Fan buyicha talabalarning bilim, koʼnikma va malakalariga qoʼyiladigan talablar:
"Yuqori molekulali birikmalar kimyosi va fizikasi " fanini o’zlashtirish jarayonida bakalavr:
Polimerlar qovushqoqligini toppish orqali molekulyar og’irligini aniqlay olish;
Amorf polimerlarni termomexanik egri chizig’ini ko’rib polimerni shishalanish va oquvchanlik haroratlarini aniqlab bera olish;
Amalda polimerlar va elastomerlarni ko’pgina fizik va mexanik xossalarini tekshira olish;
Yuqori molekulali birikmalar olinish usullari, xom-ashyo manbalari, ularning tuzilishi va xossalari o’rtasidagi bog’liqligini tahlil qilish ko’nikmalariga ega bo’lish kerak.
Polimerlanish, sopolimerlanish, polikondensatlanish va polimeranalogik reaksiyalari usulida yuqori molekulali birikmalar sintez qilish;
Turli xil va maqsadlarda qo’llaniladigan polimer kompozitsion materiallar (tolalar, lok-bo’yoq materiallar, plastmassa, elastomerlar, qog’oz, sellyuloza saqlovchi materiallar, yog’och-polimer materiallar va hokazo) olishda qo’llaniladigan polimerni tanlash va ularni qo’llash kabi malakalariga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |