Mavzu matni talabaga tayyorlanish uchun va prezentatsiya shaklida doklad
qilish uchun uyga berib yuboriladi. Prezentatsiya
talaba tomonidan
komputer orqali amalga oshiriladi. Prezentatsiya jarayonida mavzuning
har bir savolini sxemalar yoki jadvallar namoyish etish bilan olib boriladi.
Har bir savoldan keyin talabalar tomonidan berilgan savollarga talaba
o'qituvchi bilan hamkorlikda javob beradi. Tushunish qiyinroq bo‘lgan
ba’zi savollar yoki elementlarni komputer yordamida o‘sha holatga qaytib,
yana chuqurroq tushuntiriladi. Ma’ruza tugallangandan so‘ng talabalarga
komputerda
foydalanilgan adabiyotlar, jurnallar va boshqa foydalanilgan
ma’lumotlar manbalari taqdim etiladi.
So‘ng o ‘qituvchi guruh bilan birgalikda ma’ruza qilgan talabani hamda
dars davomida faol qatnashgan talabalarni baholaydi va ball qo‘yiladi.
Axborot texnorlogiyalari yordamida dars o‘tish quyidagi bosqichlarda
olib boriladi:
— axborot-texnologiyalar yordamida o‘tiladigan
dars oldindan guruh-
ga ma’lum qilinadi;
— guruhdan ikki talabaga mavzuga tayyorlanib kelish vazifasi top-
shiriladi;
— kurs bo‘yicha mavjud m a’ruza matni elektron versiyasi dars o'tishga
tayyorlab qo‘yiladi;
— tayyorlanib kelgan talaba komputer m a’ruza matnidan o ‘z mav-
zusini ochadi va guruhga doklad qiladi;
— ma’ruza talabalar va o ‘qituvchi tomonidan e ’tibor bilan
tinglanadi;
— muloqot shaklida savol-javob amalga oshiriladi;
— natija bo‘yicha talabalar reyting tizimi asosida baholanadilar.
Axborot texnologiyalar yordamida dars o'tkazish uchun o‘qituvchi
tomonidan quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1. 0 ‘qituvchi texnik vosita yordamida talabalarga bilimlami yetkazish
jarayonini ishlab chiqadi (mavzuga qarab turli usul va vositalar qo‘llanishi
mumkin).
2. Ishlab chiqilgan axborot texnologiyalarini tatbiq qilish jarayonida
pedagogik texnologiyalar elementlari bilan bog'lanib borilishini ta ’minlaydi.
3. Axborot texnologiyalar yordamida o'tiladigan
darsning joyi, texnik
vositalar turlari, ularning to'liqligini ta ’minlaydi.
4. Dars o ‘tish jarayonida mavzuga bog‘liq turli ko'rgazmali, illustrativ
materiallar qo‘llashni ta ’minlaydi.
«Marketing kommunikatsiyalarini shakllantirish» mavzusi amaliy
mashg'uloti komputer sinfida o'tkazilib komputer texnologiyalar yordamida
mijozlami qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish uchun
tahlil o'tkazish borasida ishbilarmonlikka doir topshiriq bajariladi.
Bunda topshiriqda ko‘rsatilgan barcha 1—7
gacha topshiriqlar kom-
puterga oldindan joylashtirilib qo‘yiladi.
Savollarga kom puter klaviaturasi yordamida javob yozib boriladi.
Savolga javob berish belgi asosida ba’zilariga yozma ravishda ko‘rsatiladi.
Yettita savollarga javob berilgandan so‘ng o‘qituvchi bilan birgalikda tahlil
etiladi va respublikamizdan sayyohlikka chiqishda qaysi omillarga ko‘proq
e’tibor berilishi aniqlanadi va qaysi omil yuqori foiz olishi hisoblanadi.
Komputer xonada imkon darajasi mavjud bo‘lsa, javobi printer orqali
talabalarga taqdim etiladi. Natija keyingi mashg‘ulot o ‘tkazishda m a’lumot
bo‘lib xizmat qiladi.
Darsning oxirida talabalar olgan natijalari baholanadi va ball qo‘yiladi.
Bu usulda mashg‘ulot o‘tkazish ta’lim sifatini oshiradi, mashg‘ulot unumli
va qiziqarli o‘tadi, o ‘qituvchi ishini yengillashtiradi, talabalami komputeiga
bo'lgan qiziqishini rivojlantiradi, komputer bilan ishlash malakasini oshiradi
va o ‘zi olgan natijasini baholash imkonini beradi.
Undan tashqari bu usulda mashg'ulot o ‘tkazish:
1. Ta’lim sifatini va o ‘zlashtirish samarasini yuksaltiradi.
2. Ta’lim xizmatlariga kirishni osonlashtiradi.
3. Kerak bo'lgan axborotga kirish va qidirishni tezlashtiradi.
4. Elektron adabiyotlar bilan ishlashni o ‘rgatadi.
5. Xorijiy davlat adabiyot manbalaridan foydalanish imkonini beradi.
6. Internet tarm og'idan keng foydalanish imkonini yaratadi.
7. Xorij universitetlari o ‘quv
materiallaridan, o ‘qitish dasturlaridan,
ilmiy-tadqiqot ishlaridan, kutubxona va jurnallaridan foydalanish hamda
masofaviy o‘qitish kurslari kirib ta ’lim olish imkonini beradi.
Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini o ‘quv jarayonida qo‘llash
darajasini oshirish va jahon standartlariga yaqinlashtirish
talabalar va
professor o'qituvchilar bilimini doimo oshirib borishga yordam beradi.