B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor


Bilish faoliyatini boshqarish bo‘yicha pedagogik texnologiyalar turlari



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

Bilish faoliyatini boshqarish bo‘yicha pedagogik texnologiyalar turlari: 
ma’ruza; 
annamatsion o‘yinli mashg‘ulotlar; texnika vositalari yordamida o‘qitish; maslahatchilik tizimi; 
ertak kitob bo‘yicha o‘qitish; kichik guruhlar tizimi; kompyuter yordamida o‘qitish; individual 
tizim; dasturlashtiriladigan boshqaruv.
Ta’lim oluvchiga yondashuv turi bo‘yicha pedagogik texnologiyalar quyidagicha 
nomlanadi: 
avtoritar; didaktik yo‘naltirilgan; ijtimoiy yo‘naltirilgan; antropologik yo‘naltirilgan; 
pedagogik yo‘naltirilgan; shaxsga yo‘naltirilgan. 
֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA 
O‘RGATISHNING SAMARALI USULLARI 
 
Mamadalieva M.X. 
Surxandaryo viloyati XTXQTvaMOXM, o‘qituvchi 
Tursunova M.
 
Toshkent davlat pedagogika universiteti, talaba
Respublikamizda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish borasida amalga 
oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar natijasida maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik 
ba’zasi, huquqiy-me’yoriy, metodik ta’minoti bosqichma-bosqich mustahkamlanmoqda. O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq tarzda 
maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining zamonaviiy metodologiyasini yaratish, davlat 
talablarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik majmualarning 
yangi avlodini yaratish hamda ularni amaliyotga joriy etishni takomillashtirish kabi yo‘nalishlar 
belgilangan bo‘lib, bu, o‘z navbatida, mazkur jarayonni tadqiqiy va tahliliy yo‘nalishga ega 
bo‘lgan pedagogik tizim sifatida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda 
maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-2707-sonli Qarori, 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni, 2017 yil 9 sentyabrdagi 
“Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
San`at va 
adabiyot
Xotin-qizlarni 
ish bilan 
ta`minlash
Kitobxonlik
Kompyuter 
texnologiyalari
Sport


179 
PQ-3261-
sonli Qarori qabul qilindi. Shuningdek, Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 
18 iyundagi 1-MH sonli “O‘zbekiston Respublikasining Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar 
rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”, “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining 
Davlat o‘quv dasturi hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni 
amalga oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi. 
Bugun jamiyatda o‘quvchi-tarbiyalanuvchining shaxsi, juda sekinlik bilan bo‘lsa-da, 
yetakchi mavqega ko‘tarilmoqda. Maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari ta’limi 
konsepsiyasi, standarti, dastur, darslik hamda metodik qo‘llanmalar insonparvarlik tamoyiliga 
yo‘naltirildi. Ular faqat mutaxassis tayyorlashga emas, balki sog‘lom ma’naviyatli insonni 
shakllantirishga xizmat qila boshladi. Milliy pedagogika ilmi ham ma’naviy barkamol avlod 
tarbiyalash yo‘llarini tadqiq etmoqda. Yosh avlod aqliy-ma’naviy kamolotini ta’minlashda 
ularning mustaqil fikrlashi ulkan ahamiyat kasb etishini asoslash o‘ziga xos ahamiyat kasb 
etadi. Mustaqil fikrlashni o‘rgatishda bolaning muammolarga duch kelishi va ularni hal qilish 
jarayoni hamda ushbu jarayonidagi uning ishtiroki, faolligi muhim ahamiyatga ega. Buning 
ahamiyati shundaki, bola mashg‘ulotlar jarayonida mustaqil faoliyati orqali ulardagi layoqat, 
qobilyat, turli qirralari ochilishi kerak. Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarning samarali 
mustaqil fikrlashini shakllantirish o‘quv jarayonini maxsus tashkil etishni talab qiladi. Aqliy 
hujum, guruhli ishlash, muammoni hal qilish uchun kutilmagan vaziyatlarni rag‘batlantirish 
kabi, “sinetika” - o‘xshashlik, metafora bilan texnikani qo‘llash, original g‘oyalarni yaratishda 
taqqoslashlar va boshqa ta’lim usullarining samaradorligi isbotlangan. Maktabgacha yoshdagi 
bolaning mustaqil fikrlashni faollashtiradigan usullarni izlanishlar davom etmoqda. 
Mustaqil fikrlash – o‘quvchilarning bilimlar zahirasi va hayotiy tajribani, 
o‘quvchilarning mustaqil fikrlash darajasini aniqlovchi muhim mezon sifatida xizmat qiladi. 
Mashg‘ulotlar jarayonida bolalarni mustaqil mulohaza yuritishga o‘rgatish, ijodiy fikrlashga 
yo‘naltirish, nutq madaniyatini shakllantirish, jismoniy va ma’naviy sog‘lom qilib 
tarbiyalashga erishish muhim ahamiyatga ega. 
Respublika Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha 
ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2707-son Qarorida 
maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilishda Janubiy Koreya modeliga asoslanish, bu tizimni 
yanada takomillashtirish, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim 
muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, 
bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga 
zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama 
intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish 
maqsadini ko‘zda tutadi. 
Janubiy Koreya maktabgacha ta’lim tizimida bolaning maktabgacha yoshidan boshlab 
har tomonlama rivojlantiruvchi ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. 
Bunda, bolalar uch yoshdan boshlab, koreys va ingliz tillarida o‘qish va yozishni o‘rganadilar. 
Shu yoshdan boshlab matematikaga oid boshlang‘ich bilimlar singdiriladi. Ayniqsa, mental 
arifmetikaga oid bilimlar ilk yoshdan o‘rgatilib kelinadi. Koreyslar maktabgacha yonshdagi 
bolalarning ma’nan va jismonan sog‘lom va baquvvatligiga, shuningdek, musiqa saboqlarini 
o‘zlashtirilishiga, nutq ravonligiga alohida e’tibor qaratadilar. Maktabgacha ta’lim 
muassasalaridan boshlab bolalarga mustaqil o‘qishga va o‘rganishga o‘rgatish maqsadida 
ularga katta hajmda uy vazifalari beriladi. Ingliz tilini o‘rgatishga alohida yondashiladi, 
mashg‘ulotlarda so‘z va jumlalarni tarjima qilishdan tashqari, o‘z fikr va mulohazalarini 
hamda munosabatlarini sodda hamda ravon tilda ifodalashga harakat qiladilar. 
Ma’lumki, ikki yoshga to‘lgan bolalarda obraz-tasavvurlar, keyinchalik, umumiy 
tushunchalar asta-sekin shakllana boshlaydi. Idrok etish asta-sekin kuzatishga qarab boradi. 
Bolalarni rasm chizish, lepka, musiqaga jalb etish orqali ularda ranglar jilosi, shakl, chiziqlar, 


180 
konturlarni ajratish, ohanglarni anglash va qabul qilish qobiliyati shakllanadi. Hali bu yoshda 
bola maqsadni harakat qilish usuli bilan bog‘lamaydi, predmetlarning chiroyli tomoniga 
qiziqishi tufayli unga munosabatda bo‘ladi. Ushbu yosh oxiriga borib shaklni mazmun bilan 
birgalikda qabul qilish qobiliyati ko‘zga tashlanadi. 
Kichik bog‘cha yoshidagi bola uchun bog‘chadagi yangicha sharoit uning badiiy 
faoliyatni tushunishga, intilishiga motiv bo‘ladi. Ammo, ushbu yoshdagi bolalarning 
qiziqishlari qisqa muddatli, yuzaki va tarqoq holda bo‘lib qolaveradi. Ushbu yoshda bola 
rasmni ko‘rayotganda undagi tasvirga e’tibor beradi, xolos. Asta-sekin uning e’tiborini 
rasmdagi detallar jalb eta boradi. Emotsional his-hayajon, asosan, tasvirdagini idrok etishdan 
qoniqish va qoniqmaslik kayfiyatida bo‘ladi.
O‘rta yoshdagi bolalarda o‘ziga xoslikni ifodalovchi holat o‘z-o‘zini anglab yetish, shu 
bilan birga, isbotlash va ifodalashga ehtiyojning yuzaga kelishi bilan ajralib turadi. Ularda 
ba’zan hissiy-estetik tajribaga, o‘rab turgan dunyodagi hodisalarni umumlashtirish 
qobiliyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun san’at asarini idrok etishda, kichik yoshdagilarga 
qaraganda, san’at asari mazmuniga kirib borishga harakat qiladi. Harakatchanlik, ilmga 
chanqoqlik ko‘zlarida namoyon bo‘ladi. Bu yoshda bola u yoki bu san’at sohasini mustaqil 
egallash maqsadini qo‘ya oladi. Ularda ijodga, tasviriy, musiqiy, teatr faoliyatidagi qo‘yilgan 
vazifalarni mutsaqil hal qilishga intilish aniq ko‘zga tashlanadi. Bolalar raqs, qushiq, 
dramalashtirishda obrazning ifodaliligiga ongli ravishda erishishga qodir bo‘la boradilar.
Katta bog‘cha yoshdagi bolalar ob’ektiv borliq haqida keng tasavvurga ega bo‘ladilar, 
bu estetik baholashga asos bo‘ladigan tugal dunyoqarash tizimi bilan xarakterlanadi. Shu 
munosabat bilan turmushning estetik tomonlarini idrok etish katta bog‘cha yoshidagilarda 
o‘smir yoshidagiga qaraganda tanlash xususiyatiga ega. Boshqa o‘ziga xos xususiyati, ushbu 
yoshdagilarda o‘zining hayotiy o‘rnini belgilash va ifodalashda namoyon bo‘ladi. Katta 
bog‘cha yoshidagi o‘quvchilarning emotsional-hissiy dunyosida markaziy o‘rinni inson 
estetikasi va uning xulqi egallagan bo‘ladi.
 
Katta maktabgacha yosh oxirida bola musiqiy va adabiy asarni diqqat bilan tinglashi, 
tasviriy san’at asarlarini ko‘rib chiqishi, shuningdek, ularni chuqurroq idrok etishi, boshdan 
kechirishi, ijodiy, ezgu narsalarga xayrixoh bo‘lishi va yomonlikni qoralashi mumkin. Bolada 
musiqaga va she’riyatga qobiliyat rivojlanadi. U turli san’at asarlaridagi ifoda-tasvir 
vositalarini qayd etibgina qolmay, balki har xil san’at turlaridagi janriy o‘ziga xoslikni ongli 
idrok etib, ularning mazkur janrda zarurligini tushuntirib ham bera oladi. Bolalarda musiqa, 
adabiy va tasviriy san’at asarlarining ma’lum nashrlarini barqaror ma’qullash hissi paydo 
bo‘ladi. 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish