103
1- rasmdagi meva sharbati qutisi, o‘chirg‘ich, g‘isht va taxta bo‘lagi shakliga
qarab
to‘g‘ri burchakli parallelepiped
haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin.
1- rasm
To‘g‘ri burchakli parallelepipedning sirti 6 ta to‘g‘ri to‘rtburchakdan
iborat
(2- rasm). Ular to‘g‘ri burchakli
parallelepipedning
yoqlari
deb ataladi.
To‘g‘ri burchakli parallelepipedning qarama-qarshi yoqlari o‘zaro teng bo‘ladi.
To‘g‘ri burchakli parallelepiped sirtining yuzi uning barcha yoqlari yuzlarining
yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
To‘g‘ri burchakli parallelepiped yoqlarining tomonlari parallelepipedning
qirralari
, uchlari esa parallelepipedning
uchlari
deb ataladi.
To‘g‘ri burchakli parallelepipedning 8 ta uchi, 12 ta qirrasi va 6 ta yog‘i bor.
TO‘G‘RI BURCHAKLI PARALLELEPIPED VA KUB
23- §.
To‘g‘ri burchakli parallelepipedning har bir uchidan uning uchta
qirrasi chiqadi. 2-
rasmda
A
uchidan chiquvchi qirralar uzunligi
a
,
b
va
c
harflar bilan belgilangan. Bu qirralar mos ravishda to‘g‘ri
burchakli
parallelepipedning
eni, bo‘yi
va
balandligi
deb ataladi.
Shunday qilib, har qanday to‘g‘ri burchakli parallelepiped
uch o‘lchamga:
a
– eni,
b
– bo‘yi va
c
– balandligiga ega.
Hamma qirralari teng bo‘lgan to‘g‘ri burchakli
parallelepiped
kub
deb ataladi (3- rasm).
Ravshanki, kubning hamma
yoqlari bir-biriga teng
bo‘lgan kvadratlardan iborat bo‘ladi.
A, B, C, D, E, F, G, H
nuqtalar –
uchlari
,
AB, BC, CD, AD
,
EF, FG, GH, EH,
kesmalar –
qirralari
,
BF, CG, AE, DH
ABCD, EFGH,
ABFE, BFGC,
to‘g‘ri to‘rtburchaklar –
yoqlari
.
DCGH, AEHD
F
G
H
C
B
E
c
b
D
a
A
2- rasm
a
a
a
3- rasm
104
1- misol.
4.a- rasmda tasvirlangan to‘g‘ri burchakli parallelepipedning
o‘lchamlari: 5 sm, 3 sm va 2 sm. Bu parallelepiped sirtining yuzini toping.
Yechish.
Ma’lumki, to‘g‘ri burchakli parallelepiped
sirtining yuzi uning
barcha yoqlari yuzlarining yig‘indisiga teng. Berilgan to‘g‘ri burchakli
parallelepiped
yoqlari
ABCD
,
EFGH
,
ADGH
,
BEFC
,
ABEH
,
CFGD
to‘g‘ri
burchakli to‘rtburchaklardan iborat.
Shu bilan birga, qarama-qarshi yotgan yoqlar o‘zaro teng bo‘ladi. Buni to‘g‘ri
burchakli parallelepiped yoyilmasidan ham ko‘rish mumkin (4.b- rasm).
4- rasm
5 sm
B
A
C
D
E
H
F
G
5 sm
2 sm
3 sm
a)
b)
5 sm
5 sm
5 sm
3 sm
3 sm
3 sm
3 sm
2 sm
2 sm
2 sm
2 sm
Haqiqatan ham
ABCD
va
EFGH
yoqlar – tomonlari 3 sm va 5 sm bo‘lgan
to‘g‘ri burchakli to‘rtburchakdan iborat. Bu to‘rtburchakning yuzi 3 · 5 = 15 (sm
2
)
ga teng.
ADGH
va
BEFC
yoqlar – tomonlari 3 sm va 2 sm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli
to‘rtburchakdan iborat. Bu to‘rtburchakning yuzi 3 · 2 = 6 (sm
2
) ga teng.
ABEH
va
CFGD
yoqlar – tomonlari 2 sm va 5 sm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli
to‘rtburchakdan iborat. Bu to‘rtburchakning yuzi 2 · 5 = 10 (sm
2
) ga teng.
Demak, berilgan to‘g‘ri burchakli parallelepiped sirtining yuzi
2 · 15 + 2 · 6 + 2 · 10 = 30 +12 +20 = 62 (sm
2
) ga teng bo‘ladi.
Javob:
62 sm
2
.
Umumiy holda o‘lchamlari
a
,
b
va
c
bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepiped
sirtining yuzi:
S
= 2(
ab
+
bc
+
ac
)
formula bilan ifodalanadi.
Qirrasi
a
bo‘lgan kub sirtining yuzi esa:
S
= 6
a
2
formula bilan ifodalanadi.
1. To‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi narsalarga misol keltiring.
2. To‘g‘ri burchakli parallelepipedning nechta yog‘i, qirrasi va uchi bor?
3. To‘g‘ri burchakli parallelepipedning qirralari qanday shakldan iborat bo‘ladi?
4. To‘g‘ri burchakli parallelepipedning yoqlari qanday shakldan iborat bo‘ladi?
5. Kub deb nimaga aytiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: