Harbiy psixologiya kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq- atvorini, boshliqlar va xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning psixologik jihatlarini, psixologik tashviqot va tashviqotga qarshi metodlarini, harbiy texnikani boshqarishning psixologik muammolari- ni va shu kabi boshqa masalalarni tadqiq qiladi.
Sport psixologiyasi sportchilar shaxsi va faoliyatining psixologik xususiyatlarini, ularni psixologik jihatdan tayyorlashning shart- sharoitlari va vositalarini, sportchining jismoniy chiniqqanligi va safarbarlikka tayyorligining psixologik mezonlarini, musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq psixologik omillarni o‘rganadi.
Savdo psixologiyasi asosan tijorat ta’sirining psixologik shart- sharoitlarini, ehtiyojning individual, yoshga oid va boshqa xususiyat- larini, xaridorlarga xizmat ko‘rsatishning psixologik omillarini aniq- laydi, modalar psixologiyasi va boshqa masalalarni tadqiq qiladi.
Keyingi vaqtlarda ilmiy ijodiyot psixologiyasi masalalari (ijodkor shaxsning xususiyatlari, ijodiy faollikni rag‘batlantiruvchi omillar, il- miy kashfiyotlar qilishda ichki sezgi hissining o‘rni va boshqala)ni o‘rganish boshlandi. Ilmiy ijodiyot psixologiyasining o‘ziga xos bo‘li- mini evristika tashkil etadi. Uning vazifasi faqat ijodiy (evristik) faoliyatning qonuniyatlarini tadqiq qilishdan emas, balki evristika jarayonlarini boshqarish metodlarini ishlab chiqishdan ham iboratdir.
Nihoyat, badiiy ijodiyot (adabiyot va san’at sohasida) va estetik idrok (shubhasiz ahamiyatga ega bo‘lgan, lekin hali sust o‘rganilgan soha) psixologiyasi ham mavjud.
Yosh psixologiyasi turli psixologik jarayonlarning ontogenezini va rivojlanayotgan kishi shaxsining psixologik fazilatlarini o‘rganadi. U bolalar psixologiyasiga, o‘smirlar psixologiyasiga, yoshlar psixolo- giyasiga, katta yoshdagilar psixologiyasiga, gerantopsixologiyaga bo‘- linadi. Yosh psixologiyasi psixik jarayonlarning yoshga oid xususiyat- larini, bilimlarni o‘zlashtirishning yoshga bog‘liq imkoniyatlarini, shaxs kamolotining omillari va boshqa masalalarni tadqiq qiladi.
Yosh psixologiyasi o‘rganadigan asosiy masalalardan biri o‘qitish va aqliy jihatdan kamol toptirish hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi muammosi bo‘lib, u psixologlar tomonidan keng muhokama qilinib kelinayotir. Psixologlar aqliy kamolotning ishonchli mezonlarini qidirib topish va o‘qitish jarayonida aqliy rivojlanish samaradorligiga erishish imkonini beradigan shart-sharoitlarni aniqlashga harakat qilishmoqda.
Anomal (noto‘g‘ri) taraqqiyot psixologiyasi yoki «maxsus psixo- logiya» rivojlanish jarayonida psixikaning aynishi, miyadagi kasallik- ning turli xilda kechishi jarayonida psixikaning tamomila izdan chiqishi kabi hollarni o‘rganadigan patopsixologiyaga, psixik rivojla- nishning miyadagi tug‘ma asoratlar bilan bog‘liq patologiyasi to‘g‘ri- sidagi fan bo‘lgan oligofrenopsixologiyaga, quloq eshitishning butun- lay kar bo‘lib qolishga qadar jiddiy kamchiliklari bo‘lgan bolani voyaga yetkazish psixologiyasi bo‘lmish surdopsixlogiyaga, yaxshi ko‘rmaydiganlar va ko‘rlar rivojlanishi psixologiyasi tiflopsixolo- giyaga bo‘linadi.
Qiyosiy psixologiya psixik hayotning filogenitik shakllarini tadqiq qiladigan sohadir. Qiyosiy psixologiyada hayvonlar va odam psixikasi qiyoslanadi, ularning o‘ziga xosliklari, fe’l-atvoridagi mavjud o‘x- shashlik va farqlarning sabablari aniqlanadi.
Zoopsixologiya qiyosiy psixologiyaning bo‘limi bo‘lib, u turli xil tizimli guruhlar (turlar, turkumlar va oilalar)ga mansub hayvonlar psixikasini, xatti-harakatining eng muhim shakllari va mexanizmlarini o‘rganadi.
Agar psixologiyaning shaxobchalari shaxs bilan jamiyat o‘rta- sidagi munosabatlarning psixologik jihatlari nuqtai nazaridan tasnif qilinsa, u holda ijtimoiy psixologiya fanining «ijtimoiy psixologiya» tushunchasi zamirida birlashadigan yana bir qator sohalari ajralib chiqadi.
Ijtimoiy psixologiya odamlarning turli xildagi uyushgan va uyush- magan ijtimoiy guruhlardagi o‘zaro birgalikdagi harakati jarayonida vujudga keladigan psixik hodisalarni o‘rganadi. Hozirgi vaqtda ijti- moiy psixologiya tuzilishiga quyidagi uchta sohaga oid muammolar kiradi:
- katta guruhlar (makromuhit)dagi ijtimoiy-psixologik hodisalar. Ularga ommaviy kommunikatsiya (radio, televideniye, matbuot va boshqalar) muammolari, ommaviy kommunikatsiya vositalarining odamlarning turli xildagi jamoalarga ta’sir qilish mexanizmlari va samaradorligi, modalarning, mish-mishlarning, umumiy qabul qilin- gan did, rasm-rusumlar, soxta fikrlar, ijtimoiy kayfiyatlarning tarqa- lish qonuniyatlari, sinflar va millatlar psixologiyasi muammolari, din psixologiyasi kiradi.
Kichik guruhlar (mikromuhit)dagi ijtimoiy-psixologik hodisalarga tor doira guruhlaridagi psixologik sig‘ishuvchanlik, shaxslararo muno- sabat, vaziyat, guruhdagi vaziyat, lider va yetakchilar mavqei, guruh turlari (assotsiatsiya, korporatsiya, jamoalar)ning muammolari, rasmiy va norasmiy guruhlarning nisbati, kichik guruhlarning mikdoriy chegaralanganligi, guruhlar jipsligining darajasi va sabablari, guruhda- gi kishilarning bir-birini tushuna bilishi, undagi qadriyatlar va shu kabi ko‘pgina masalalar kiradi.
Psixologiya fani bir qancha fanlar bilan yaqin aloqada, jumladan falsafa, pedagogika, tabiatshunoslik, shuningdek barcha tabiiy-ijti- moiy fanlar bilan ham bog‘liq psixologiya, bir tomondan, falsafa, ikkinchi tomondan, tabiiy fanlar, uchinchi tomondan esa ijtimoiy fanlar o‘rtasida joylashgan oraliq mavqega ega bo‘lgan fandir.
Xulosa qilib aytganda, psixologiya o‘zining barcha sohalarida o‘z tadqiqot predmetini, nazariy prinsiplarini, saqlab kelayotir. Hozirgi davrda psixologiya sohalarining kengayishi psixologik bilimlardan ijtimoiy turmushda, ishlab chiqarishda, tibbiyotda, ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish fanimiz mavqei va nufuzini yanada oshirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |