B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

Adabiyotlar: 
1.
Mirziyoyev Sh.M. 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. –T., 2017 yil, 7-fevral. 
2.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. 
–T.: O‘zbekiston, 2017. 
3.
Avloniy A. Turkiy guliston yohud axloq. –T.: O‘qituvchi, 1992. 160-b. 
4.
Mavlonova R., Rahmakulova N. Boshlang‘ich ta’limni integratsiyalash. –T., 2011. 
֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
IQTISODIY TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING INNOVATSION YO‘NALISHLARINI 
TAKOMILLASHTIRISH
 
Hakimova M.F. 
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, professor 
 
Ta’lim jarayoni o‘zaro hamkorlikka va ijodiy tajriba almashinishga asoslanilgan jarayondir. 
Ta’limda samarali o‘qitishni tashkil etilishiga erishishda bir qancha ta’lim turlaridagi joriy 
etilayotgan o‘qitishning yangi shakllarini joriy etish o‘ta muhim. O‘zlashtirilayotgan bilim va 
malakalar qanchalik tajribadagi mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bilan assotsiativ bog‘liqlik hosil 
qilsa, uni o‘zlashtirish va xotirada saqlanishi oson kechadi. Shu ma’noda, oliy ta’limda joriy 
etilayotgan samarali o‘qitish usullarini qo‘llanilishi talabalarning ilmiy ijodiyotini o‘stirishga, 
mustaqil fikriy tahlilini oshirishga va o‘z ustida ishlashga keng imkoniyat yaratadi. Ta’lim 
sohasidagi amalga oshirilayotgan yangiliklar bo‘lajak mutaxassislarni mustaqil faolligini 
oshirishni, o‘quv mashg‘ulotlarida noan’anaviylikka asoslanilgan usullarga ko‘proq yondashishni 
taqozo etadi. 
Hozirgi kunda ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik 
texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy-ta’lim jarayonini sifat 
jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish 
asosiy va bosh maqsad bo‘lib qolmoqda. 


355 
Davlatning ta’lim siyosatidagi bosh masalasi, malakali har tomonlama kamol topgan insonni 
tarbiyalash, bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislar tayyorlashni mehnat bozori talablariga 
moslashtirishdir. Ta’limni ijtimoiy jihatdan ahamiyati ko‘p jihatdan yoshlarning iqtisodiy 
tayyorgarligi bilan aniqlanadi. Bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislar iqtisodiy masalalarni tushunishi, 
iqtisodiyotdagi turli tendensiyalarni aniqlay bilishi, amaliy faoliyatga tayyor bo‘lishi lozim. 
Bo‘lajak iqtisodchi mutaxassis shaxsi kamolotida berilayotgan mustaqil o‘quv 
topshiriqlari, muammoli yechimga qaratilgan munozarali dars shakllari va audiovizual 
vositalarga asoslanilgan o‘quv materiallari kuchli ijtimoiylashtiruvchi ta’sir ahamiyatiga ega. 
Aynan mana shunday o‘qitish usullari vositasida bo‘lajak mutaxassislarni oliy ta’limdagi 
o‘quv faoliyatiga tayyorlash, mantiqiy va tanqidiy tafakkurini shakllantirish, mavjud 
qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga imkon yaratiladi. Bu esa o‘z-o‘zidan pedagog-talaba 
hamkorligini talab etadigan pedagogik faoliyatdan iborat bo‘ladi. Pedagog odatda o‘qitish 
davomida talabalar o‘quv ma’lumotlarini qanchalik o‘zlashtirganliklari, aniq bilimlarga ega 
bo‘lganliklaridan xabardor bo‘lsagina, talabani yangi bilimlar bilan qurollantira oladi. Shunga 
ko‘ra o‘qituvchi talaba o‘quv axborotlari, ma’lumotlarining mazmunini tushunishi, 
o‘zlashtirib olishi va amalda qo‘llay olishini o‘rgatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Bu 
odatda o‘quv maqsadi deb yuritiladi. Zero, u ta’lim jarayoni oxirida kutilayotgan natija 
tavsifidir. Ta’lim jarayoni ikki jonli mavjudotning ishtirokida kechganligi sababli pedagog 
o‘rgatish maqsadini, talaba esa, o‘rganish maqsadini amalga oshiradi.
Hozirgi kunga kelib, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot shu qadar jadal sur’atlar bilan 
rivojlanmoqdaki, mutaxassis kadrlarning kasbiy bilimlari har yili ma’lum darajada 
qadrsizlanmoqda hamda ularni tez-tez yangilash ehtiyoji sezilmoqda. Bozor iqtisodiyoti, 
raqobat sharoitida, texnika va texnologiyalar jadal o‘zgarayotgan sharoitda kadrlarning 
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash katta ahamiyat kasb etadi.
Uzluksiz ta’lim tizimida dars va boshqa turdagi barcha o‘quv mashg‘ulotlarini 
mukammal tashkil qilish – pedagoglarning birinchi navbatdagi vazifasidir. Yuqori saviyada 
o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlar ongida uzoq saqlanadi, ularda imon-e’tiqod va mafkuraning 
shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodchi mutaxassisning kasbiy fazilatlari: o‘z 
sohasining puxta bilimdoni bo‘lish, kasb-hunar sirlarini sodda usulda o‘rgata olish, hayotiy 
tajribalari asosida shaxsiy namuna bo‘la olishlik va boshqalarni o‘z ichiga oladi. 
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda mutaxassislar tayyorlash tizimiga ilm-fanning 
uzviy ravishda kirib borishi uchun quyidagilar zarur: 

ta’limda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o‘zlashtirish yuzasidan maqsadli 
innovatsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish yo‘li bilan ilm-fanning ta’lim 
amaliyoti bilan aloqasini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish; 

oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, 
yoshlarning ilmiy ijodiyotini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga erishish; 

oliy ta’lim muassasalarida ilm-fanni rivojlantirishda xalqaro ilmiy hamjamiyatga 
integratsiyasini faollashtirish, rivojlangan mamlakatlarning nufuzli ilmiy jurnallarida maqola 
chiqarishlarini rivojlantirish, ta’lim sohasi va mutaxassislar tayyorlashni yanada 
takomillashtirish. 
Xulosa qilib aytganda, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, davlat boshqaruvi idoralari, xizmat 
ko‘rsatuvchi tashkilotlar va boshqa ko‘plab mulkchilik shakllari o‘z faoliyatlarini yangi 
iqtisodiy bozor o‘zgarishlariga moslashtirishlari uchun ularda faoliyat ko‘rsatuvchi boshqaruv 
xodimlari, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari zamonaviy iqtisodiyot 
fanlaridan va ularni rivojlanish jarayonlaridan xabardor bo‘lishlari hamda o‘z sohalari 
bo‘yicha o‘tayotgan fanlarining yutuqlaridan o‘z faoliyatlarida ishlata olishlari muhimdir.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish