Mustaqil ish
1. Muqobil xarajat nima? Bu ibora iqtisodiyot tushunchasi bilan qanday bog’liqlikka ega? Berilgan qaysi qarorlardan biri eng yuqori muqobillikni o’ziga qamrab oladi? Toshkent shahrining qoq o’rtasida joylashgan kvadrat shakldagi yer maydondan avtoturargoh uchun foydalangan ma’qulmi yoki xuddi shu maydondan shahar chetidagi muayyan avtoturargoh uchun foydalangan ma’qulmi? Javobingizni tushuntirib bering.
Muqobil xarajatlar - iqtisodiy tanlovda resurslardan samarali foydalanish bilan bog'liq eng yaxshi alternativ variantdan voz kechish natijasida boy berilgan imkoniyatlarni (olinadigan foydani) aks ettiruvchi xarajatlardir.
Muqobil xarajatlar yordamida noyob resurslardan foydalanish yo'nalishlari bo`yicha eng yaxshi (optimal) taqsimlash masalasi, ya'ni muayyan variantda resurslarni sarflashdan olinadigan foyda va xarajatlarni boshqa variantlar boyicha olinadigan foyda va xarajatlar bilan solishtirish orqali yechiladi (ya'ni muqobil xarajatlarni bir-biri bilan solishtirish orqali).
Toshkent shahrining qoq o’rtasida joylashgan kvadrat shakldagi yer maydondan avtoturargoh uchun foydalangan ma’qul. Chunki shahar markazida aholi zich joylashgan, avtoturargohga ehtiyoj baland, lekin raqobat kuchli. Agar raqobatdoshlarnikiga qaraganda yaxshiroq xizmat ko`rsatish yo`lga qo`yilsa, foyda olish mumkin.
2. Yaqin kun ichida o’zingiz duch kelgan marjinal foyda va marjinal xarajat bilan aloqador bo’lgan uchta misol keltiring.
A) Online bozor orqali savdo qilayotgan shaxs bir mahsulotni 50000 so`mga oldi, yo`l xarajatlari va internet to`lovlari 25000 so`mni tashkil qildi. Tannarx 75000 so`m bo`ldi. Tadbirkor shu mahsulotni 100000 so`mga baholadi. Marjinal foyda = sof foyda – o`zgaruvchan xarajatlar qonuniyatiga ko`ra, MF=100000-75000=25000 so`m.
B) Ovqatlanish shaxobchasida bir dona hot-dog tayyorlash uchun umumiy hisobda 5500 so`m xarajat ketadi, mahsulot 8000 so`mga sotilsa, marjinal foyda= 8000-5500=2500 so`m bo`ladi.
C) Korxona bir haftada 3 ta zargarlik buyumi ishlab chiqarar edi, ammo bu hafta murojaatga binoan 4 ta ishlab chiqarishiga to`g`ri kelib qoldi. Ushbu 4-mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan xarajat marjinal xarajatga misol bo`la oladi.
3. Iqtisodiy resurslar nimalardan iborat? Ularni tasniflashda iqtisodchilar qanday kategoriyadan foydalanadilar? Nima sababdan mahsulot ishlab chiqarish omillari ham resurslar deyiladi? Nima uchun ular xarajatlar deb nomlanadi?
Iqtisodiy resurslar - tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko'rsatish va ishlar bajarish jarayonida foydalaniladigan barcha tabiiy, mehnat hamda inson tomonidan yaratilgan vositalarni o'z ichiga oladi. Iqtisodiy resurslarga yer, kapital, ishchi kuchi, xomashyo va materiallar kabi vositalar kiradi. Ularni olti kategoriyaga ajratish mumkin. Yer - insonga tabiat tomonidan tuhfa etilgan barcha tabiiy resurslarni, ya'ni iqtisodiyot tarmoqlarida foydalaniladigan yer resurslari, yer osti qazilma boyliklari, ormonlar va suv resurslarini oz ichiga oladi. Kapital yoki “investitsion resurslar” ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan barcha asosiy vositalarni, ya'ni fabrika va zavod binolari, turli inshootlar, qurilmalar, mashinalar va asbob-uskunalar, traktorlar, transport vositalari, kompyuter va axborot-kommunikatsiya vositalarini ifodalaydi. Bu vositalarni ishlab chiqarish va jamg arish jarayonini “investitsiyalash” deb ataymiz. Хomashyo va materiallar - ishlab chiqarish jarayonida “asosiy kapital” singari uzoq muddat emas, balki qisqa muddatda, ya'ni bir ishlab chiqarish bosqichida qatnashadi hamda ozining qiymatini yaratilayotgan tovarga toliq kochirib, uning tarkibiy qismiga aylanadi. Ishchi kuchi - tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar korsatishda foydalaniladigan insonlarning barcha aqliy va jismoniy qobiliyatlarini (tadbirkorlik qobiliyati alohida kategoriyaga ajratiladi) aks ettiradi. Ishchilar, injenerlar, quruvchilar, iqtisodchilar, buxgalterlar va boshqa mutaxassislar tomonidan bajaradigan ishlar “ishchi kuchi” yoki “mehnat resursi” tushunchasini o'z ichiga qamrab oladi. Axborot va nomoddiy aktivlar keyingi yillarda resurs sifatida katta ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa axborot va kommunikasiyalar asrida biznes uchun axborotning muhimligi shubhasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |