‘£b e k is t 0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi kamilova firuza kuchkarovna kamilov zafarjon kamolovich xalqaro turizm bozori


 .2 . Xalqaro turizm va uning mamlakat iqtisodiyotiga ta ’siri



Download 3,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/76
Sana30.03.2022
Hajmi3,99 Mb.
#517953
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   76
Bog'liq
10-y-Xalqaro-turizm-bozori.-Oquv-qollanma.-F.K.Kornilova-Z.K.-Kamilov.-T-2011. (1)

2 .2 . Xalqaro turizm va uning mamlakat iqtisodiyotiga ta ’siri
Turizm um um iy iqtisodiy o ‘sishga, kam rivojlangan rayonlaming 
rivojlanishiga ko‘maklashadi. Yaxshi rivojlanmagan rayonlarda turis­
tik m arkazlarni ochish ko‘pgina davlatlarning asosiy usuli hisoblanadi. 
Tog‘ va qishloq joylarida turistik markazning tashkil qilinishi shu joylar- 
ning o ‘zlashtirilishiga, aholi turm ush sharoitining yaxshilanishiga 
yordam beradi. 
,
X alqaro va milliy turizm ning rivojlanishi ko‘plab qishloq joylariga 
yangicha hayot olib kelishi, aholining jipslashuviga ko‘mak berishi va 
shu joyning o ‘zida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni 
tashkil etishga katta turtki b o ‘lishi mumkin. Bunga yorqin misol qilib
60-yillarda achinarli holatda b o ‘lgan Ossua qishlog‘ini olsa b o ‘ladi. 
100 yil ichida bu yer aholisining yarmi yo‘qolib ketdi: 1961-yilda unda


766 kishi yashagan, 1962-yilda esa 339 kishi qoldi. Ko‘pchilikning 
fikricha bu qishloq o ‘limga m ahkum qilingandi. Aytib o ‘tish m uhim - 
ki, qishloq aholisi qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullangan, 1976-yilda 
unda 4 tagina oila qoldi xolos. M ahalliy hukum at zudlik bilan tog‘ 
tu riz m in i riv ojlan tirish t o ‘g ‘risid a q a ro r qabul q ild i. M ex an ik
ko‘targichlar va turistik bazalar qurish yo‘lga q o ‘yildi. 1981—1983- 
yillarda 700 o ‘rinli m ehm onxonalar qurildi va keyinchalik bu sonni 3 
mingga ko‘tarishga niyat qilindi. Shunday qilib, mahalliy iqtisodning 
rivojlanishiga zamin yaratildi.
Keyingi yillarda ko‘pgina mamlakatlarda shaharliklarning fermalarda 
hordiq chiqarishi odat tusiga kirib qoldi. Bu shunga olib keldiki, qish­
loq aholisi turizm bilan bogMiq ikkinchi ixtisosga ega bo'lish va joylarda 
turistik majmua qurib ishga tushirish bilan esa turm ush sharoitini 
yaxshilab olish imkoniga ega.
Turizm sanoatining xarakterli tom onlaridan biri xalqaro m ehnat 
taqsim oti tizimidagi xizmat ko‘rsatish korxonasidir. Xorijiy turizm - 
ning rivojlanganligi natijasida ushbu xizmat ko‘rsatish korxonasi o ‘z 
xizm atlarini boshqa tovarlar kabi m ahsulot sifatida sota boshlaydi. 
Xalqaro turizm uchun xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashish m ablag‘lar 
tush ish iga olib keladi. Turizm sanoati xizmat ko'rsatish ko‘lam ining 
um um iy kengayishiga, m intaqalardagi aholi darom adining oshishiga 
ta ’sir ko‘rsatadi.
X alqaro turizm ko‘lam ining kengayishi bilan xizm at ko‘rsatish 
korxonalarining soni ham oshib boraveradi.
Turizmga ta ’sir ko‘rsatish sohasiga ko‘plab turdagi konconalar kiradi 
va ular turistik mavsum davom ida ishga tushadi, ularning pul aylan- 
masi turistlar soniga qarab o rta boradi.
Xalqaro turizmga ta’sir etuvchi xizm at ko'rsatish sohalariga oziq- 
ovqat, kiyim-kechak, oyoq kiyimi, zargarlik buyum lari, antiqa b u - 
yum lar, atir-upalar do‘konlari, attorlik m ollari, gul d o ‘koni, tam aki 
m ahsulotlari d o ‘koni, qurilish va t a ’m irlash, kir yuvish xizm atlari, 
yoqilg‘i quyish shoxobchalari va h.k. kiradi.
Xalqaro turizm ning rivoji ray on d a misli k o ‘rilm agan iqtisodiy 
o ‘sishga olib kelishi mumkin. Bunga Yevropadagi 3 ibodat m arkazi 
b o ‘lmish shaharning biri — Lurd misol bo ‘ladi. 5 ming aholisi b o ‘lgan 
bu shaharchada o ‘ziga xos turistik resurslar mavjud: qasr, to g‘dagi 
qam oqqa aylantirilgan qadim iy qal’aning qoldig'i.
1858-yilga kelib, bu shaharda m o ‘jiza yuz berdi. S haharda topilgan


manba m o ‘jizaviy deb topildi va Lurdga minglab odam lar oqib kela 
boshladilar. Tadbirkorlar bundan foydalana boshladilar.
Shahardagi m o‘jizaning paydo bo'lgan yili atigi 2 m ehmonxona 
b o ‘lgan b o ‘lsa, 100 yil o ‘tib, Lurd Yevropadagi eng yirik meh- 
monxonalari mavjud shaharga aylandi. 80-yillarda u m ehmonxona soni 
bo‘yicha fransuz shaharlari ichida 2 -o ‘rinni oldi. Shahardagi 226 meh- 
monxonada 3000 ishchi xizmat ko‘rsatadi. H ar yili shahar 3,5 million 
turistlarni qabul qiladi, buning 59% i xorijliklardir.
Faqat turizm ayni rivojlangan rayonda talabning keskin tushib ketishi 
juda xavflidir. Sayohat joyininig eskirishi, odam larda qiziqishning 
yo‘qligi, turistlarning kamayishi natijasida mazkur rayon iqtisodida 
inqiroz ham ro ‘y berishi mumkin. Bunga misol qilib, Fransiyadagi 
m ineral suv kurortlarini olsa b o ‘ladi.
Fransiyada 120 ta mineral suv manbalari mavjud. Bu butun Yev­
ropadagi nafaqat soni bo‘yicha, balki suvning tarkibidagi minerallar- 
ning soniga ko‘ra ham eng boy manbalardir. Ikkinchi jahon urushi 
arafasida fransuz mineral suv kurortlari dunyoda birinchi o ‘rinni egal- 
lagan. Faqat keyingi paytlarda birinchi jahon urushidan oldin yaratilgan 
m o d d iy -tex n ik a bazasi y angilanm adi, chunki m anba egalari o ‘z 
kapitalini mineral suvlarni quyish va qadoqlashga sarfladilar. Natijada 
Fransiya yiliga 2 mlrd. litr mineral suv ishlab chiqaradigan yirik maj- 
muaga aylandi, shu bilan birga xorijiy turistlar qatnovi ham kamaya 
bordi, bu esa turizm asosiy rol o ‘ynagan mintaqa iqtisodiga zarar, 
ya’ni tangchilik keltiradi.
Turizm rivojining kelajagini aniqlash uchun aw alo, moddiy-texnik 
bazasi, turistik resurslar ko‘lami, mazkur turistik mahsulotga bo‘lgan 
talabni chuqur o ‘rganish lozim. Bu ishda turistik resurslarning bahosini 
haddan tashqari oshirib yubormaslik lozim. Masalan, m a’lum bir min- 
taqadagi tarixiy yodgorlik faqat shu joyning o‘zi uchungina qiziqarli 
b o ‘lishi m um kin, xalqaro m aydonda esa boshqa ko‘plab yodgorlik- 
larning oldida m azkur yodgorlikning u qadar ahamiyati bo‘lmasligi va 
turistlarni o ‘ziga jalb qilmasligi m um kin va shuning uchun ham bun­
day rayonlarda m oddiy-texnika bazasini yaratishdan ko‘p foyda olish 
amri mahol. Turistik resurslami baholashda, qo‘shni rayondagi resurslar- 
ni ham hisobga olish kerak b o ‘ladi. Turistik moda qo‘yadigan talabni 
(m asalan, otlarda sayohatga chiqish va h.k.)ni ham e ’tibordan chetda 
qoldirmaslik lozim.
Shunday qilib, qoloq rayonda barpo etilgan turistik m arkaz uning


rivojlanishiga olib keladi. B undan tashqari, bu kabi “ rivojlanish 
qutblari” ning tashkil etilishi kelgusida iqtisodiy disproporsiyaning chu- 
qurlashuvini keltirib chiqaradi.
Shunisi aniqki, agar turistik siyosat m intaqa m anfaatlariga zid 
kelmasa, Xalqaro turizm o ‘z -o ‘zidan mahalliy iqtisodning gullab-yash- 
nashiga kafll bo‘la olmaydi.

Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish