Литература:
1.
Никитина Ю.В. Расстройства акустического спектра у детей. –М., 2019.
2.
Горячева Т.Г. Аутичный ребенок. –М., 2018.
3.
Либинг М.М., Баянская Е.Г., Никольская О.С. Воспитание ребенка с аутизмом в
семье. –М., 2018.
4.
Димитрошкина Л. Аутизм как вредоносная родовая программа. 2018.
5.
Рудин О.С. Развитие речи у аутичных детей. 2009.
6.
Н.В.Дроздова "Социальная психология"
7.
Аврамов И. Свидания с социумом. 2017.
8.
Андреева И.Н. Социальная педагогика. –М., 2000.
9.
Фирсов М.В. История социальной работы. 2006.
10.
Алексеева Л. Семья в условиях социальных рисков. –М., 2009.
11.
Алексеева Л., Хабарова О. Мониторинг наркотической зависимости детей и
подростков. 2010
12.
Рудденс Э. Социология. 1999.
֍
–
֍
–
֍
176
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARINING KASBIY
KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
Mamadalieva M.X.
Surxandaryo viloyati XTXKT va MOXM, o‘qituvchi
Barkamol shaxsni har tomonlama rivojlantirish muammosining yechimi, bugungi kunda
jamiyat hayotida alohida ahamiyatga ega. Buning uchun bugungi kunga qadar ta’lim-tarbiya
jarayonida mavjud bo‘lgan ayrim an’analardan voz kechish zaruriyati tug‘ilmokda. Jumladan,
ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan an’anaviy ta’lim jarayoni orasida mutanosiblikni
ta’minlagan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish tizimini belgilab berish muhim
masalalardandir. Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni erkin rivojlanishi O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan insonning xaq-huquqlari haqidagi qonun-qoidalarga
amal qilib, jamiyat taraqqiyotining faol ishtirokchisi bo‘lishga undash orqali amalga oshiriladi.
Axborot madaniyatini shakllantirish jarayonini tashkil etish jihatdan rivojlantirish shuning uchun
ham zarurki, bu jarayonda barqaror rivojlanadi va bolalarga samarali pedagogik ta’sir ko‘rsatish
imkoniyati vujudga keladi. Birinchidan, mazkur muammoning amaliyotdagi holati tahlili shuni
ko‘rsatdiki, tarbiyachilar tarbiyalanuvchilarni axborot madaniyatini shakllantirish jarayonini
tashkil etish jihatdan rivojlantirishga aksariyat holatlarda e’tibor qaratmaydilar. Ikkinchidan,
ta’lim sohasidagi islohotlar natijasida, bolalarni axborot madaniyatini shakllantirish jarayonini
tashkil etish jihatdan rivojlantirishda, axborot texnologiyalarining pedagogik imkoniyatlari
vujudga keldi. Axborot texnologiyalari vositasida bolalarda axborot madaniyati haqida bilimini
shakllantirishning pedagogik jihatdan tashkil etish o‘z samarasini beradi.
Axborotlashgan pedagogik ta’limda didaktika va axborot, jamiyat a’zosining intellektual
rivojlanishini jadallashtirish zarurligini aniqlovchi ta’lim-tarbiya maqsadlariga erishishni
ta’minlashga yo‘naltirilgan pedagogik ta’sirga ega bo‘lib, bolaning intellektual salohiyatini
namoyish etishni va rivojlanishini o‘zining asosiy maqsadi etib qo‘yadi. Bu maqsadga, zamonaviy
axborot texnologiyalarining imkoniyatlarini joriy etish orqaligina to‘liq erishish mumkin.
Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalari muhitida didaktika, zamonaviy
axborot texnologiyalaridan faol foydalanish orqali bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga
yo‘naltirilgan o‘quv faoliyatining keng jabhali turlarini taklif etadi. Bu muhitdagi didaktika
fikrlashni, shaxsning salohiyati va imkoniyatlarini, estetik tarbiyani, unda axborot madaniyatini
tarbiyalashni, bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishni, o‘quv-axborot faoliyati bo‘yicha malaka va
ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalarni joriy
etishning pedagogik maqsadlari bayon etiladi. Axborot kommunikatsion texnologiyalari o‘quvchi
shaxsining:
-
fikrlashini;
-
estetik tarbiyasini;
-
kommunikativ qobiliyatini;
-
optimal qaror qabul qilish malakasini;
-
axborot madaniyatining rivojlanishini ta’minlaydi.
Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalari, o‘quv-tarbiya jarayonlarining barcha
bosqichlarini jadallashtiradi. Axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida, ta’lim-tarbiya
jarayonini tashkil etish o‘quvchi-yoshlarida axborot madaniyatini shakllantirish sifati va
samaradorligi oshirish jarayonida ularning axloqiy sifatlarini rivojlantirish nazariyasi va
metodikasini ishlab chiqilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchidan, o‘quvchi-yoshlarida
axborot madaniyatini shakllantirish jarayoni, shuningdek, o‘quvchilarni zamonaviy talablar
asosida turli g‘oyalarni tahlil etish jarayonida faol ishtirok etishlari borasidagi ijtimoiy
zaruriyatdir. Ikkinichidan, tarbiyalanuvchi shaxsida axborot madaniyatini shakllantirish hamda
ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsadlarini to‘g‘ri belgilash talab etiladi. Tarbiyalanuvchi shaxsida
177
axborot madaniyatini shakllantirish, bir-birini to‘ldirishi lozim bo‘lgan uchta tashkiliy, ya’ni,
organik tizimlardagi biologik, individual tajribani tashkillashtiruvchi psixik va insonlarni madaniy
jihatdan tashkillashtiruvchi ijtimoiy jarayonlarga bog‘liq bo‘ladi. Bunda faoliyat maqsadlari
umumlashgan holatda emas, balki pedagogik ta’sirning ham ob’ekti, ham sub’ekti bo‘lgan har bir
insonga nisbatan alohida e’tibor qaratish talab etiladi, ya’ni pedagogik vazifalarning hal etilishi
avvalo tarbiya sub’ektining individual sifatlariga tayanadi. Motivatsion sifatlar, intellektual
salohiyat, hissiy va irodaviy sifatlar, amaliy ko‘nikmalarga va o‘z-o‘zini boshqarish layoqatiga
ega bo‘lishlari individuallikning asosiy mezonlari bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |