B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik



Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/143
Sana20.04.2022
Hajmi1,45 Mb.
#566499
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   143
Bog'liq
JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

 
 
 
IX bob. SOG
'
LOM TURMUSH TARZI VA UNING SHAKLLARI 
9.1 Turmush tarzi tushunchasi va unga ta’sir etuvchi omillari. 
Tibbiy xizmatning rivojlanish tarixi shuni ko'rsatadiki, o'tgan 
asrning ikkinchi yarmiga kelib sog’liqni saqlash xizmatini tashkil 
etishda bir tomonlikka yul kuyildi. Bu bir tomonlamalik tibbiy xizmatni 
rivojlantirishda ko'plab shifoxanalar qurish, dori darmon ta’minotiga zo'r 
berish, davolovchi vrachlarni tayyorlash, ya’ni davolovchi tabobatni 
rivojlantirishdan iborat edi. Bu holat bir tomondan kishilarda uz 
sog’liqlariga boqimandalik kayfiyatini shakllantirsa, ikkinchi tomondan 
tibbiy xizmatning kasalliklarni oldini olish sohalari ishini e’tibordan 
chetda qoldirdi. O'tgan asrning oxirlarida Jahon Sog’liqni Saqlash 
tashkilotining ma'lumoti bo'yicha, kishilar sog'ligining 50-52 foizi 
turmush tarziga, 20 foizi irsiy omillarga, 20 foizi atrof muhitga bog'liq 
bo’lib, atigi 8-10 foizigina tibbiy xizmatning darajasiga bog'liq degan 
ilmiy xulosalardan keyingina sog’liqni saqlashni davolovchi tabobatdan 
ko'ra ko’proq kasalliklarni oldini oluvchi tabobatga tomon yo'naltirishga 
sabab bo'ldi. Shu jumladan, mustaqil respublikamizda ham sog'lom 
turmush tarzi davlatimiz siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biriga 
aylanib, kishilar salomatligini mustahkamlash va kasalliklarni oldini 
olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishga katta e’tibor berildi. Eng 
muhimi, bu sohadagi ishlar davlat xujjatlari bilan mustahkamlanib, 


111 
respublikada kasalliklarni oldini olishga qaratilgan harakatning qonuniy 
asoslari yaratildi. 1993 yil mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq 
onalar, bolalar va yoshlar salomatligi hamda ma’naviyatini 
mustahkamlash ishlarida faol qatnashgan kishilarni rag'batlantirish 
maqsadida «Sog'lom avlod uchun» ordeni tayinlanib, shu nomdagi 
xalqaro jamg'arma tashkil etildi. 1996 yilda «Fuqarolar salomatligini 
saqlash to'g'risida», 1998 yilda «Respublikada sog’liqni saqlash tizimini 
isloh qilishning Davlat dasturi» to'g'risidagi Prezident qonun va 
farmonlari qabul qilindi. Natijada Respublikada qator profilaktik 
tadbirlar amalga oshirildi. «Sog’lom avlod uchun», «Mehr-shavqat va 
salomatlik, «Ekosan» kabi tashkilotlar vujudga keldi. Onalar va 
bolalarga zamonaviy tibbiy xizmat korsatish sohalari barpo etildi, jahon 
andozalari darajasida xizmat ko'rsata oladigan shoshilinch va kechiktirib 
bo'lmaydigan tez tibbiy yordam tizimi yaratildi. Aholiga malakali tibbiy 
xizmatni yaqinlashtirish maqsadida qishloq vrachlik punktlari tashkil 
etilib, shahar va tuman muasalalari bilan epchil shugillanadigan 
«Salomatlik institutlari» tashkil etildi. Bulardan tashqari mustaqkillik 
yillarida an’anaga aylangan har yilni ijtimoiy hayotning dolzarb 
muammolaridan biriga bag'ishlash va shu muammolarni hal qilish 
borasida Davlat dasturlari asosida ish olib borish tartibi ham sog’lom 
turmush tarzidan iborat edi. Chunki sog’lom turmush tarzi bu asosan 
insoniy hatti harakatlarning yig'indisidir. Shuning uchun, vatanimizda 
«Oila yili», «Ayollar yili», «Sog’lom avlod yili», «Onalar va bolalar 
yili», «Qariyalarni qadrlash yili», «Obod mahalla yili», «Mehr va 
muruvvat yili», «Sixat salomatlik yili», «Homiylar va shifokorlar yili» 
kabi tadbirlarni xalqimiz sog'ligini saqlash yulidagi tadbirlar deb 
baholash mumkin. Sharoitlarni yaratish bilan bir qatorda aholining o'z 
sog'ligiga ma’suliyatini oshirish, ya’ni har bir fuqaroda sog’lom turmush 
tarzi shakllantirishdek muhim hayot zarurati tobora ayon bo’lib 
bormoqda. Zamon tibbiyoti yutiqlari, sog’lom turmush tarzi kechiruvchi 
kishilarning hayot tajribalari, ilm-fan yutiqlarining odam organizmi sir 
asrorlariga chuqurroq kirib borishi, har bir organizmga individual 
yondoshishga tug'ri keldi. Shu bilan o'z navbatida organizm talablariga 
mos turmush tarzi va sog’lomlashtirish usullarini qo’llash, tibbiyotda 


112 
mutlaqo yangi oqimni, ya’ni sog’lom turmush tarzi oqimini yuzaga 
keltirdi. Bu oqimda har bir organizmga o'ziga xos yondoshish, unga 
mos ovqatlanishni tashkil qilish, kun tartibi, Shunga o’xshash 
munosobatlar va boshqalarni tashkil qilishga asoslangan. 
Deyarli har 
bir kishi ertami kechmi sog’liq bilan bog'liq muammoga duch keladi.
Chunki kishilar o’rtasida uchrayotgan o’limning asosiy sababchisi 
kasalliklar va baxtsiz hodisalar bo’lib qolmoqda. Har birimizda 
shakllangan tushunchaga ko'ra tabobatchi degan fikr tug'ilishi mumkin. 
Turmush tarzi, salomatlik o’zgarishlarini asosiy tendensiyalarini 
aniqlaydigan etakchi umumlashgan omil bo’lib inson hayot faoliyatining 
turli sifatlarida ko'rib chiqiladi. Turmush tarzini tibbiy ijtimoiy ta’rifi 
bilan birgalikdagi strukturasiga quyidagilar kiradi:

Mehnat faoliyati va mehnat sharoiti. 

Maishiy xo'jalik faoliyati (yashash joyining xili, yashash maydoni, 
maishiy sharoitlar, maishiy faoliyatga vaqtning sarflanishi va 
boshqalar); 

Jismoniy kuchlarni tiklash va atrof muhit bilan munosobatlarga 
yo'naltirilgan regrission faoliyat.

Oiladagi 
ijtimoiylashtiruvchi 
faoliyat 
(bolalarni, 
keksa 
yoshdagilarni parvarishlash). 

Oilani rejalashtirish va oila a’zolari orasidagi munosobatlar. 

Ijtimoiy –psixologik status va uzini tutish xususiyatlarini 
shakillanishi.
Tibbiy ijtimoiy faollik (salomatlik va tibbiyotga munosobatlar, 
sog’lom turmush tarzini amalga oshirish) turmush tarzi bilan quyidagi 
tushinchalarni – hayot darajasini (odam boshiga to’gri keladigan foyda), 
hayotning turmush sifati (insonning moddiy ta’minlanganlik darajasini
ta’riflovchi parametrlarni o'lchash), yashash uslubi (o'zini tutishning 
psixologik individual o'ziga xosligi) yashash tartibi (turmush 
ma’daniyati va boshqalar). 

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish