2.11 – rasm. Avtomatik potensiometr o‘lchash qismining prinsipial sxemasi
Termojuftning TEYUK ini aniq o‘lchash va magnitoelektr millivolmetr hamda avtomatik potensiometrlarni tekshirish uchun o‘zgarmas tokda ishlaydigan laboratoriya potensiometrlaridan foydalaniladi: ko‘chma PP-63 va PP-70; namunaviy R330, R371 va boshqa potensiometrlar. Namunaviy asboblarning aniqlik sinfi: 0,002 va 0,005.
TermoEYUK ning me’yorlovchi o‘zgartkichi. Termoelektrik o‘zgartkichlardan olingan axborotni EHM ga yoki avtomatik rostlash tizimiga kiritish uchun me’yorlovchi o‘zgartkich keng qo‘llanadi. U termoelektr o‘zgartkichlarning signallarini 0-5 mA o‘zgarmas tokdagi bir xillashtirilgan signalga almashtirish uchun mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |