutanosib bilim, ko‘nikma va
malakalar orttira olish;
o‘z malakasini oshirish uchun turli kurs, seminar, konferensiyalarda ishtirok etish;
o‘z tajribalarini umumlashtirish va boshqalarga bera olish malakasida namoyon bo‘ladi.
Zamonaviy, bilimli tarbiyachilar mustaqil, rejali ishlashga, o‘zining va o‘zgalarning vaqtini
oqilona taqsimlashga, qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlashga, tezis va maqolalar yozishga
o‘rganishi lozim. Tarbiyachi umumpedagogik mahoratni professional tarzda egallagan bo‘lishi,
ya’ni:
real mavjud ijtimoiy psixologik hodisalar holatini, ularning paydo bo‘lish va rivojlanish
sababalarini, shart-sharoitlari va xarakterini tahlil qila bilishi va baholay olishi;
shaxs va jamoa rivojlanishini rejalashtira bilishi;
ta’lim va tarbiyaning natijalarini tarbiyalanuvchilarning duch kelishi mumkin bo‘lgan
qiyinchiliklar va yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolarni oldindan ko‘ra bilishi;
ta’lim va tarbiya ishi metodlari, vositalari, tashkiliy shakllarini asosli tarzda tanlay bilishi;
faoliyatga puxta tayyorgarlik ko‘rishi va ijodiy yondasha olishi va didaktik jihatdan
tayyorlana olish;
bolalarni faoliyati har xil turlarini mavjud pedagogik imkoniyatlarini aniqlab, harakatga
keltira olishi;
88
ta’lim va tarbiya metodlarini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda qo‘llana
bilishi;
bolalarni xulq-atvori, intizomi va faolligini idora qila bilishi;
tashqi ko‘rinishi va qilmishlariga qarab bolalarning psixik holatidagi o‘zgarishlarni
aniqlay bilishi,
o‘zini xayolan tarbiyalanuvchilar o‘rniga qo‘yib ko‘ra bilishi;
bolalarni ergashtira olishi, ularni ijtimoiy jihatdan qimmatga ega bo‘lgan yangi
istiqbollarga qiziqtira bilishi;
bolalarning umumiy vazifani bajarishi uchun guruhlarga ajratish chog‘ida ularni o‘zaro
munosabatlarini, shaxsiy maylligi va xushlamasligini inobatga olishi;
Mahoratli tarbiyachilar orasida keng tarqalgan ma’lum sifatlar mavjuddir [4, 29-b.].
Do'stlaringiz bilan baham: |