123
586.
Talaba 620 000 so‘m stipendiya oldi. U bu stipendiyaning 2 foiziga o‘quv
qurollari sotib oldi. Talaba sotib olgan o‘quv qurollari qancha turadi?
1-misol.
Abdurahmon kitobning 36 betini o‘qib chiqdi. Bu kitobning 18 foizini
tashkil qiladi. Kitob necha betdan iborat?
Yechish:
Shartga ko‘ra kitobning 18 foizi – 36 bet. Unda kitobning 1 foizi:
36 : 18 = 2 betni tashkil qiladi. Endi kitobning hamma betlari sonini, ya’ni 100 foizini
topamiz. Buning uchun 2 ni 100 ga ko‘paytiramiz: 2 ∙ 100 = 200 (bet).
Javob:
Kitob 200 betdan iborat.
2-misol.
Saylovda 11 570 kishi qatnashib, bu butun uchastka saylovchilarining
89 foizini tashkil qildi. Saylov uchastkasida qancha saylovchi bor?
Yechish:
Shartga ko‘ra saylovchilarning 89 foizi – 11 570 kishi. Unda saylovchi-
larning 1 foizi: 11 570 : 89 = 130 kishini tashkil qiladi.
Barcha saylovchilar sonini topish uchun 130 ni 100 ga ko‘paytiramiz:
130 ∙ 100 = 13 000 (kishi).
Javob:
Saylov uchastkasida 13 000 saylovchi bor.
3-misol.
300 gektarlik dalaning 225 gektari haydaldi. Dalaning necha foizi
haydalgan?
Yechish:
Shartga ko‘ra dalaning 225
300
___ qismi haydalgan. Bu kasrni o‘nli ko‘rinishda
ifodalaymiz. Buning uchun 225 ni 300 ga bo‘lamiz. Natijada 0,75 ni hosil qilamiz.
Demak, dalaning 75 ta yuzdan bir ulushi haydalgan. Yuzdan bir ulush
1% ekanligini hisobga olsak, dalaning 75 foizi haydalgan bo‘lib chiqadi.
Javob:
Dalaning 75 foizi haydalgan.
4-misol.
Stadion 50 000 kishiga mo‘ljallangan. Navbatdagi futbol o‘yinini
32 500 ta ishqiboz tomosha qildi. Bu o‘yinda stadionning necha foiz o‘rindiqlari band
bo‘lgan?
Yechish:
32 500 ni 50 000 ga bo‘lamiz va bo‘linmani foizlarda ifodalaymiz:
32 500
50 000
_____
= 0,65; 0,65 = 0,65 ∙ 100% = 65%.
Javob:
Stadionning 65% o‘rindiqlari band bo‘lgan.
5-misol.
Abdullayev bankka 50 000 000 so‘m pul qo‘ydi. Bank Abdullayevga
bu pulni 1 yilda 25 foizga ko‘paytirib qaytaradigan bo‘ldi. Bir yilda Abdullayev puli
qanchaga ko‘payadi? U bankdan 1 yildan keyin qancha pul qaytarib oladi?
Yechish:
Omonatning – 1 foizi: 50 000 000 : 100 = 500 000 (so‘m);
25 foizi:
500 000 ∙ 25 =12 500 000 (so‘m) bo‘ladi.
Demak, Abdullayevning omonati 1 yilda 12 500 000 so‘mga ko‘payib, u yil oxirida
bankdan 50 000 000 + 12 500 000 = 62 500 000 so‘m qaytarib oladi.
Javob:
12 500000 so‘m, 62 500 000 so‘m.
Do'stlaringiz bilan baham: