B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

 
Adabiyotlar: 
1.
Tarbiya ensiklopediyasi. Ota-ona va murabbiylar uchun. –T., 2010. -255 б. 
2.
B.R.Djurayeva, H.M.Tojiboyeva, G.M.Nazirova. Maktabgacha taʼlim yoshidagi 
bolalarga taʼlim-tarbiya berishning zamonaviy tendensiyalari. –T., 2015. -53 б. 
3.
Hikmatlar shodasi. –T.: Oʻzbekiston, 2016. -411 б.
 
֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 
MUSIQA TINGLASH – MAKTAB O‘QUVCHILARI MUSIQIY FAOLIYATINING 
ASOSIY TURIDIR 
Ibrahimjanova G.A. 
Toshkent davlat pedagogika universiteti, katta o‘qituvchi 
“Musiqa tufayli insonda nafaqat atrofidagi olam, balki o‘zida ham olijanoblik, ulug‘vorlik 
va go‘zallik haqida tasavvurlar uyg‘onadi”, - deb yozgan atoqli olim-pedagog V.Suxomlinskiy 
“Men bolalarimga yuragimni bag‘ishlayman” kitobida. 
Musiqa o‘zining emotsional ta’sir etuvchi kuchi bilan har qanday san’at turidan ustun turadi. 
Ushbu ta’sirning naqadar keng va chuqur bo‘lishi tinglovchining haqiqiy san’at bilan aloqa 
qilishga tayyorgarlik darajasiga bog‘liqdir. Musiqiy san’at shaxsning ma’naviyatini, hissiyot 
madaniyatini tarbiyalashda, hissiy va kognitiv jihatlarini rivojlantirish jarayonida juda katta rol 
o‘ynaydi. V.Suxomlinskiy musiqani estetik tarbiyaning kuchli vositasi deb atab, “Musiqa tinglash 
va uni idrok etish qobiliyatisiz, to‘laqonli tarbiyani tasavvur qilib bo‘lmaydi”, deb yozgan edi u. 
Shu sababli, tinglovchining madaniyatini bolalikdan boshlab tarbiyalash har doim dolzarb 
muammo hisoblanadi, chunki, aynan shu yoshda, musiqiy sezgirlik qobiliyati jadal rivojlanadigan 
davrdir. 
Musiqani tinglab idrok etish murakkab ko‘p darajali hodisa, bir tomondan, musiqiy badiiy 
obrazning o‘ziga xosligi va murakkabligi, ikkinchi tomondan bolaning yosh xususiyatlari bilan 
bog‘liq. Boshqa san’at asari turlarini idrok etishdan ko‘ra, musiqani idrok etish bolalar uchun katta 
qiyinchiliklar tug‘diradi. Shu munosabat bilan, bolalarda musiqiy idrok rivojlanishining har bir 
bosqichida bolaga musiqa tinglash va uni tushunish, uning obrazlar dunyosiga kirishiga yordam 
berish kerak. Chunki, bolalikdan musiqiy idrok qobiliyatining rivojlanmaganligi tufayli yoshlarda 
musiqiy did va musiqiy madaniyati shakllanmasligiga sabab bo‘ladi. 
Musiqani tinglab idrok etish muammosi ushbu jarayonning sub’ektivligi tufayli eng qiyin 
muammolardan biri bo‘lib, uni o‘rganilgan ko‘plab kuzatuvlar, maxsus tadqiqotlarga qaramay 
hanuzgacha to‘la hal etilmagan. Ushbu masalani o‘rganishda B.V.Asafiev, B.L.Yavorskiy, 
D.B.Kabalevskiy, V.V.Medushevskiy, V.I.Petrushin, E.B.Abdullin, R.G.Qodirov va boshqa 
olimlar katta hissa qo‘shgan. 
Musiqani jonli obrazli san’at sifatida idrok etish hayot bilan uzviy bog‘liqdir va “Musiqani 
tinglash” nafaqat darsning alohida qismi, balki xor qo‘shiqlarida, improvizatsiyali ijro etishlarda 
va musiqani tahlil qilishda o‘zini namoyon qiladigan yetakchi faoliyatdir. Musiqani tinglash 
bolalarning atrofdagi dunyoga qiziqishini rivojlantirishga qaratilgan, eshitish qobiliyatini 


103 
rivojlantirishga yordam beradi, hissiyotlarni faollashtiradi, uning yangrashiga javoban diqqat 
markazida bo‘lishga odatlantiradi, tanish ohanglarni tanib, eslab qolishga o‘rgatadi. 
O‘quvchilar o‘zining musiqa tinglash qobiliyati va kichik hayotiy tajribasiga tayanib, 
musiqa san’atining chinakam badiiy ahamiyatga ega asarlarini tanlay olmaydilar, professional 
san’atni havaskorlik tomoshalaridan ajratib turadigan chegarani hali his etmaydilar. Shunga ko‘ra, 
boshlang‘ich maktab yillarida bolalar musiqa mazmunini tez tushunib olishlari uchun, asar so‘zlar 
yoki dasturiy nom, o‘yin yoki raqs harakatlari, rasm yoki film bilan uzviy uyg‘unlikda eshittirilishi 
lozim. Musiqani tinglash faoliyati bolalarni yoshiga muvofiq taniqli bastakorlar musiqasi bilan 
tanishtiradi, musiqaning ifodali vositalari to‘g‘risida zarur bilimlarni olishga imkon beradi. 
Musiqani idrok etish jarayonida maktab o‘quvchilarida haqiqiy badiiy musiqaga bo‘lgan ishtiyoq 
uyg‘onadi, u bilan aloqa qilish zarurati vujudga keladi, ularning musiqiy qiziqishlari va didlari 
tarbiyalanadi. Musiqa hayot haqida hikoya qiladigan, his-tuyg‘u va fikrlarni, insoniy kayfiyat 
xillarini ifodalaydigan tasavvurlar shakllantiradi. 
Umumiy musiqa ta’limining yetakchi vazifasi maktab o‘quvchilarida musiqa tinglash 
madaniyatini rivojlantirish bo‘lsa, musiqa tinglashning o‘zi esa bolalarning musiqiy faoliyatdagi 
asosiy shakli deb hisoblanadi. Maktab o‘quvchilarida musiqa tinglash madaniyatini 
shakllantirishning muhim sharti musiqani idrok etish jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishi bo‘lib, u 
musiqiy asarlarni umumiy xarakteri va ifodali vositalar, janrlar va uslublar bo‘yicha ajratib 
turishga, musiqa mazmunini tushunishga va boshdan kechirishga, uning tasvirlarini xotirada 
saqlashga, uning ovozini ifodalashga o‘rgatadi. Musiqiy asarni tinglashdan oldin o‘quvchilar 
e’tiborini ushbu faoliyatga tayyorlash alohida ahamiyatga ega: suhbat, hikoya-suhbat, savol, 
tinglash oldidagi topshiriq va boshqalar.
Musiqiy asarni idrok etish jarayonini tashkil qilish texnologiyasi N.L.Grodzenskaya 
tomonidan sonata allegro shakli bilan taqqoslanadi va uning quyidagi bosqichlari belgilanadi: 

“Kirish” – tinglashga tayyorgarlik (savollar, hikoya, suhbat, va boshqalar); 

“Ekspozitsiya”" – aslida musiqiy asarni yoki parchani namoyish etish va tinglash; 

“Rivojlov qismi” – musiqa tinglangandan keyin suhbat, ijodiy topshiriq; 

“Repriza” – musiqiy asarni takroran tinglash. 
Musiqa tinglashning butun jarayoni muhimdir. Uning natijasida ma’naviy va axloqiy 
vaziyatlarni vujudga keltiradigan intensiv hissiy va intellektual mehnatga aylanishi lozim. Bunday 
vaziyatlarning yaratilishi qoida tariqasida, asarni qayta tinglashni talab qiladi. Va bu, o‘z 
navbatida, klassik musiqaga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirishning asosiy kafolati bo‘lgan 
tinglovchilarning intonatsion lug‘at boyligini rivojlantirishga yordam beradi. 
“Musiqiy madaniyat” fani bo‘yicha maktab o‘quv dasturiga buyuk Norvegiya kompozitori 
Edvard Grig qalamiga mansub bo‘lgan eng mashhur asarlar kiritilgan. Amaliyot shuni 
ko‘rsatadiki, bolalar Grig musiqasini eshitgach, uni darhol eslab qoladilar. Va albatta, buning 
sabablari bor. Kompozitor asarlaridagi obrazlar jonli, yorqin, gohida fantastik bo‘lsa ham, lekin 
samimiy qiyofasi bilan, inson qalbiga yaqin va tushunarlidir. E.Grigning ajoyib, ohangdor 
musiqasi har doim insonning his-tuyg‘ularini, uning fikr va kechinmalarini, qalb zavqi va 
tabiatning maftun qiladigan yorug‘ go‘zalligini ifoda etadi.
Atoqli yozuvchi Lev Kassil E.Grigning musiqasidan mamnun bo‘lib, shunday dedi: “Uning 
ohanglari kristall bo‘lib ajralib turadi”. P.I.Chaykovskiy ham o‘z taassurotini bildirib, “Uning 
musiqasida ... biz uchun yaqin va qadrdon narsa bor, u darhol bizning yuragimizda iliq va 
hamdardlik javobini topadi”, deya ta’kidlaydi. Tabiiyki, bolalarda ham E.Grigning ta’sirli 
musiqasi yorqin emotsiyalarni vujudga keltiradi hamda ularni klassik musiqaga qiziqish va mehr-
muhabbatni maqsadli tarbiyalaydi. 
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar qulay shakl (ashula aytish, musiqiy ritmik harakatlar 
bajarish, cholg‘u ijro etish va boshqa)lar orqali E.Grigning turli xil xarakterdagi musiqiy asarlarini 
tinglashadi. Bular, “Lirik pesalar” to‘plamidan “Gnomlarning yurishi”, “Trolxaugendagi to‘y 
marshi”, “Kichkina qizaloq” fortepiano asar namunalari, “Per Gyunt” syuitasidan “Subhidam”, 
“Tog‘ qiroli g‘orida”, “Solveyg qo‘shig‘i” nomli orkestr nomerlari, “Bolalar qo‘shig‘i”, “Quyosh 


104 
botishi” kabi romanslardir. Katta sinf o‘quvchilari uchun violonchel bilan fortepianoga yozilan 
sonata, mashhur fortepiano konsertini tinglash tavsiya qilinadi. Norvegiyaning xalq san’ati bilan 
uzviy bog‘liq bo‘lgan ushbu san’atkorning milliy musiqasi bolalarni befarq qoldirmaydi, ularni 
o‘zining samimiyligi, haqqoniyligi, soddadilligi bilan o‘ziga maftun qiladi.
Edvard Grigning jozibador, shoirona musiqasi maktab o‘quvchilarini o‘ziga jalb etib, 
qiziqtirib, ularni ijodiy faoliyatga chorlaydi. Boshlang‘ich sinf bolalari ham ijodiy topshiriqlarni 
bajarishdan xursand: kuy bastalash, rasm chizish, sher to‘qish, insho-ertak o‘ylab topish va uni 
ifodali aytib berish, yoki raqs ijro etib berish, va shunga o‘xshash vazifalar. Yuqori sinflarda esa 
o‘quvchilar kompozitor musiqasiga hayolan ergashib, Norvegiya bo‘ylab musiqiy sayohatga 
chiqadilar, mavzu yuzasidan suhbatlar tashkil etadilar, referat va xabarlar tayyorlaydilar, ular 
uchun yangi bo‘lgan kompozitorlarning asarlari bilan yaqindan tanishadilar. Bu kabi vazifalar 
musiqiy to‘garak mashg‘ulotlarida, ma’ruza-konsert, mavzuviy uchrashuvlar va hokazolarda 
bajarilishi mumkin. Va albatta, multimediyali taqdimotlarning qo‘shib qo‘llanilishi musiqani idrok 
etishda, ya’ni asar tinglash jarayonida hayolda gavdalanadigan obraz, tasavvurlarni hamda 
asarning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri tushunib anglab yetishda ko‘maklashadi.
Shunday qilib, musiqa tinglash maktabdagi musiqa darslarida asosiy va keng qamrovli 
musiqiy faoliyat hisoblanadi. U “musiqiylik” tarkibiga kiradigan o‘quvchilarning barcha 
qobiliyatlariga asoslanadi, shuningdek, ularning musiqiy tasavvur va bilimlar shaklida xotiraga 
singdirilgan o‘tmish tajribalarini o‘z ichiga oladi. Faqat maqsadli pedagogik rahbarlik bilan 
maktab o‘quvchilari musiqiy san’atning yuksak badiiy asarlarini tinglashga tayyor bo‘lishlari 
mumkin. Shu bilan birga, musiqa tinglash jarayonini tashkil etish o‘qituvchidan tinglash 
faoliyatining psixologik asoslari va qonuniyatlarini bilishni talab qiladi. Bundan tashqari, ta’lim 
faoliyatining ushbu turi o‘qituvchiga maqsadlar, strategiyalar va idrok etish natijalaridagi 
individual farqlarni, unga kiritilgan psixik jarayonlarning tabiatidagi farqlarini tushunish 
vazifasini qo‘yadi. Bu farqlar ko‘p sabablarga ko‘ra, o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatlaridagi 
farqlardan ularning musiqiy ta’limi va tarbiyasidagi farqlarga, shuningdek, shaxsning ijtimoiy-
madaniy manfaatlari va ehtiyojlari darajasi hamda yo‘nalishiga qarab yuzaga keladi. 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish