8
mavjud bo`lgan millat, elatlarga tegishli jonli tillarning, ba’zi bir o`lik tillarning ham kelib chiqish tarixi o`rganilgan, o`rganilmoqda. Bu u
qadar qiyin masala emas. Chunki ba’zi bir muayyan tillar va shi tillarga qardosh bo`lgan tillar turli davrlarda , har xil shart – sharoitlarda,
bilvosita va bevosita sabablarga ko`ra paydo bo`lgan.
“Til~nutq~nutq sharoiti” aspektida olib borilgan uzoq yillik tadqiqotlar samarasiga tayangan holda komil ishonch bilan ayta
olamizki, tilning paydo bo`lishi ong va jamiyatning paydo bo`lishi bilan, qolaversa, yer yuzida inson zotining paydo bo`lishi bilan uzviy
bog`liqdir. Ilmiy gepoteza(taxmin)lar odamning paydo bo`lish evolyutsiyasi va jamiyatning shakllanishini uch bosqichga bo`lib ko`rsatadi:
1.
Yuqori darajada taraqqiy etgan avstralopiteklar davri. Bu bosqichda ilk ibtidoiy odamlar ikki oyoqlab yurishga o`tib, tayoq,
tosh,suyak parchalaridan qurol sifatida foydalanganlar. Bu bizdan ikki – uch million yil oldingi davrga to`g`ri keladi.
2.
Paleantroplar bosqichi. Bu davrda paleantroplar, ya’ni eng qadimgi odamlar sun’iy qurollar, turar joy tayyorlaganlar, yirik
hayvonlarni jamoa bo`lib ov qilish bilan shugullanganlar. Bu bizdan taxminan bir million yillar oldingi davrga to`g`ri keladi.
3.
Hozirgi zamon kishilari bosqichi. Ilmiy taxminlar bu davr 40-50 ming yillar oldin paydo bo`la boshlaganligini ko`rsatadi.
Chamasi, bir million yillar avvalgi eng qadimgi odamlar uzoq va murakkab jarayon davomida insonga xos biologik hamda sotsial
xususiyatlarga ega bo`la boshlaydilar. Aniq nutq ularga hayvonot dunyosidan ajralish, jamiyat bo`lib uyushish, uyushgan holatda mehnat
qilish hamda tafakkurning rivojlanishiga turtki bo`ladi.
Tilning paydo bo`lishi uchun faqat biologik zaminlargina emas, jamiyatning paydo bo`lishi ham nihoyatda zarur edi. Antropologiya
(odam hamda irqning kelib chiqishini o`rganuvchi fan), arxeologiya (tarixiy dalillar va madaniy yodgorliklar asosida odamning o`tmish
tarixini o`rganuvchi fan) fanlarning uzoq davrlardan beri olib borayotgan tekshirishlari, ilmiy izlanishlari natijasida kishilik tarixi ikki
davrdan iborat degan fikrga kelingan. Bular – tarixgacha bo`lgan davr va tarixiy davr. Tarixgacha kishilarning ibtidoiy jamoa bo`lib
yashashi ya’ni kishilik jamiyatining shakllanish, tiklanish, uyushish davridir.
Ibtidoiy kishilar jamoasi sotsial - biologik organizm bo`lgan. Ularda instinktiv mehnat qobiliyati rivojlangan bo`lib, asosan,
tabiatdagi tayyor narsalardan foydalanganlar. Instinktiv mehnat ong va tilning paydo bo`lishi uchun shart – sharoit yaratgan. Olimlarning
faraz qilishicha, mehnat, ibtidoiy mehnat qurollarini yasash inson tana a’zolarini asta – sekin, juda uzoq muddatli tabiiy jarayonda
takomillashtirib, til va tafakkurning rivoj topishida beqiyos rol o`ynagan. Albatta, dastlab paydo bo`lgan til va nutqni bizning tilimizga yoki
nutqimizga aslo tenglashtirib bo`lmaydi. Ehtimol, dastlabki tilda har biri alohida narsani, harakatni yoki holatni bildiradigan so`zlar
bo`lmagandir; o`sha davrdagi tilga xos so`zlar butun boshli voqea - hodisani ifodalagandir. O`sha davrda insonning tovush chiqaradigan
a’zolari hozirgidek takomillashmagani uchun nutqda dastlab paydo bo`lgan so`zlarning talaffuzi aniq bo`lmagan. Demak, mehnat qilish,
mehnat qurollarini yasash jarayonida odamlar jamoasi borgan sari uyushib boradi, natijada kishilik jamiyatining ilk ko`rinishlari vujudga
keladi. Hayvonot dunyosidan ajralib chiqqan odamlarda jamoa bo`lib mehnat qilish jarayonida bir – birlariga nimadir deyish ehtiyoji
tug`iladi. Ana shu zaruriy ehtiyoj tilning yaralishiga sabab bo`ladi. Til bilan bir paytda tafakkur ham paydo bo`ladi. Demak, uch omil -
“mehnat~til~tafakkur” bir – biriga ta’sir etib, ularning rivoj topishiga sabab bo`lgan. Ijtimoiy mehnat natijasida nihoyatda katta (kuchli)
zaruriy ehtiyoj talabi bilan til nutq a’zosi sifatida va miyaning asta – sekin takomillasha borishi biologik jihatdan xarakterlansa, til va
tafakkurning paydo bo`lishi, tasavvurning, fikrning nutqda voqelana olishi ijtimoiylik, ya’ni kishilik jamiyati bilan uzviy bog`liqdir.
Inson tovush tili tufayli hayvonot dunyosidan ajralib chiqdi. Tovush tili esa tafakkursiz mavjud bo`la olmaydi. Ma’lumki,
tafakkurda bor narsa tilda aks etadi, tilda bori esa nutqda voqelanadi. Ayni paytda miyada paydo bo`ladigan har qanday oddiy tushuncha
ham til orqali nutqqa ko`chmas ekan, ya’ni nutq tovushlari, so`zlar orqali ifodalanmas ekan, bunday tushuncha o`zicha hech kimga, hatto
fikr qiluvchining o`ziga ham ma’lum bo`lmaydi. Qisqasi, tilsiz tafakkur, tafakkursiz til mavjud emas.
Ko`rinadiki, tilning paydo bo`lishi, bir tomondan, kishilik tanasining evolyutsiyasi bilan, ikkinchi tomondan, ibtidoiy jamoaning
jamiyatga aylanishi bilan bog`liq bo`lgan. Hozirgacha tilning paydo bo`lishi haqida turli nazariyalar yaratilgan Har bir nazariyada bu
masalaga turlicha yondashiladi. Quyida ularning ba’zilari bilan tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: