Б и р и н ч и булим



Download 3,05 Mb.
bet29/73
Sana08.06.2022
Hajmi3,05 Mb.
#643919
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73
Bog'liq
Б и р и н ч и булим сарф

2.11 – rasm. Avtomatik potensiometr o‘lchash qismining prinsipial sxemasi

Termojuftning TEYUK ini aniq o‘lchash va magnitoelektr millivolmetr hamda avtomatik potensiometrlarni tekshirish uchun o‘zgarmas tokda ishlaydigan laboratoriya potensiometrlaridan foydalaniladi: ko‘chma PP-63 va PP-70; namunaviy R330, R371 va boshqa potensiometrlar. Namunaviy asboblarning aniqlik sinfi: 0,002 va 0,005.


TermoEYUK ning me’yorlovchi o‘zgartkichi. Termoelektrik o‘zgartkichlardan olingan axborotni EHM ga yoki avtomatik rostlash tizimiga kiritish uchun me’yorlovchi o‘zgartkich keng qo‘llanadi. U termoelektr o‘zgartkichlarning signallarini 0-5 mA o‘zgarmas tokdagi bir xillashtirilgan signalga almashtirish uchun mo‘ljallangan.
Me’yorlovchi o‘zgartkichning ishlashi ish toki o‘zgaruvchi kuchga ega bo‘lgan potensiometrning sxemasidan foydalangan holda termo EYUK ning kompensatsiya-lovchi o‘lchash usuliga asoslangan.



2.12 – rasm. Termoelektr termometr (termojuft) bilan ishlaydigan me’yorlovchi o‘zgartkichning sxemasi.

O‘zgartkichning sxemasi 2.12-rasmda keltirilgan. Bu yerda, I – o‘lchash konturi; II – kompensatsiya konturi. I konturda tuzatuvchi ko‘prik TK, chiqish toki Ichiq bo‘lgan kuchaytirgich K1 va rezistor Rt bor.


I konturga F va D uzayturuvchi o‘tkazgichlar yordamida termojuft AB ulangan. Tuzatuvchi (korrektorlovchi) ko‘prik termojuftning bo‘sh uchi haroratining o‘zgarishiga avtomatik tuzatma kiritish uchun, shuningdek, o‘lchashning quyi chegarasi 0 °C ga teng bo‘lmagan o‘zgartkichlarda boshlang‘ich termo EYUK ni kompensatsiyalash uchun mo‘ljallangan. Ko‘prik manbaining ab diagonaliga o‘zgarmas tokning barqarorlashtirilgan kuchlanishi ulangan. R1,R2 va R3 rezistorlar – manganindan, Rm rezistor esa misdan yasalgan. K1 kuchaytirgich ikkita kaskaddan iborat: ikki taktli ikki yarim davrli sxema bo‘yicha bajarilgan magnit MK va o‘zgarmas tokning kuchayishi rejimida ishlovchi yarim o‘tkazgichli kuchaytirgich K. Kuchaytirgich K1 - nol – indikator vazifasini bajaradi.
II kompemsatsiya konturiga Rkk rezistor va teskari bog‘lanish (aloqa) kuchaytirgichi K2 kiradi. Bu kuchaytirgich K1 kuchaytirgichga o‘xshaydi, lekin kuchaytirgichning chiqish toki bo‘yicha chuqur manfiy bog‘lanish bilan ulangan. K2 kuchaytirgichning Imb, chiqish toki II konturning ishchi toki hisoblanadi va bu tok Rkk qarshilik bo‘ylab o‘tganda unda II kontur tomonidan Ukk =Imb·Rkk kompensatsiyalovchi kuchlanish vujudga keltiriladi. I kontur tomonidan Rab rezistorga tuzatuvchi ko‘prik TK ning cd o‘lchov diagonalida vujudga keluvchi Ucd (1 kuchlanish bilan qo‘shilgan EAB(t,t0)) termoelektr o‘zgartkich signali keltiriladi. Bu kuchlanish, yuqorida aytilganidek, termoo‘zgartkichning bo‘sh uchlaridagi haroratning tuzatmasiga teng, ya’ni Ucd=EAB(t’0,to).
Shunday qilib, bu EAB(t,t0)= EAB(t,t’0)+Ucd ga teng yakka signal Ukk kuchlanish bilan taqqoslanadi. ∆U=EAB(t,t0)-Ukk ga teng nobalanslik K1 kuchaytirgichga beriladi, u yerda o‘zgarmas tokning ∆U signali avval magnit kuchaytirgich MK da o‘zgaruvchi tok signaliga aylantiriladi, so‘ngra kuchaytiriladi va yana o‘zgarmas tok signaliga aylantiriladi, u o‘zgarmas tokning yarim o‘tkazgichli kuchaytirgichi YK da qo‘shimcha ravishda kuchaytiriladi. K1 kuchaytirgichning chiqish signali Ichiq tokini vujudga keltiradi, u RTN tashqi zanjirga keladi va keyin kuchaytirgich orqali teskari aloqa kuchaytirgichi K2 ga keladi. K2 ku chaytirgichning It6 chiqish toki o‘zgaradi va Rkk rezistorda Ukk, kuchlanish pasayishini (tu shishini) ∆U nobalans kompensatsiyalashning statik xatosi deb ataluvchi biror kichik δU kattalikkacha o‘zgartiradi.
Kompensatsiyalashning statik xatosining mavjud bo‘lishi I o‘lchash konturida kompensatsiyalanmagan tok o‘tishga olib keladi. Bunda o‘lchanuvchi termoEYUK qanchalik katta bo‘lsa, bu tok shunchalik katta bo‘ladi.
Statik avtokompensatsion sxema bo‘yicha bajarilgan qurilmalarda bunday xatolikni yo‘qotib bo‘lmaydi, chunki o‘zgartkichning Ichiq chiqish toki va kompensatsiya konturining Itb toki bu xatolikning mavjudligi bilan aniqlanadi va unga mutanosibdir. Shu bilan birga avtokompensatsion sxemaning statik xatosi, agar kuchaytirish koeffitsienti katta bo‘lgan kuchaytirgich foydalanilsa, ancha kamaytirilishi mumkin.
Endi o‘lchanayotgan termo EYUK EAB(t,t0) bilan o‘zgartkichning chiqish toki Ichiq orasidagi matematik bog‘lanishni qarab chiqamiz.
Yuqorida aytilganlarga muvofiq
∆U=EAB(t,t0)-Ukk (2.43)
K1 va K2 kuchaytirgichlarning chiqishida quyidagi signallar shakllanadi:
(2.44)
(2.45)
bu yerda, Kk1 va Kk2 – kuchaytirgich K1 va K2 larning kuchaytirish koeffitsientlari; Ikir=∆U/Rkr kuchaytirgichning kirish zanjirida ∆U signal vujudga keltiradigan tok; Rkir - K1 kuchaytirgich kirish zanjirining qarshiligi. Rkk rezistorda kuchlanishning tushishini topamiz:
(2.46)
(2.43), (2.44) va (2.46) ifodalar orqali ushbuni topamiz:
Ichiq=K·EAB(t,t0) (2.47)
bunda me’yorlovchi

o‘zgartkichning o‘zgartirish koeffitsienti
.
Shunday qilib, me’yorlovchi o‘zgartkichning chiqish toki termoelektr o‘zgartkich (TEO‘) ning signaliga mutanosib bo‘ladi.
Kirish signalining qiymatidan kelib chiqib, termoelektr o‘zgartkichlar bilan ishlovchi me’yorlovchi o‘zgartkichlar 0,6...1,5 aniqlik sinflariga ega.



Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish