B. M. Azizov, I. A. Israilov, J. B. Xudoyqulov


 dona urug‘ning vaznini aniqlash



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/154
Sana01.06.2022
Hajmi5,47 Mb.
#624367
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   154
Bog'liq
2.O\'SIMLIKDA ILMIY TAD ISHLARI

1000 dona urug‘ning vaznini aniqlash
Urug‗larning yuqori sifat ko‗rsatkichlaridan biri 1000 donasini gramlar 
bilan ifodalangan og‗irligidir. 1000 dona urug‗ vaznining yuqori bo‗lishi 
urug‗larning yirikligini bildiradi. Urug‗lar bir xilda yirik -mayda bo‗lganda 
esa ularning ichki tuzilishini tig‗izligini va shu bilan birga oziq moddalar 
zahirasining ko‗pligini bildiradi. 
1000 dona urug‗ning vazni quyidagicha aniqlanadi. Toza urug‗lar 
namunasidan har biri 500 donadan iborat bir yo‗la ikkita namuna olinib 
ular 0.01 g gacha aniqlikda tortiladi.Ikkala namuna og‗irligidagi farq 3 % 
dan ortiq bo‗lmasa, 1000 dona urug‗ning vazni shu namunalardan olingan 
o‗rtacha arifmetik miqdor tariqasida yirik urug‗li ekinlar urug‗i uchun 0.1 
g va mayda urug‗lar uchun 0.01 g gacha aniqlik bilan hisoblab chiqariladi. 
Agar ikkala namuna og‗irligidagi farq 3%dan ortiq bo‗lsa , uchinchi 
namuna olinadi va bir -biridan eng kam farq qiladigan ikkita namunaga 
qarab 1000 dona urug‗ning vazni aniqlanadi. 
Lavlagi 1000 dona urug‗ning vazni boshqacha yo‗l bilan hisoblanadi. 
Urug‗ning tozaligini tekshirishda g‗alvirda qolib ketgan urug‗lar tarozida 
tortilib, sanab chiqiladi va bitta urug‗ning og‗irligi aniqlanadi. So‗ngra shu 
urug‗ning og‗irligi 1000 ga ko‗paytiriladi, bu son 1000 ta urug‗ning vazni 
bo‗ladi. 
Ayrim hollarda urug‗larning absolyut og‗irligini aniqlash mumkin. 
1000 ta absolyut quruq Urug‗ning og‗irligi urug‗larning absolyut 
ogirligiga teng bo‗ladi. 
Urug‗larning absolyut og‗irligi gqGx160xV/100 - formulaga
muvofiq aniqlanadi.
Bu erda g - 1000 dona urug‗ning absolyut og‗irligi; G-1000 dona 
urug‗ning haqiqiy namlikdagi og‗irligi; V - urug‗larning namligi % 
hisobida. 
 
Urug‘larning bir tekisligini aniqlash 
 
Urug‗larning bir tekis bo‗lishi urug‗liq don sifatining eng muxim 
ko‗rsatkichidir. Urug‗lar yirikligi bo‗yicha bir xilda tekis bo‗lsa, ekish 
vaqtida seyalkadan bir xil miqdorda urug‗ tushadi, o‗simliklar dalada bir 
tekisda joylashtiriladi , buning natijasida keyinchalik o‗simliklar bir xilda 
rivojlanib, barobir etiladi, bu esa xosilni ortishiga imkon beradi, 
tajribalarda xam bir xildagi urug‗larni ekish, uning zarur darajada aniqlik 
bilan olib borishni ta‘minlaydi . 


165 
Urug‗larning yirik-maydaligi va shakli bir xil tekis (saralangan) 
bo‗lishi makkajo‗xori, maxsar, qand lavlagi va boshqa chopiqtalab 
o‗simliklarni urug‗ini har qaysi uyaga belgilangan miqdorda ekishga 
imkon beradi. Bu yagona qilishga o‗rin qoldirmaydi va shu bilan birga 
ekinni parvarish qilishdagi mehnat sarfini ancha kamaytiradi . 
Ayniqsa, pivo pishirish uchun ekiladigan arpa urug‗lari bir tekis 
bo‗lishi shart, chunki bunday urug‗lar bir vaqtda bir tekis unib chiqqanda 
sifatli bo‗ladi . 
Bug‗doy, arpa, suli, javdar urug‗larining bir tekisligi quyidagicha 
aniqlanadi. Toza urug‗lardan yirik -maydaligiga qarab 100-500 g tortib 
olinib ko‗zi cho‗ziq to‗rtburchak shaklidagi bir nechta g‗alvirdan 
o‗tkaziladi. Oldinma ketin ilinadigan ikkita g‗alvir ko‗zlarining eni bir-
biridan 0,2 mm farq qiladigan bo‗lishi kerak. Don avval yirik ko‗zli 
g‗alvirdan keyin o‗rtacha va mayda ko‗zli g‗alvirdan o‗tkaziladi. SHundan 
keyin g‗alvirlar aloxida olinib, har qaysi g‗alvirda qolgan urug‗lar tarozida 
tortiladi. G‗alvirlarning qaysi birida eng ko‗p urug‗ qolgan bo‗lsa, shu 
urug‗ning og‗irligi jamlanib, ular olingan don namunasi og‗irligiga 
nisbatan necha foizni tashkil etishi xisoblab chiqiladi. Ana shu foiz 
urug‗larning bir tekislik darajasini ifodalaydi. 

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish