B. M. Azizov, I. A. Israilov, J. B. Xudoyqulov



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/154
Sana01.06.2022
Hajmi5,47 Mb.
#624367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
Bog'liq
2.O\'SIMLIKDA ILMIY TAD ISHLARI

Fenologik kuzatuvlar
– Bu o‗simliklarni unib chiqishidan to‗liq 
pishgunigacha bo‗lgan davr moboynida kuzatishga aytiladi.Uning 
maqsadi-o‗simlikda rivojlanish fazalarining boshlanishi va kechishini 
aniqlash. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
 
Fanning ahamiyati.
Eng katta boylik – bu intellektual boylik, ya‘ni 
tafakkur. CHunki, bu boylikni hech kim tortib ololmaydi. Xalqi 
intellektual tafakkurga boy bo‗lgan davlatlar hech qachon inqirozga 
uchramaydi. Vaqt o‗tishi bilan er osti va er usti boyliklari, foydali 
qazilmalar kamayishi va xatto tugashi mumkin, intelektual boylik esa 
ta‘lim tizimi to‗g‗ri yo‗lga ko‗yilganda faqat ortib boradi. 
Rivojlangan davlatlar o‗z taraqqiyotini yangi texnologiyalar yaratish 
va joriy etish hisobiga shakllantiradi. SHu tufayli ta‘lim tizimini yanada 
takomillashtirish, ilm–fanni rivoj-lantirish, yuqori intellektual tafakkurga 
ega yosh mutaxassislar tarbiyalash eng dolzarb vazifalardan biri 
hisoblanadi.
Bugungi fan va texnika rivojlanayotgan, bosqichma-bosqich bozor 
iqtisodiyotiga o‗tilayotgan vaqtda xalq xo‗jaligining boshqa tarmoqlari 
singari qishloq xo‗jaligi sohasida ham tub o‗zgarishlar kiritishni takazo 
etadi. Buning uchun esa bu sohada ilm fan yutuqlarini keng joriy etish, 
ilg‗or texnologiyalarni tadbiq etish lozim. 
Bugungi kunda qishloq xo‗jaligi oldida to‗rgan asosiy vazifa har 
qanday yo‗l bilan ekinlar hosildorligini oshirish emas, balki ekinlar 
hosildorligini oshirish bilan bir vaqtda mahsulot tannarxini kamaytirish, 
mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot sifatini yahshilash hisoblanadi. 
I.A.Karimov (2009) «Jaxon moliyaviy, iqtisodiy inqirozi, O‗zbe-
kistonda uni bartaraf etish yo‗llari va choralari» asarida bugungi kunda 
xalq xo‗jaligining barcha sohalari, shu jumladan, qishloq xo‗jaligida
resurs va energiya tejovchi texnologiyalar tadbiq etish lozimligi 
ko‗rsatiladi. Ma‘lumki, agronomiyaning biron bir sohasini ilm fan 
yutuqlarisiz tasavvur qilish qiyin. Fan yutuqlari qishloq xo‗jaligining har 
bir sohasida: paxtachilik, g‗allachilik, meva-sabzavotchilik, polizchilik va
o‗rmonchilikda keng ko‗llanilmoqda. 
So‗ngi yillarda xalq xo‗jaligining barcha tarmoqlari, shu jumladan, 
qishloq xo‗jaligida yangi texnologiyalarni yaratish va ishlab chiqarishda 
keng joriy etish maqsadida yangi g‗oya va innovatsion texnologiyalar 
yarmarkalari tashkil etilmoqda.
Biroq, qishloq xo‗jaligida biron bir yangilikni keng tadbiq etishdan 
oldin uni bir necha yil davomida sinab ko‗rilishi, ya‘ni ma‘lum bir 
uslubiyatga asoslanib olib boriladigan tajribalarda o‗rganilishi lozim. 
O‗rganilayotgan texnologiya olib borilgan tajri-balarda mavjud 



texnologiyalardan ustunligi tasdiqlangan hollardagina ishlab chiqarishga 
keng joriy etilishi maqsadga muvofiq. 
Qishloq xo‗jaligini rivojlantirish va mustaqil respublikamiz xalqining 
qishloq xo‗jalik mahsulotlariga o‗sib borayotgan talablarini qondirishning 
asosiy yo‗li - qishloq xo‗jalik fan yutuqlari va ilg‗or tajribalar asosida ham 
xo‗jaliklarda dehqonchilik va chorvachilik madaniyatini yuksaltirishni har 
tomonlama resurstejamkor texnalogiyalarni qo‗llash orqali o‗simlik 
mahsulotlarini ko‗paytirish bilan bozor iktisodiyoti qiyinchiliklarini yengib 
o‗tishdan iboratdir. Bugungi bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarishni fan 
yutuqlari va ilmiy tajribalar asosida olib borishni taqozo qilmoqda. 
Respublikamiz qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishida fanning 
o‗ynaydigan roli kun sayin ortib bormoqda. Fanning rivojlanib borishi va 
undagi yutuqlarni xalq xo‗jaligiga tadbiq etish jamiyat ishlab chiqarish 
kuchlarining o‗sishida hal qiluvchi omil bo‗lib qoldi. 
Ilm-fan bilan ishlab chiqarishni mustahkam uyg‗unlashtirish asosida 
agrosanoat kompleksi ishlab chiqarishga va iqtisodiy samaradorligini 
oshirish imkoniyatlari juda kattadir. 
Bugungi kunda agrosanoat majmui tarmoqlarida innovatsion faoliyat 
samaradorligini oshirish eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi. CHunki 
bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsion faoliyatning mazmuni moddiy 
asosga ega bo‗lgan ishlab chiqarish sohasida biron-bir yangilikni yaratish 
va uni amaliyotga joriy etishda ifodalanadi. Bu o‗z navbatida shu vaqtga 
qadar bir-biridan alohida ravishda ya‘ni mustaqil faoliyat yuritayotgan ilm 
fan, innovatsiyalar va ishlab chiqarish sub‘ektlari faoliyatini umumiy 
maqsad yo‗lida birlashtirish, mavjud resurslardan yanada samarali 
foydalanishga sabab bo‗ladi.
Albatta hozirgi davrda butun iqtisodiyotda bo‗lganidek agrar sohasida 
ham ilm fan va ishlab chiqarish o‗rtasida ilmiy tadqiqotlar olib borish va 
innovatsion faoliyat bilan shug‗ullanuvchi tizim yaratilgan. Xususan, 
O‗zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi 
tizimidagi―Qishloq xo‗jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi, uning 
tarkibiga kiruvchi ilmiy tadqiqot institutlari, vazirlik tarkibidagi Oliy 
ta‘lim muassasalaridagi ilmiy bo‗linmalar shular jumlasiga kiradi.
YUqorida nomi qayd etilgan muassasalar tomonidan fundamental va 
amaliy ahamiyatga molik bo‗lgan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilib 
tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish ya‘ni innovatsion 
faoliyat ham ular zimmasiga yuklatilgan. 



Ammo hozirgi kunda agrar sohada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar 
natijasida yaratilgan innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etilishi 
darajasi ancha past bo‗lib bu borada tegishli davlat tashkilotlari tomonidan 
qator ishlarni amalga oshirish lozim. 
Fan yutuqlari va ilg‗or tajribalarni joriy etishni tashkil etish qishloq 
xo‗jaligini jadal rivojlantirishning muhim omilidir. Bu jarayon 
mutaxassislardan chuqur bilim va malaka talab etadi. 
Bundan tashqari, bugungi ekologik vaziyat qishloq xo‗jalik 
ekinlaridan yuqori hosil etishtirish bilan birga ekologik muvozangatni 
saqlash, zararkunanda hashoratlar, kasallik va begona o‗tlarga qarshi yangi 
biologik kurash choralarini ishlab chiqishni taqoza etadi. SHuningdek, 
qishloq xo‗jalik ekinlar hosildorligini oshirish maqsadida mineral o‗g‗itlar 
qo‗llashni, ayniqsa azotli o‗g‗itlar me‘yorini asossiz ravishda oshirish 
ekologik 
muvozanatga salbiy ta‘sir etadi. O‗simlik tomonidan 
o‗zlashtirilmagan mineral elementlar tuproqda ko‗plab to‗planib atrof-
muxitni ifloslanishiga, mahsulot sifatini buzilishiga olib kelmoqda. 
Ayniqsa, bunday holatlarni oziq-ovqat mahsulotlar tarkibida nitrat 
shaklidagi azotning ko‗payib ketishida kuzatishimiz mumkin. 

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish