B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

 
Adabiyotlar: 
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy 
Majlisga murojaatnomasidagi nutqi. 
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2019 yil 8 maydagi 
“Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PQ-4312-
sonli Qarori. 
3.
Sh.Fayzullaev. Islohotlar samarasi: tajriba, malaka, texnologiya // Maktabgacha ta’lim 
jurn. –T., 2018 yil, 12-son.
֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 
OTA-ONA VA BOLA MUNOSABATLARIDA TARBIYA 
 
Xudoymurodova D.J. 
Termiz davlat universiteti, magistrant 
 
Komil inson deganda biz, ma’naviy, ruhiy, jismoniy sog‘lom, har tomonlama boshqalarga 
ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Komil insonni tarbiyalash eng avvalo, 
oiladan boshlanadi Ma’lumki, oila muhitida har bir inson oilaviy o‘zaro munosabatlarning o‘ziga 


376 
ta’sirini, o‘z xarakter xislatlarining shaklanishida oladigan namuna, andoza va ibrat xususiyatini 
anglashi yuz beradi. Chunki, oila jamiyatning negizi, har bir shaxsning ongida, xatti harakatida 
bolaligidan boshlab shakllanadigan barcha fazilatlari, niyatlari, maslaklari amalga oshadigan 
maskan hamdir. Oilaning tarbiya beradigan ijtimoiylashuv maskanlari orasida eng katta o‘ringa 
ega ekanligi talqin qilinadi. 
“Ota-ona – qirg‘oq, bola – ko‘prik” degan hikmat bor xalqimizda. Chindan ham shunday. 
Oilaning ikki ustuni – er va xotindan iborat bo‘lsa, bu ikki ustunni bir-biriga payvand etuvchi va 
shu asosda oila ustunlarini bir-biriga mustahkamroq bog‘lovchi – farzanddir. Ota-ona – san’atkor, 
bola – san’at asari, tarbiya jarayoni esa san’atning o‘zidir. Farzandning har jihatdan komil inson 
bo‘lib yetishishida ota-ona va bola munosabatlarida tarbiya masalasi katta ahamiyatga ega.
Ota-onalar bilan farzand munosabatlarining o‘zbek oilalari muhitida o‘rganilishi millat va 
davlat kelajagini o‘ylash hisoblanadi. Mazkur maqolamizni yozishdan maqsad oiladagi ota-ona va 
farzand munosabatining ta’sirini maxsus o‘rganish orqali shu munosabatlarning namoyon bo‘lish 
xususiyatlarini ko‘rsatib berish hisoblanadi. 
Oiladagi ota-ona va farzand munosabatlarining samarali kechishida ota-onalarning bu 
rollarga qanchalik muvofiq ekanligi hamda, o‘zbek oilalarida ota-onalarning farzandiga 
munosabat xususiyatini aniqlash masalasiga e’tibor qaratish lozim. Darhaqiqat, oila – har bir 
shaxsda bolaligidan boshlab shakllanadigan insoniy fazilatlar, ezgu istaklar, qadriyatlar kamol 
topadigan, ming yillar davomida shakllangan o‘zbek xalqining qadriyatlari va ma’naviy merosi 
ravnaqini ta’minlovchi tarbiya maskanidir.
Tarbiya ota-onaning nafaqat shaxsiy ishi, balki ijtimoiy burchidir. Tarbiyaviy ta’sirlarning 
shakl va uslublaridan to‘g‘ri foydalanish har tomonlama sog‘lom farzandlar tarbiyasiga zamin 
hozirlaydi. Qolaversa ota-onalar bolani dunyoga keltirganliklari uchun emas, uni odobli, ahloqli 
qilib voyaga yetkazganliklari uchungina olqishga sazovor bo‘ladilar. “Ota-ona davlat boshlig‘imi, 
yoki oddiy fuqaromi, bari-bir, u bola tarbiyasi borasida mas’uldir. Davlat boshliqlari, rahbarlar 
bola tarbiyasi xususida barchaga ibrat bo‘lmoqlari lozim”, - Ibn Sinoning bola tarbiyasi, tarbiya 
psixologiyasi va rahbarlarga qo‘ygan ushbu talablari o‘sha davrda qanchalik taraqqiyparvar va 
zarur bo‘lsa, bizning bugungi kunimizda ham u o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q. 
Uning fikricha, tarbiyachi, ya’ni ota-ona “nafaqat so‘z bilan, balki amalda ham bola ruhiga 
ta’sir ko‘rsatmog‘i lozim”. Shuning uchun ham qadim zamonlardan boshlab oila, undagi 
munosabatlar masalalari har bir davrning donishmand, olim, mutafakkirlari tomonidan o‘rganilib 
kelinganligini va ularning qarashlarida bu masalalarning yoritilganligini kuzatamiz. Oiladagi 
o‘zaro munosabatlar, ota-ona va bola muammolari bizning hayotimizda doimo muhim masalalar 
sirasiga kirishini yana qayd etamiz.
Oilada farzand tarbiyasi mas’ullikni talab etadi. Milliy mas’uliyat odamning har bir amali, 
faoliyatini to‘liq tasavvur qilgan holda, uning o‘zi va millati uchun nima naf keltirishini anglay 
olish qobiliyatidir. Mas’uliyatni his qilgan inson o‘z ishini doimo puxta rejalashtirib, uning 
oqibatlarini oldindan tasavvur qila oladi va zarur natijaga erishish uchun butun kuchi va 
salohiyatini safarbar etishga qodir bo‘ladi. Bunga erishishning eng qulay yo‘li avvalo, ota-
onalarning bilimlarini oshirish, ularda sog‘lom tafakkur va ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdir. 
Bu esa ota-onalardan farzand oldidagi, el-yurt oldidagi ma’naviy burchini to‘g‘ri anglashni
oilaviy munosabatlar doirasida milliy urf-odat va an’analarimizning eng nodirlarini tarbiyaga 
singdirish orqali bolalarda insoniy munosabatlarni shakllantirishni, ularni mustaqil fikrlaydigan 
kishilar qilib tarbiyalashni taqozo etadi. Bola shaxsini shakllantirilishida, unga tarbiya berishda 
ota-onadagi mavjud psixologik va pedagogik bilimlar, ularning oiladagi va ijtimoiy hayotdagi 
obro‘si juda muhim hisoblanadi. Obro‘ insonga tabiatan berilmay, balki ma’lum bir mehnat orqali 
yuzaga keladi. Lekin, ba’zan ota-onalar o‘z obro‘larini soxta asosda yuzaga keltirishlari ham 
mumkin. Soxta asosda yuzaga kelgan obro‘ning bir qancha turlari mavjud. 
Muhabbat obro‘si ko‘pincha yumshoq gapirish, o‘z muxabbatini bildirib ortiqcha erkalash, 
bolaning xohish istagini qondirshiga harakat qilish, uni xissiyotga beriluvchan qilib shakllantirishi 
bilan bir qatorda, hamisha faqat o‘z manfaatini o‘ylovchi shaxs bo‘lib o‘sishiga sabab bo‘ladi.


377 
Xulosa qilib aytish joizki, ota-onalardan farzand oldidagi, el-yurt oldidagi ma’naviy burchini 
to‘g‘ri anglashni, oilaviy munosabatlar doirasida milliy urf-odat va an’analarimizning eng 
nodirlarini turmushga singdirish orqali bolalarda insoniy munosabatlarni shakllantirishni, ularni 
mustaqil fikrlaydigan kishilar qilib tarbiyalashni taqozo etadi. Bola shaxsini shakllantirilishida, 
unga tarbiya berishda ota-onadagi mavjud psixologik va pedagogik bilimlar, ularning oiladagi va 
ijtimoiy hayotdagi obro‘si juda muhim hisoblanadi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish