B mengliyev, G. Tojiyeva



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/301
Sana23.01.2022
Hajmi2,83 Mb.
#406177
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   301
Bog'liq
tilshunoslikka kirish b.mengliyev, g.tojiyeva

varianti hisoblanadi. Kunbotar so‘zidagi “u” bilan qurbaqa so‘zidagi “u” tovushlari qattiq – yumshoqligi bilan farq qiladi. Bu belgilar “u ” 
fonemasi zotiy mohiyatida mavjud bo‘lmay, balki talaffuz jarayonida “q” va “k” tovushlari ta’sirida yuzaga kelgan hodisadir.  Boshqacha 
aytganda, kunbotar so‘zidagi “u” tovushiga xos bo‘lgan yumshoqlik, qurbaqa so‘zidagi “u”ga xos bo‘lgan qattiqlik boshqa bir fonemaning, 
zarraning “u” fonemasiga yopishgan taxallusidir. Bir fonema ham jarangli, ham jarangsiz bo‘la olmaganidek, “u” fonemasi ham yumshoq, 
ham qattiq yoki “a” fonemasi ham til oldi, ham til orqa tovush sifatida voqelana olmaydi.  Demak, fonemaning zotiy mohiyati doirasidan 
chiqqan tovush uning varianti sanalmaydi. Deylik ruscha город so‘zi nutqda горот tarzida talaffuz etiladi. “p” tovush jarangsizlanadi, “p” 
tovushi “b” tovushining varianti sanalmaydi. Bu ikki so‘zda “b” alohida va “p” alohida lisoniy mohiyat kasb etadi. 
          Fonema variantlari ma’no farqlash qobiliyatiga ega emas. Fonemaning o‘zi funksional ma’no farqlash xossasiga ega, ya’ni 
bir fonemaning nutqiy varianti o‘rnini ikkinchi bir fonemaning nutqiy varianti egallasa, so‘z ma’nosi o‘zgaradi:  besh – bet, ot – o‘t, tog‘ – 
tosh kabi.  
         Ba’zi tillarda undosh fonemalar, ba’zi tillarda esa unli fonemalar ko‘p bo‘ladi. Masalan, o‘zbek tilida 25 undosh va 6 unli 
fonema, nemis tilida 18 undosh va 15 unli fonema, abxaz xalqining tilida esa 68 undosh va 3 unli fonema bor. Demak, fonema va tovush 
bir-biridan ajralgan holda mavjud bo‘lolmaydi va ular aynan bir narsa ham emas. Fonema umumiylik, mohiyat, sabab belgilariga ega 
bo‘lsa,  tovush  yakkalik,  hodisa,  voqelik,  oqibat  kabi  belgilariga  egadir.  Fonemaning  ongdagi  shartli  ifodasi  grafemadir.  Harf  esa 
tovushning ifodasi. Qog‘ozga tushurgan harflarimizda grafemalarning xossalari namoyon bo‘ladi. Demak, fonema bilan grafema, tovush 
bilan  harf  o‘zaro  munosabatga  kirishadi.  Har  qanday  tovush  fonema  varianti,  har  qanday  harf  grafema  varianti  sanaladi.  Fonema 
haqidagi nazariya, asosan, rus tilshunos olimlari tomonidan ishlangan .  
          1.Boduen  de  Kurtenening  psixologik  fonema  nazariyasi  mavjud.U  bu  nazariyasida  ilk  bor  fonemaning  umumiy 
tushuncha ekanligi, tovushning fonemani tallafuz qilishdagi aniq tassavur ekanligi qayd etilgan . 
         2.Boduen  de  Kurtenening  shogirdi  mashhur  tilshunos  L.B.Shcherbaning  fizik  fonema  nazariyasi  ham  bor  .Olim  nutq 
jarayonida aniq talaffuz qilinuvchi yakka tovushlarni fanemalarning ottenkalari deb atagan .  
         3.N.S.Trubeskoyning  fonologik  nazariyasi.  N.S.Trubeskoy  ilk  bor  fonologik  oppozitsiya  (ziddiyat)larni  o‘rgangan. 
Borliqdagi barcha narsalar bir – biriga qarama-qarshi qo‘yilib farqlanganidek, tildagi tovushlar ham oppozitsiyalar yordamida farqlanadi. 
Olimning ziddiyatlarning tiplari borasidagi fikrlari xususida biz yoqorida to‘xtalgan edik.  
        N.  S  Trubeskoy  fonema  va  uning  variantlari  xususida  ham  qimmatli  fikrlar  aytgan.  Fonema,  fonologik  oppozitsiyalarni 
o‘rganishda N.S.Trubeskoy, A.A. Reformatskiylarning nazariyalari alohida ahamiyat kasb etadi. 
  

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish