4.14 – rasm. Spiralsimon parrakli suyuqlik hisoblagichi.
Parraklarning shakliga ko‘ra tezlik hisoblagichlari ikki guruhga bo‘linadi: spiralsimon va qanotli.
Spiralsimon parraklar o‘lchanayotgan oqimga nisbatan parrallel, qanotli parraklar esa oqim o‘qiga perpendikulyar joylashadi. Spiralsimon parrakli tezlik hisoblagichlari ko‘p miqdordagi suv sarfini o‘lchashda ishlatiladi. 4.14- rasmda spiralsimon (gorizontal) parrakli suv hisoblagich ko‘rsatilgan. Suyuqlik oqimi asbobning korpusiga kelib, sharra to‘g‘rilagich 5 orqali ko‘p kirimli vint shaklida ishlangan parrak kurakchalari 2 ga yo‘naladi. Parrakning aylanishi chervyakli juft 6 va uzatish mexanizmi 3 orqali hisoblash mexanizmi 4 ga uzatiladi.
B u hisoblagichlar 50...200 mm shartli o‘tishga mo‘ljallanib, sarfini 70...1700 m3/soat va ±2...3 % xato bilan o‘lchaydi. Muhitning bosimi 0,98 mPa (10 kgk/sm2) dan oshmasligi kerak.
Suyuqlikni parrakka uzatish usuliga ko‘ra qanotli hisoblagichlar bir sharrali va ko‘p sharrali bo‘ladi.
4.15-rasmda bir sharrali (a) va ko‘p sharrali (b) hisoblagichlar sxemasi ko‘satilgan. Bu hisoblagichlarda suyuqlik asbobning parraklariga tangensial ravishda yo‘naltiriladi. Parrakli hisoblagichlar agressiv bo‘lmagan oqimda ishlasa va oqim harorati 30 °C dan oshmasa, ularning parragi plast-massadan tayyorlanadi. Oqim harorati 90 °C dan yuqori bo‘lsa, parraklar jezdan tayyorlanadi.
4.8- §. SOCHILUVCHAN MATERIALLAR VA DONADOR BUYUMLARNING MIQDORINI O‘LCHASH
Turli xil sochiluvchan materiallarni o‘lchash va me’yorlash, sochiluvchan buyumlarni hisobga olish vositalari texnologik jarayonlarni, ortish-tushirish ishlarini va savdo-hisob operatsiyalarini avtomatlashtirishda keng qo‘llaniladi. Bunday o‘lchash vositalariga dozatorlar, tarozilar va turli xil tenzorezistorli o‘zgartkichlar kiradi.
Tarozi – qattiq, sochiluvchan yoki suyuq moddalarning massasini o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasidir. Tarozilar, odatda, tortish prinsipiga, muvozanatlovchi momentni vujudga keltirish uslubi, qo‘llanish sohasi, avtomatlashtirilganlik darajasi, tortish chegarasiga va hokazolarga ko‘ra tasniflanadi.
Tortish prinsipiga ko‘ra tarozilar diskret (davriy) va uzluksiz ishlaydigan tarozilarga ajraladi. Muvozanatlovchi momentni vujudga keltirish uslubiga ko‘ra tarozilar ikki guruhga bo‘linadi: mexanik (shayinli va prujinali) va elektromexanik tarozilar. Qo‘llanish sohasi va tortish chegararariga ko‘ra tarozilar umumiy vazifani bajaruvchi laboratoriya tarozilariga, texnologik tarozilarga; avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra noavtomatik va avtomatik tarozilarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |