B mengliyev, G. Tojiyeva


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriq



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/182
Sana02.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#630109
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   182
Bog'liq
tilshunoslikka kirish b.mengliyev, g.tojiyeva

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriq: 
1.
“Tilsiz jamiyat mavjud bo‘lmaydi”, degan fikrni qanday izohlaysiz? 
2.
Differensiya va integratsiya hodisalari nima sababdan ro‘y beradi? 
3.
Hozirgi o‘zbek tiliga qaysi til(lar)ning tashqi ta’siri seziladi va nima uchun?
4.
Tillarning rivojlanish qonuniyatlari haqida qanday xulosaga keldingiz? 
 
Asosiy adabiyot: 
1. Азизов О. Тилшуносликка кириш. Т., “ Ўқитувчи”, 1996. 
2. Баскаков Н., Содиқов А., Абдуазизов А. Умумий тилшунослик. Т. “Ўқитувчи”, 1979. 
3. Содиқов А., Абдуазизов А., Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. Т., “Ўқитувчи”, 1981. 
Yordamchi adabiyot: 
1.Aмирова T., Oльховиков Б., Рождественский Ю. Oчерки по истории лингвистики. M., 1975. 
2.Абдураҳмонов Ғ., Рустамов A. Қадимги туркий тил. T., 1982. 
3.Будагов Р. Проблемы развития языка. M. – Л., 1965. 
4.Головин Б. Введение в языкознание. M., 1977. 
Mavzu: Til taraqqiyoti. Til taraqqiyotining ichki qonuniyatlari 
 
Reja: 
1.
Rivojlanish tushunchasi. Tilning rivojlanishi. 
2.
Til tizimi sathlarining notekis rivojlanishida ichki qonuniyatlar. 
3.
Shevalar- til lug‘at boyligini oshiruvchi ichki manba. 
 
Mavzu bo`yicha tayanch tushuncha: 
Rivojlanish, tilning rivojlanishi, rivojlanish qonuniyatlari, lisoniy taraqqiyotning, ichki va tashqi omillari, ichki lingvistika, ichki leksik 
o‘zgarishlar, fonetik taraqqiyot, grammatikaning rivojlanishi, milliy grammatikamiz masalalari, shevalar va ularning til tizimida tutgan 
o‘rni. 
Rivojlanish - obyektiv, dialektik jarayon bo‘lib, bir sifatdan boshqa sifatga o‘tish natijasida yuz beradigan o‘zgarishlar tufayli ro‘y 
beradi. Dunyodagi har bir predmet, hodisa doimiy harakatdadir. Xuddi shuningdek, til ham hamisha o‘zgarishda. Bu esa til bevosita 
bog‘liq bo‘lgan jamiyat hayoti, uning doimiy harakati, rivojlanishi bilan bog‘liq. Jamiyat bu harakatdan to`xtasa yoki bu aloqa uzilsa, o‘sha 
zahoti til ham rivojlanishdan to`xtaydi, yo`qoladi. Xuddi shu fikrni V.A. Zveginsev ham ishonch bilan ta’kidlaydi: “Jamiyatsiz til rivojlanish 
xususiyatini yo‘qotadi va u sun’iylashadi. Masalan, lotin tili katolik dinining tiliga aylandi, o‘rta asrlarda esa ilm-fanning xalqaro tili 
vazifasini bajardi. Xuddi shuningdek, O‘rta Sharq mamlakatlarida mumtoz arab tili ham analogik rol o‘ynadi” (Звегинцев В.А. Очерки по 
общему языкознанию. M., 1962, стр.: 178- 179). 
Ilm-fan, texnika va madaniyat mudom o‘zgarib, yangilanib, rivojlanib boradi. Til taraqqiyotida ichki va tashqi omillar mavjud. Til 
taraqqiyotining ichki omillari til tizimidagi sathlarning o‘ziga xos rivojlanishiga asoslansa, tashqi faktorlar til va jamiyat, tillararo 
munosabat va ta’sir, nutq jarayoni, o‘zlashma, qatlam singari lisoniy, aniqrog‘i ekstralingvistik hodisalarda aks etadi. Shunga ko‘ra, 
tilshunoslik 2 ga: ichki tilshunoslik hamda tashqi tilshunoslikka bo‘linadi. Ichki tilshunoslik tilning ichki qurilishini, sistemasini o‘rgansa, 
tashqi tilshunoslik tilning ijtimoiy ahamiyati va vazifasini, ya’ni jamiyatda yashovchi inson, so‘zlovchining tildan qay tarzda foydalanishi-
yu, tilning jamiyatga ta’siri, shuningdek, bir xil hamda turli til oilasiga mansub tillarning o‘zaro munosabati, tilga tashqi ta’sir natijasida 
ro‘y beradigan o‘zgarishlar kabilarni tadqiq qiladi. 
Ichki lisoniy qonuniyatlar til tizimi sathlarida o‘z aksini topadi. Lisoniy qonuniyatlar o‘ziga xos ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Shu 
jihatdan qaraganda til taraqqiyotida umumiy va xususiy qonuniyatlarni kuzatish mumkin. Umumiy qonuniyatlar – barcha tillarga xos
bo‘lgan lisoniy hodisalarni, jarayonlarni anglatadi. Masalan, tilning kommunikativlik va ekspressivlik funksiyalari, til sathlarining notekis 
rivojlanishi, ya’ni leksik qatlamning boshqa lisoniy qatlamlarga nisbatan tez o‘zgaruvchanligi, doimiy harakati va hokazolar.
Xususiy lisoniy omillar esa har bir konkret tilning o‘ziga xos qoidalarini o‘z ichiga oladi, chunonchi, har bir til (hattoki bir tillar 
oilasiga mansub tillarda ham) o‘ziga xos fonetik tizimga, leksik sathga, grammatik qurilishga, stilistik uslublarga ega. Demak, bu ikki tur 
qonun yoki faktorlar bir- birini taqozo qiladi; umumiylik xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. 
Endi lisoniy sathlarning ichki rivojlanish xususiyatlari tahliliga o‘tsak. Lingvistik taraqqiyot hodisasi, asosan, uch aspektda 
o‘rganiladi: leksik, fonetik, grammatik. 
Mu’lumki, til sathlari (leksika, fonetika, morfologiya, sintiksis) notekis rivojlanadi. Tilning eng tez rivojlanuvchan, harakatchan 
qismi – lug‘at tarkibi hisoblanadi. Leksema doimiy o‘zgaruvchan, yangilanuvchan qatlamdir. Insonlarning moddiy va ma’naviy hayoti, 


16 
shubhasiz, leksikada o‘z aksini topadi. Buni kunda sodir bo‘lib turuvchi neologizm va arxaizmlar hodisasidayoq kuzatish mumkin. Fan-
texnika, ilm-fan va dunyoqarash o‘sib borgan sari tilimizda yangi so‘zlar paydo bo‘laveradi: kosmonavt, yadro, klip, estrada, kompyuter, 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish