Turkiy tillar fakulteti
O`zbek tili va adabiyoti yo’nalishi
2-“B” guruh talabasi Matmuratova Muyassar
O‘n uchinchi aprel 2020-yil soat 9:00 – 10:00
Amaliy mashg’ulot
2 b guruhlar
Mavzu: Toponimlarni leksik tahlil qilish
2-topshiriq. Quyida berilgan toponimlarni izohlang.
Buxoro-shahri sharqning mashhur qadimiy shaharlaridan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Buxoroga miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida asos solingan. Zarafshon daryosining quyi oqimida joylashgan Buxoro shahri va uning atrofidagi yerlar qadimda nihoyatda xushmanzara — hayvonot va oʻsimlik dunyosi betakror, koʻl va oqar suvlarga boy boʻlib, tarixchi Narshaxiyning „Buxoro tarixi“ asaridagi maʼlumotlar buni tasdiqlaydi.
Samarqand- soʻzining kelib chiqishi toʻgʻrisida bir qancha taxmin va gipotezalar mavjud. Sharq mualliflari „Samarqand“ soʻzining birinchi qismi, yaʼni „Samar“ soʻzi shu shaharga asos solgan yoki shaharni bosib olgan kishining nomi deb hisoblab, bir qancha sunʼiy taʼriflarni taklif etdilar. Biroq tarixda bunday ismli kishi toʻgʻrisida maʼlumotlar aniqlanmagan. Soʻzning ikkinchi qismi „kent“ (kand) — qishloq, shahar degan maʼnoni bildiradi. Baʼzi yevropalik olimlar, bu nom qadimdan qolgan, sanskritcha „Samarya“ra yaqin, yaʼni „yigʻilish, yigʻin“ soʻzidan kelib chiqqan deb izoxlaydilar. Antik mualliflarning asarlarida shahar Marokanda deb atalgan. Bu haqiqatga ancha yaqin boʻlib, Marokanda — Samarqand atamasining yunoncha aytilishidir. 11-asr olimlaridan Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Koshgʻariy shahar nomining kelib chiqishini „Semizkent“, yaʼni „semiz qishloq“ soʻzining buzib talaffuz qilinishi deb tushuntiradilar.
Farg’ona- Fargʻona soʻzining kelib chiqishi toʻgʻrisida turli fikrlar mavjud. Olimlar "Fargʻona" soʻzining bundan 13 asr ilgari sugʻd yozuvlarida "Pargʻana", "Pragʻana" shakllarida yozilganligini hamda hind-sanskrit tilida "kichik viloyat"; fors tillarida "togʻ oraligʻidagi vodiy", "atrofi berk soylik" degan maʼnolarga ega boʻlganligini taʼkidlaydilar
Xorazm- Xorazm, Qadimgi Xorazm — Turon va Eron mintaqalari oraligʻida joylashgan tarixiy oʻlka va qadimgi davlat. Xorazm hududi qadimda Amudaryo adoqlaridan janubga tomon Murgʻob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha choʻzilgan. Shu boisdan bu qad. tarixiy oʻlka fanda 2 xil: Kdd. Xorazm va Katta Xorazm nomlari bilan maʼlum. X. haqidagi ilk maʼlumotlar Avesto, Doro I ning Bixistun kitobalari, qad. yunon mualliflari (Gekatey, Gerodot, Strabon va boshqalar) hamda ilk oʻrta ayerlarning arab geograflari asarlarida uchraydi.
Navoiy- Navoiy shahri ulugʻ oʻzbek mutafakkiri va shoiri Alisher Navoiy sharafiga atab shunday nomlangan. Shaharning hozirgi hududi oldin cho‘l bo‘lgan. Shimolda qadimiy Karmana shahri joylashgan boʻlib, o‘tmishda Buxoro amirligining bekligi hisoblangan. Janubda Temir yo‘l stansiyasi va bir qishloq bo‘lgan, hozirda bu joy Navoiy shahrining Vokzaloldi hududi deb ataladi. 1958-yilning sentabr oyida Navoiy shahri sanoatlashgan shahar sifatida tashkil topdi. Shu vaqtdan Navoiy viloyati tashkil topganga qadar Navoiy shahri Buxoro oblasti tarkibida boʻlib keldi.
Jizzax-Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning markaziy qismida. 1973 yil 28 dekabrda tashkil etilgan. Shim.-sharqda Qozogʻiston Respublikasi va Sirdaryo viloyati, janubi-gʻarbda Samarqand, Navoiy viloyatlari, janubisharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh
Andijon- Shaharning paydo boʻlishi va nomining kelib chiqishi haqida turli xil afsona va rivoyatlar mavjud. Ayrim manbalarda shahar nomi „andi“, „adoq“ („azoq“) kabi urugʻ atamalari bilan bogʻliqligi koʻrsatilgan. Bir vaqtlar bu yerda andilar (hindlar) yashagan va shaharning nomi „Andukon“ deb atalgan, degan rivoyat ham bor.
Nukus- Nukus (qoraqalpoqcha No'kis) — Qoraqalpogʻistondagi shahar (1932 yildan). Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti, Respublika hududining markaziy qismida, Amudaryoning oʻng sohilida, 109 m balandlikda. Janubiy va sharqda Kizilqum choʻli bilan oʻralgan, shim,da Amudaryo deltasi bilan tutashgan.
Uyga vazifa. 3-topshiriq. Quyidagi qolip bo‘yicha qo‘shma toponimlarni yasang.
Ot+ot: Qumqo‘rg‘on,Dashoguz,Taxiyatash,Tuproqqal’a,Qorovulbozor,
Qazaqqishlaq,Shahrisabz,Mirzaqishloq.
Sifat+ot: Qoratog‘,Sarimay,Yangibozor,Yangiqishlaq,yangihayat,Qiziltepa,
Yangikent,Yakkabog`,Sho`rtepa,
Son+ot: Beshariq,To`rtko`l,Mingbuloq,Mingtepa,Ellikqal’a
Ot+fe’l: Tangatopdi,
Do'stlaringiz bilan baham: |