B. Qo’chqarov ontolingvistika (uslubiy qo’llanma) Namangan 2020


BOSHLANG'ICH SINFLARDA NUTQ O'STIRISH



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana23.06.2022
Hajmi0,77 Mb.
#697967
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
B. Qo’chqarov ontolingvistika (uslubiy qo’llanma)

BOSHLANG'ICH SINFLARDA NUTQ O'STIRISH 
Hozirgi kundagi davr talabi sifatli va har tomonlama ilg'or kadrlarni 
yetishtirish, ularni zamon bilan hamohang jahon standartlari darajasidagi yetuk 
kadrlar qilib tarbiyalash maqsad qilib olindi.Shu bois Oliy va Xalq ta'limi 
sohalariga bir so'z bilan aytganda ta'lim-tarbiya jarayoniga juda katta e'tibor 
qaratilmoqda. Fikrimning yorqin dalili sifatida Prezidentimizning PQ 1875-sonli 
"Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to'g'risida"gi 
qarorlarini 
keltirishim 
mumkin.
9
".... 
O'zbekiston 
Respublikasining "Ta’lim to'g'risida"gi qonunini hamda Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga o'qitishning kompleks tizimi, ya’ni 
uyg'un kamol topgan, o'qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni 
shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga 
yo'naltirilgan tizim yaratildi. 
Mustaqillik yillarida 51,7 ming nafardan ziyod chet tillar o'qituvchilari 
tayyorlandi, umumta’lim maktablarining 5-9 sinflari uchun ingliz, nemis va 
fransuz tillari bo'yicha multimedia darsliklari, boshlang'ich sinflarda ingliz tilini 
o'rganish bo'yicha elektron resurslar tayyorlandi, umumta’lim maktablarida, kasb-
hunar kollejlari va akademik litseylarda 5 mingdan ko'proq lingafon kabinetlari 
jihozlandi. 
Shu bilan birga, chet tillarni o'rganishni tashkil qilishning amaldagi tizimini 
tahlil etish shuni ko'rsatmoqdaki, ta’lim standartlari, o'quv dasturlari va darsliklar 
zamon talablariga, xususan, ilg'or axborot va media-texnologiyalardan foydalanish 
borasidagi talabga to'liq javob bermayapti. Ta’lim asosan an’anaviy uslublarda olib 
borilmoqda. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz 
o'rganishni tashkil qilish, shuningdek, o'qituvchilar malakasini oshirish hamda 
9
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1875-son 2012 -yil 10- dekabrdagi qarori. 


61 
zamonaviy o'quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash yanada takomillashtirilishini 
taqozo etadi". 
Bundan ko'rinib turibdiki, ta'limning barcha turlarini tubdan isloh qilish bosh 
maqsad qilib olingan.Albatta 1-bosqich maktabgacha ta'lim va boshlang'ich ta'lim 
ishlarini to' g'ri tashkil etish va takomillashtirish hisoblanadi. Ta'lim sohasini 
rivojlantirishda avvalo maktabgacha ta'lim hamda boshlang'ich ta'lim sohalariga 
katta e'tibor qaratilmoqda, bu sohalarda ham ulkan o'zgarishlar qilinmoqda, chunki 
ta'limning bu bosqichi umumiy o'rta ta'limning poydevori sanaladi, shuning uchun 
ham bu bosqichga e'tibor qaratish bejiz emas. Poydevor qanchalik mustahkam 
bo'lsa, bino ham shunchalik mustahkam bo'ladi. Darhaqiqat ta'limning asosi 
maktabgacha ta'lim hamda boshlang'ich ta'lim, shuning uchun ham bu sohalardagi 
ishlar, amaliy jarayonlar aniq belgilanib, oldindan puxta rejalashtirib olinishi zarur. 
Boshlang'ich ta'lim va maktabgacha ta'limning asosiy vazifalari bolalarni 
o'yin jarayonidan o'quv jarayoniga moslashtirish, ularni ta'limga jalb qilish va 
o'quvchilar nutqi ustida ishlash kabilarni o'z ichiga oladi. Amaliy ish sifatida 
bolalar nutqi ustida ishlash juda muhim ish hisoblanadi. Bolalarning mohirona 
tutilmay hayajonlanmay qo'rqmasdan dadil-dadil, burro-burro gapirishlarini 
shakllantira olish bugungi kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Shuning 
uchun ham boshlang'ich sinflarda nutq o'stirish asosiy uslubiy ishlardan biridir. 
Boshlang'ich sinfga kelgan bolalar turli muhitda tarbiyalangan va turlicha 
ko'nikmalar bilan 1-sinfga keladilar, shuning uchun ham ularda ba'zi bir 
kamchiliklarni kuzatishimiz mumkin. Bunday bolalar bilan ishlash albatta 
o'qituvchiga oz bo'lsada qiyinchilik tug'diradi. Masalan, ba'zi bolalar ayrim 
harflarni talaffuzida qiynalishi mumkin, ayrimlari esa umuman harf tanimasligi 
mumkin. Shuning uchun ham o'qituvchi dars jarayonida har bir o'quvchiga alohida 
e'tibor berishi kerak. Lekin shunda ham ba'zi bolalarda adaptatsiya qiyin kechadi 
va o'zlarini begonaday sezadilar. Bunda endi o'qituvchi o'zining mohir 
psixologligini amalda qo'llaydi ya'ni bola bilan suhbatlashib uning xarakteri va 
temperamentini aniqlaydi. Bolaning xarakteri va temperamentidan kelib chiqib 
o'quvchiga shunga mos tarzda tarbiya jarayonini tashkil etadi. Nima uchun 


62 
boshlang'ich ta'lim jarayonida bunday ishlarni amalga oshirishimiz kerak? degan 
savol tug'ilishi mumkin. Bu savolga boshlang'ich sinflarda amalga oshiriladigan va 
bajariladigan asosiy ishlarni ta'kidlab o'tmoqchiman: Boshlang'ich sinflarda aynan 
ona tili va o'qish fanlarida umumiy o'rta ta'limning keyingi bosqichlarida 
o'rganiladigan ona tili va adabiyot fanlariga tayyorlov bosqichi bo'lib shu fanlar 
yuzasidan boshlang'ich nazariy tushunchalarni berish va boshlang'ich sinf 
o'quvchilari nutqini rivojlantish asosiy maqsad hisoblanadi. Bunda yana savol 
tug'ilishi mumkin:Nima uchun boshlang'ich sinflarda nutq o'stirish mashqlarini 
o'tkazib nutq uchun kurashishimiz kerak. Hazrat Alisher Navoiy shunday 
deydilar:" ...Insonning boshqa boshqa mavjudotlardan farqi uning tilidir"
10
ya'ni 
nutq insonni boshqa mavjudotlardan farqlovchi eng asosiy omillardan biridir. 
Xalqimizda shunday maqol bor: "Til-dilning kalitidir". Xalqimiz bu maqolni 
bejizga aytmagan, haqiqatan ham til barcha ishlarni yaxshi yoki yomon 
bo'lishining kafilidir. Atrofdagilarga e'tibor qaratsak ham bu seziladi. Kim 
shirinsuhan, gap biladigan bo'lsa, uning ishlari joyida hammasi o'z o'rnida 
bo'layotganligini, kim qo'rs to'gri gapni ham eplab gapirolmaydigan bo'lsa, uning 
ishlari besamara bo'layotganligini ko'rishimiz mumkin. Shuning uchun ham 
xalqimiz "Ish bilganga yuz tanga' gap bilganga ming tanga" deb bekorga 
aytmagan. Yanada e'tibor qaratadigan bo'lsak nutq uchun kurash ta'limning boshqa 
bosqichlariga qaraganda boshlang'ich ta'limda ko'proq olib boriladi. Negaki:
Birinchidan boshlang'ich ta'lim o'quvchilari yoshligidan burro-burro gapira 
olsa, ta'limning boshqa bosqichlarida tutilmasdan aniq va ravon gapiradi; 
Ikkinchidan boshlang'ich sinf o'quvchisi o'qituvchisini mukammal shaxs deb 
biladi va uni aytganini so'zsiz bajaradi; 
Uchinchidan boshlangich sinf ta'limning asosi hisoblanadi, shuning uchun har 
bir ishni boshdan boshlagan va mukammal bajargan ma'qul. Boshlang'ich sinf 
darsliklarining har biri bilan tanishadigan bo'lsak nafaqat o'qish va ona tili balki 
boshqa darsliklarda ham nutq o'stirish uchun alohida mashqlar berilgan. Lekin 
10
Alisher Navoiy “Muhokamat ul-lug’atayn”nomi asari. “Tilga ixtiyorsiz-elga e’tiborsiz” maqoloti. 


63 
haqiqatan ham o'qish va ona tilida darslarida og'zaki mashqlar juda ko'plab berilib 
o'quvchining og'zaki nutqiga katta e'tibor qaratiladi. Masalan: 2-sinf ona tili 
darsligidagi 204-mashq(Mavzu: Shaxs va narsa harakatini bildirgan so'zlar)ni 
olaylik: Mashq sharti: o'qing va davom ettiring, fikrlaringizni yozing va harakatni 
bildirgan so'zlarning tagiga ikkita to'g'ri chiziq chizing. 
"Kishining qanday odamligi uning hayvonlarga bo'lgan munosabatidan 
bilinadi..."
11
Bu mashq matnini o'qib bo'lgach o'quvchilar o'z fikrlarini bayon etib mashqni 
davom ettirishlari kerak. Lekin o'quvchilar o'qituvchi yordamisiz davom ettirishga 
qiynalishadi. Shuning uchun ham o'qituvchi quyidagicha ish tutishi mumkin: 
Kishining qanday odamligi uning hayvonlarga bo'lgan munosabatidan bilinadi... 
Ushbu matnni o'qib o'qituvchi o'quvchilarga: Bolajonlar!Insonlar hayvonlardan 
nimasi bilan farq qiladi?deb so'raydi.Shunda o'quvchilar: ongi bilan, gapirishi bilan 
yoki yana bir boshqa javob berishlari mumkin. O'qituvchi esa o'quvchilar fikrini 
ma'qullab, ha, bolajonlar! albatta inson ongi bilan hayvonlardan farq qiladi, demak 
biz hayvonlarga ongli munosabatda bo'lishimiz kerak-deydi va yana o'quvchilarga 
savollar bilan murojaat qilishi mumkin. Masalan: o'quvchilar qanday hayvonlarni 
bilasiz? O'quvchilar esa sigir, buzoq, qo'y, echki, it, quyon va boshqa hayvonlarni 
aytishlari mumkin. O'qituvchi quyidagi rasmlarni ko'rsatib yana savollar bilan 
murojaat etadi: 
11
Fuzailov S,Ne’matova A,Qosimova K “Ona tili” Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik 13-
nash,Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi,Toshkent-2016. 85-bet 


64 
Bolajonlar!bu rasmlarda nimalarni ko'ryapsiz? 
-ustoz,quyon,mushuk,it,sigir va otni ko'ryapmiz 
-Ha, bolajonlar! aytingchi, quyonni rangi qanaqa, u qanday hayvon? 
-Rangi sariq, u tez yuguradi, qo'rqoq, uni doim tulki yeb qo'yadi. 
-Keyingi ikkita rasmdagi hayvonlarchi? 
-Mushukcha bilan it 
-Ular bir-biriga do'stmi? 
-Yo'q. Ular bir-biri bilan doim urushadi. It mushukni quvlaydi, mushuk esa 
qochadi. 
-Bolalar rasmdagi mushukcha qanday ekan? Juda ham nozik, kichkina ekan-a, 
biz uni nima qilishimiz kerak? 
-Ustoz, parvarishlashimiz, unga g'amho'rlik qilishimiz kerak. 
-Ha, albatta, uni parvarishlab, g'amho'rlik qilishimiz kerak.Kelinglar 
mushukchaga ism qo'yamiz: Mittivoy yoki Moshxon deb qo'yamizmi? 
-Ustoz, Mittivoy deb qo'yamiz. 
-Nima uchun Mittivoy deb qo'yamiz? 
-Ustoz, chunki u kichkina, mittigina-da deb javob berishlari mumkin. 
Izox: O'quvchilar berilayotgan savollarga inkor javoblarni ham berishlari 
mumkin. Masalan: Mittivoy qo'ymaymiz, chunki biz mushugimizga Oppog'oy deb 
ism qo'ygandik-deyishi ham mumkim. Bunda o'qituvchi o'quvchini ma'lumotiga 
qarshilik qilmasligi va boshqacha ma'lumot berayotgan bo'lsa, uning ma'lumotiga 
e'tiroz qilmagan holda o'z fikrini yoki boshqa bolalar fikrini ma'qullashi kerak. 
Negaki biz uchun eng muhimi o'quvchilarning nutqi o'sishi va ularning mustaqil 
fikrlashidir. 
Albatta, 
dars 
yakunida 
o'qituvchi 
o'quvchilarning 
nutqini 


65 
ifodalashi,nutqiy bog'lanishni amalga oshishi va gaplar grammatik va sintaktik 
jihatdan tog'ri tuzilganligiga qarab ularni rag'batlantiradi. Bunda quyidagi 
ko'rgazmalardan foydalanishi mumkin: 
Rag'batlantirish 
o'quvchilarni 
baholashning 
qulay 
usuli 
hisoblanib 
o'quvchilarni izlanishga, o'rganishga undaydi. Chunki har qanday o'quvchi 
o'qituvchisidan yaxshi rag'bat olishni hohlaydi va shunga intiladi. Bunday 
darslarda o'qituvchi quyidagicha texnologik xaritadan foydalanishi mumkin:
Tashkiliy qism: 
5 daqiqa 
a)salomlashish 
1 daqiqa 
b)davomatni aniqlash 
2 daqiqa 
c)siyosiy daqiqa 
2 daqiqa 
Asosiy qism: 
35 daqiqa 
a.O'tgan mavzuni mustahkamlash 
10 daqiqa 
b.Yangi mavzu bayoni 
15 daqiqa 
c.Yangi mavzuni mustahkamlash 
10 daqiqa 
Yakuniy qism: 
5 daqiqa 
1)o'quvchilarni baholash 
3 daqiqa 
2)uyga vazifa 
2 daqiqa 


66 
Yuqoridagi texnologik xaritada sariq rangda tasvirlangan dars qismlari aynan 
yuqorida berilgan tavsiyalar to'g'ri keladigan qismlardir.Shuning uchun ham 
o'qituvchi dars jarayonida ushbu qismlarga alohida e'tibor qaratishi lozim. Xuddi 
shu singari dars davom ettirilib o'quvchilarning og'zaki nutqi o'stiriladi. Yuqoridagi 
dialogda:parvarish qilmoq, g'amho'rlik qilmoq so'zlari va kichkina va mitti so'zlari 
bir-biriga ma'nodosh ekanligini og'zaki tushuntirib o'tiladi va lug'at daftarlariga 
yozdirib qo'yiladi. 
Shartlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, birinchi o'rinda o'quvchilarning og'zaki 
nutqiga e'tibor berilgan ya'ni o'qish va davom ettirish orqali o'quvchilar og'zaki 
nutqi rivojlantiriladi. Keyingi shartlarda esa ularning fikrlash doirasi ya'ni 
o'quvchilarning mustaqil fikrlashiga urg'u beriladi. Harakatni bildirgan so'zlarning 
tagiga 
chizish 
orqali 
o'quvchilarning 
ushbu 
mavzuga 
oid 
bilimlarini 
mustahkamlashga hizmat qiladi. Yoki 3-sinf ona tili darsligidagi 313-mashq 
(Mavzu: Bo'lishli va bo'lishsiz fe'llar)ni olaylik: Mashq sharti: O'qing. Bo'lishli va 
bo'lishsiz fe'llarni aniqlang. Ko'chiring. Bo'lishli va bo'lishsiz fe'llarning tagiga ikki 
chiziq chizing. Ularning farqini ayting. Bo'lishsiz fe'llar ustiga "b-siz"(bo'lishsiz) 
deb yozing. 
"Ozoda uchinchi sinfda o'qiydi. U darsdan sira kech qolmaydi. Ozoda o'quv 
qurollarini yaxshi saqlaydi. U topshirilgan vazifalarni mustaqil bajaradi. Ozoda 
o'rtoqlaridan yordamini ayamaydi."
12
Bu mashqda ham huddi yuqoridagidek o'quvchilarning har tomonlama 
rivojlantirishga e'tibor berilgan va o'quvchilarning yosh xususiyatlari va avvalgi 
bilimlarini hisobga olgan holda mashq hajmi ham biroz kengaytirilgan. 
Asosan darsliklardagi matnlar, she'rlar, maqollar, tez aytish va shu kabilar 
bolalarning og'zaki nutqi va bilimini o'stirish uchun berilgan. Masalan: "Qishda 
qatiq qatib qoldi" tez aytishini olaylik. Bunda o'quvchining avvalo nutqini 
12
Fuzailov S,Xudoyberganov M,Yo’ldosheva Sh “Ona tili” Ummiy o’rta ta’lim maktablarining 3-sinfi uchun 
darslik 14-nashri,”O’QITUCHI”Nashriyot-matbaa ijodiy uyi,Toshkent-2016. 119-bet 


67 
o'stiruvchi elementlar bor va alleteratsiya san'ati(alleteratsiya - she'riy san'at 
turlaridan biri bo'lib, so'z boshida bir xil tovushdan foydalanib ohangdorlikni 
kuchaytiradi.) orqali ohangdorlikni kuchaytirilgan bu esa o'quvchini o'ziga jalb 
qiladi. 
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, insonni inson qilib turgan omillardan biri bu 
nutq hisoblanadi. U qanchalar ravon aniq ravshan bo'lsa, inson ham shunchalar 
chiroyli va maftunkor bo'ladi. Uni rivojlantirish va shakllantirish esa biz, 
pedagoglar va tarbiyachilarning asosiy maqsadimizdir. 


68 

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish