Mavzu: Mathcad paketida dasturlash
Ishning maqsadi: Mathcad paketida dasturlashni o`rganish
Nazariy qism: Mathcad paketi har xil matematik masalalarni yechish uchun turli imkoniyatlarga ega, ya`ni matematikaning har xil bo`limlariga oid bir qancha funksiyalar o`rnatilgan. Lekin, paketdan foydalanuvchilar oldida turgan barcha amaliy masalalarni yechish uchun funksiyalarni yozish mumkin emas. Mathcad programmasida dastrulash tilida dastur kodini yozish mumkin. Buni uskunalar panelining Programming buyrug`I orqali bajarish mumkin. Programmalashtirish panelini aktivlashtirish uchun Math panelin yoki View\Toolbars\Programming buyrug`ini berish kerak. Ushbu panelda 10 ta buyruq joyashtirilgan. Bu buyruqlardan qaysi biri kerak bo`lsa, kursorni shu yerga olib borib, kerakli buyruq tanlanadi. Bundan tashqari bu ishni klavishlar kombinatsiyasidan foydalanib ham bajarish mumkin. Ular quyidagicha bo`ladi:
Mathcadda dastur tuzayotgan paytda ushbu buyruqlarni qo`l bilan klaviaturadan terib kirgizish mumkin emas. Faqatgina kerakli buyruqni tanlash orqali amalga oshirish mumkin.
Mathcad programmalash paneli buyruqlarini ko`rib chiqamiz:
Add Line – programmaga qator qo`shadi
Bu lokal o`zgaruvchiga qiymat berish operatori. Programma blokidan chiqgach lokal o`zgaruvchilar qiymatini boshqa o`zgaruvchilar qabul qilishi mumkin emas. Mathcadda ikkita o`zlashtirish operatori mavjud: global o`zgaruvchilar uchun va lokal o`zgaruvchilar uchun.
If operatori tarmoqlanishni shakllantiradi. If operatorini programmada foydalanish uchun if buyrug`ini tanlash yoki Shift +} tugmalarini bosish yetarli. Sodda jarayon uchun if operatorining umuiy ko`rinishi quyidagicha:A if B, bunda B – mantiqiy ifoda, A operator esa B mantiqiy ifoda rost qiymatni qabul qilganda o`rinlanadigan operator.
Mathcad dasturida if operatoridan tashqari otherwise operatori ham mavjud. Ushbu operator ikki amaldan birini, ya`ni shart rost bo`lganda bir ifodani agar yolg`on bo`lsa ikkinchi ifodani bajarish kerak bo`lganda foydalaniladi.
For operatori siklli hisoblash jarayonlarida qo`llaniladi. Mathcadda murakkab sikllar uchun programma tuzish kerak.
While operatori siklda takrorlanishlar soni no`malum bo`lganda, berilgan shart o`rinlangunicha davom etishini ta`minlaydi.
Break operatori sikldan tez chiqishni amalga oshiradi. Bu holda programma sikldan keyingi qatordan o`rinlashni davom etadi. Break operatori asosan programmada sikldan cheksiz marta o`rinlanishidan chiqish uchun qo`llaniladi.
Continue operatori boshqarishni siklning birinchi qatoriga qaytaradi.Bu operator parametrga ega emas.
Return operatori programma bajarilishini to`xtatadi. Programma natijasi sifatida return operatoridan keyin kiritishh uchun ko`rsatilgan joyga qiymat qaytaradi.
On error operatori xatoliklarni qayta ishlash uchun qo`llaniladi
Amaliy topshiriq:
1. Funksiya grafigini yasang.
2. Fibonachchi sonlarini hisoblovchi dastur tuzing.
3. qatorning dastlabki N azosining yig`indisini toping.
Javoblar:
2.Fibonachchi sonlarini topish
3.Yig`indini hisoblash
Dasturlash asoslari
Do'stlaringiz bilan baham: |