B mengliyev, G. Tojiyeva



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/301
Sana23.01.2022
Hajmi2,83 Mb.
#406177
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   301
Bog'liq
tilshunoslikka kirish b.mengliyev, g.tojiyeva

 
Reja: 
1.
 
Turkiy tillarni o`rganish tarixidan. 
2.
 
Turkiy tillar oilasi, uning  genealogik guruhlari haqida. 
3.
 
Turkiy tillarning lisoniy xususiyatlari. 
 
 
Mavzu bo`yicha tayanch tushuncha: 
Turkiy  tillarning  o`rganilish  tarixidan,  ilmiy  turkiyshunoslik  asoschilari,  turkiy  tillarning  geneologik  tasnifi,  turkiy  tillar  oilasi, 
agglyutinativ tillar, turkiy tillarning fonetik strukturasi. 
 
Turkiy tillarni o`rganish uzoq davrlarga borib taqaladi. Turkiyshunoslikni XI asrda Mahmud Qoshg`ariy boshlab berdi. O`zining 
“Devonu  lug`atit  turk”  asarida  olim  (Qomus  Istambulda  Ahmad  Rif’at  tomonidan  1915-1917-yillar    (III  tomlik)  da  nashr  qilingan, 
shuningdek, Sim Atalay (Divanu Lug`at-it-Turk terkumesi) va C.Bchoskelmann (Mittelturkisscher Wortschatz nach Mahmud al-Kasgaris 
Divan Lug`at-at-Turk) tomonidan tarjima qilingan) asosan uyg`ur, xakas, qipchoq va o`g`uz tillari materiallari asosida qiyosiy-tipologik 
tadqiqotlarni  yuzaga  chiqargan.  Asarda  qirg`iz,  qipchoq,  uyg`ur,  tuxsi,yag`mo,  chigil,  igrak, charuk,  yemak, boshqird  tillari  va  xalqlari 
qarindosh deyiladi. Bulg`or va suvar tillarini birmuncha farq qiluvchi, o`g`uz tillarini esa eng oddiy, deb hisoblaydi. Chumul, kay, yabaku, 
tatar, basmil xalqlari boshqa tilda gaplashishgan. Eng to`g`ri, ya’ni abadiy tilga eng yaqin til – tuxsi va yag`mo tillari bo`lgan. 
  Mahmud Qoshg`ariy lug`atida so`zlar ulardagi tovushlar sonining o`sib borishiga ko`ra joylashtirilgan.Ismlar va fe’llar farqlanib, 
turkiy tillarning fonetik – morfologik tasnifi hamda jo`g`rofiy yoyilganligiga ko`ra xarakteristikasi berilgan. Tillar tabiatini hamda ularning u 
yoki bu tasnif guruhiga  mansubligini ifodalovchi belgilar sifatida M.Qoshg`ariy quyidagilarni ko`rsatadi:  
a) соответствие (y~j) so`z boshida y-j mosligi; 
b) so`z boshida m~b;  
v) so`z oxirida y – n;  
g) so`z boshida t~d; 
d) so`z o`rtasida y~z. 
  Az-Zamaxshariyning (1143-yilda  vafot  etgan)  “Muqaddimat  al-adab”    nomli  filologik asari  arab-fors-turk-mo`g`ul  tillari  lug`ati 
sanaladi. V.V.Bartoldning aniqlashicha, bu lug`atning turkiy qismi eramizning XII-XIII asrlari adabiy turkiy tilini aks ettiradi. Al-Andalusiy 
(arab tilshunosi) yaratgan  lug`at va grammatikada qipchoq (kuman yoki poloves) tilining o`g`uz (turkman) tili bilan qiyosan  elementlari 
mavjud.  Jamoliddin  ibn  Muxannaning  “Xil’at  ul-lison  va  halibot  ul  bayon”  asari  o`g`uz  tillaridan  birining  lug`at  va  grammatikasini, 
shuningdek,  fonetik  xarakteristikasining  bayon  etilganligi  bilan  ajralib  turadi.      b  va  m,  t  va  d  undoshlarining  boshda  f  va  n,  k  va  x 
undoshlarining  boshqa  pozitsiyalarda  kelish  xususiyatlari  ochib  beriladi.  Jamoliddin  at-Turkiyning  “Bulg`at  al-mushtak”  lug`ati  arab-
qipchoq tillarini qiyoslash asosida tuzilgan. 
  Misrda  arab  filologlari  tomonidan  yaratilgan  asarlar:  XV  asr  grammatik  tadqiqoti  “Qavanin  al-Kulmiya  li-dabt  al-lug`at  at-
Turkiya” (1928-yilda Istambulda Kilisli Rif’at tomonidan nashr etilgan) hamda XV asrning filologik asari “Kitob at-tuhfatuz zakiya” (1945-
yilda Istambulda Basim Atalay tomonidan nashr qilingan)dir. Turkiyshunoslikning yana bir tarmog`i XVIII va XIX asrning 1-yarmidagi rus 
va g`arb tadqiqotchilarining izlanishlari samarasini o`z ichiga oladi. XVIII asrdan turkiy tillarni qiyosiy o`rganish sohasida F.I.Tabbert – 
Stralanberg  (shved  ofitseri)  muhim  o`ringa  ega.  U  ural-oltoy  nazariyasi-ural  (fin-ugor  va  samold)  va  oltoy  (turk,  mo`g`ul  va  tungus-
manchsjur)  tillarining  qarindoshligini  aniqlagan.  Bu  nazariyaning  tarafdorlari  sifatida  V.  Shott,  M.A.Kastren,  O.Donner,  G.Vinkler, 
I.Gryunsel, G.Ramatedt, A.Sovaneo va boshqalar ma’lumdirlar. 
  Ilmiy  turkiyshunoslikning  asoschilari  -  O.Byotlingk  va  V.V.Radlov  hisoblanadi.  Turkologiyadagi
1
  qiyosiy  -  tarixiy  tadqiqot 
O.Bytlingkka tegishli bo`lib, unda yoqut tili va uning boshqa turkiy tillardagi  grammatik qurilish va leksika bilan solishtirilgan tarzda bayon 
qilingan. L.Budagov
2
 va H.Vamberi ham turkiy tillar leksikasi bo`yicha muhim izlanishlar natijalarini yozib qoldirishgan. V.V.Radlov turkiy 
tillarini qiyosan o`rganish bo`yicha eng mukammal va asosli ishlar yaratganki, undan keyingi tadqiqotlar V.V.Radlov ishlarining davomi va 
to`ldirilgan ko`rinishlari bo`lib yuzaga chiqdi. Olimning  “Образцы народной литературы тюркских племён” (т. I-X, СПБ, 1868-1904), 
“Опыт словаря тюркских наречий”. (СПБ, 1888-1905) kabi asarlari turkiy tilshunoslikda eng qimmatli ilmiy asarlardir. 
  N.F.Katanova “Опыт исследования урянхайского языка с указанием главнейших родственных отношений его к другим 
языком тюркского корня” (Казань, 1903)  nomli tadqiqoti ham fanda ulkan shuhrat qozondi. Xullas, turkiy tillarini o`rganish bo`yicha 
qisqacha sharx shulardan iborat bo`lib, turkiy tillar, turkiy xalqlar  va ularning madaniyati kabilar olimlarni qiziqtirib kelganligini dalillaydi.  
Turkiy tillar – oltoy oilasiga kiruvchi hamda genetik va tipologik belgilari bilan umumlashadigan qarindosh tillar hisoblanadi. Turkiy 
tillarni  genealogik  jihatdan  tasniflash  bo`yicha  I.N.Berdin,  N.I.Ilminskiy,  V.V.Radlov,  N.A.Aristov,  N.F.  Katanov,  F.Ye.Korsh, 
A.N.Samaylovich  kabi olimlar  izlanishlar  olib  borishgan.  Shulardan  A.N.Samaylovichning  tasnifi  keng  tarqalgan  bo`lib,  turkiy  tillarning 
barchasi 6 asosiy guruhga ajratiladi: 
1. R-guruh, bulg`or yoki chuvash: 
                                                 
1
 Bo`htlingk O.Ueber die sprache der Jakuten. SPB., 1851 
2
 Будагов Л. Сравнительный словарь турецко – татарских наречий. 1-П.СПБ., 1868-1871. 


 
27 
 1) taxar; 2) ura; 3) pul; 4) tao`//tu; 5) sari; 6) qalan//yo`lna; bu guruhga zamonaviy chuvash  va qadimgi bulg`or tillari kiradi. 
2. D-guruh, uyg`urcha yoki shimoliy-sharqiy:  
1) toquz; 2) adaq//azaq; 3) pol; 4) tag`; 5) sarig`; 6)qalg`an; bu guruhga 3 kichik guruhlar kiradi: 
 a) b-guruhi: O`rxun–Enasoy  yodgorliklari qadimgi tili, qadimgi uyg`ur va zamonaviy  karagas, salar va tuva tillari; 
b) z-guruh: sariq uyg`urlar, ilor va xakaslar tili;  
v) t-guruh: yoqut tili. 
3. Tao` - guruh, qipchoq yoki shimoli - g`arbiy:  
1) tog`uz; 2) ayaq; 3) bol//bul; 4) tao`; 5) sari; 6) qalg`an. Bunga:   
a) mo`g`ullargacha: oltoy tili, qirg`iz, qumiq, qorachoy-bolqor, qaraim, tatar, boshqird; 
 b) mo`g`ullardan so`ng: qozoqcha va no`g`aycha kiradi. 
4. Tag`liq – guruh, chig`atoy yoki janubiy – sharqiy: 
 1) toquz; 2) ayaq; 3) bol; 4) tag`; 5) sariq; 6) qalg`an. Bunga qadim chig`atoy, Xitoy Turkistoni aholisi tili, o`zbek tili va qora 
tatarlar tili kiradi. 
5. Tag`li – guruh, qipchoq – turkman:  
1) doquz; 2) ayaq; 3) bol; 4)tag`; 5) sari; 6) qalg`an. Bularga xorazm o`zbeklarining shevasi ham kiradi. 
6.Ol- guruh, turkmancha  yoki janubiy – g`arbiy:  
1) doquz; 2) ayaq; 3) ol; 4) dag`; 5) sari; 6) qalan. Turkman, ozarbayjon va turk tili, gagauzlar tili ham kiradi. 
 Turkiy tillar oilasiga 30 ga yaqin til kiradi. Bu tillarda so`zlashuvchi xalqlar Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliyada istiqomat 
qiladilar. Bu tillarda so`zlashuvchilarning aksariyati Osiyo qit’asida yashaydi. 
      Turkiy tillar oilasiga quyidagi tillar kiradi: turk, ozarbayjon,  turkman, gagauz, qrim-tatar, qorag`ay, balqor, qo`miq, no`g`oy, 
tatar, bashqird, oltoy, shor, xakas, tuva, yoqut, qirg`iz, o`zbek, qaraqalpoq, chuvash, uyg`ur, qozoq. 
Turkiy tillar quyidagilardan iborat: 
1.
 
Bulg`or tillari guruhi: hozirgi chuvash tili va qadimgi bulg`or va xazar tillari. 
2.
 
O`g`uz tillari guruhi: 
 a) turkman tili – Turkmaniston; 
 b) turkman tili – Shimoliy Kavkaz va Stavropol o`lkasida yashovchi turkmanlarning tili;  
v) o`g`uz – bulg`or tillariga gagauz va balqon turklari tillari kiradi;  
g) ozarbayjon va turk tillari. 
3.
 
Qipchoq tillari guruhi: 
 a) qaray tili. Bu tilda Litva, Ukrainaning  janubida va Qrimda istiqomat qiluvchi qaray elati so`zlashadi;  
b) qo`miq tilida Dog`iston Avtonom  respublikasida istiqomat qiluvchi qo`miqlar so`zlashadi;  
v) qorag`oy – balqar tilida Kavkazda yashovchi qorag`oy va balqor elatlari so`zlashadi;  
g) qrim - tatar tilida qrim, belarus, litva tatarlari so`zlashadilar; 
 d) tatar tili, boshqird tili; 
 j) no`g`oy tili;  
z) qoraqalpoq tili; 
 i) qozoq tili. 
4.
 
O`zbek  va  uyg`ur  tillari  guruhi.  O`zbek  tili  o`zbek  xalqining  milliy  adabiy  tili  bo`lib,  bir-biridan  fonetik,  morfologik  va  leksik 
xususiyatlari bilan farqlanib turadigan shevalardan tashkil topgan. Uyg`ur tili O`rta Osiyo, Qozog`iston  va Xitoy Xalq respublikasining 
Sinsyan – Uyg`ur respublikasida yashovchi uyg`ur xalqining tilidir. 
5.
 
O`g`iz tillari guruhi:  
a) Tuva tili. Tuva va Mongoliya Xalq respublikasi territoriyasida yashovchi tuva xalqining  tilidir;  
b) tofalar (yoki karagas) tili Krasnoyarsk  o`lkasida yashovchi elat tili. 
6.
 
Yoqut tili. Yoqutistonda yashovchi yoqutlarning tilidir. 
7.
 
Xakas tillari guruhi: xakas tili, shor tili, cho`lim tili (cho`lim tatarlari tili),  
oltoy tilining shimoliy shevalari. 
Turkiy tillar – agglyutinativ tillar guruhiga kiradi. Turkiy tillardagi affikslar bir ma’nolidir – so`z tarkibida ishtirok etayotgan har bir 
qo`shimcha  faqat  bir  ma’noni  anglatgan  holda  birin  –  ketin  yopishib  ketaveradi.  Masalan,  o`zbek  tilida  o`qituvchilarga  so`zida  o`qi  - 
o`zak,  t-orttirma  nisbat  qoshimchasi,  uv-harakat  nomi  qo`shimchasi,  chi-shaxs  oti  yasovchi  affiks,  lar-ko`plik,  ga-jo`nalish  ma’nosoni 
ifodalaydi;  vengr  tilida  haz-uy,  hazfa-uyda,  hazak-uylar,  hazakba-uylarda.  Ko`rinadiki,  turkiy  tillardagi  qo`shimchalar  o`zakka  mexanik 
ravishda qo`shilaveradi, lekin o`zak bilan birikib, singib ketmaydi, o`zakdan ajralib turadi. Shuningdek, turkiy tillarda prefiks yo`q (fors-
tojik  tillaridan  kirib  kelgan  ayrim  old  qo`shimchalardan  tashqari),  ya’ni  qo`shimchalarining  ketma-  ket  qo`shilishi    natijasida  so`zning 
kengayishi  faqat  bir  tomonga,  ya’ni  o`ng  tomonga  yo`nalgan  bo`ladi:  maktablarga.  Turkiy    tillardagi  ko`makchilar  otdan  yoki  ot 
vazifasidagi  so`zdan  keyin  kelib,  uni  boshqa  so`zga  –  boshqaruvchiga  bog`laydi  va  ular  orasidagi  sintaktik  munosabatni  ifodalaydi. 
Masalan, Baxtim uchun kurashaman. Ukam bilan bordim.  
      Turkiy  tillarda  grammatik  rod  (jins)  kategoriyasi  yo`q.  Shunga  ko`ra,  gapda  so`zlarning  o`zaro  sintaktik  aloqaga  kirishuvi 
o`zgacha: turkiy tillarda, jumladan, o`zbek tilida, sifat, son, olmosh, sifatdoshlar ot bilan bitishuv munosabatiga kirishadi. Hind – Yevropa 
tillarida  kesimning  morfologik  belgilari  faqat  fe’lga  qo`shilsa,  turkiy  tillarda  kesim  vazifasida  kelgan  har  bir  so`z  turkumiga  qo`shilishi 
mumkin. Qiyoslang: Это здание - институт; Bu bino institutdir. Men – onaman. Ko`ylagimni tiktirdim. 
  Turkiy tillarning qiyosiy – tipologik xususiyatlari N.A.Baskakovning “Введение в изучение тюрских языков” (М., 1962) nomli 
kitobida atroflicha sharhlangan. Jumladan, so`zning morfologik tarkibi xususida shunday hodisalarni aniqlaydi: o`zaklar birlamchi yoki tub 
bo`ladi  (umumturkiy  o`zaklar):  al-olmoq,  kel,  min,  ot  (o`t),  tas/tash  (tosh),  kyoz  (ko`z)  yoki  yasama,  ya’ni  o`zak  va  unumsiz  (o`lik) 
qo`shimchalar orqali, masalan: qoraqalpoqcha: jurek (yurak), qizil (qiz+il), azira (boqmoq-az+ir+a), qora kabilardir. Tas/tash (tosh), qal 


 
28 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish