Nazorat savollari
1. Turizmda xodim lar soni ko‘rsatkichi qanday aniqlanadi?
2. M a’muriyat xodimlari soni va tarkibining kelajakda o ‘zgarishi
qanday?
3. Xodimlar soni va tarkibining kelajakda o ‘zgarishi qanday?
4. Turizmda kadrlar tayyorlash im koniyati 0 ‘zbekistonda qanday?
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Asosiy adabiyotlar
1 .F . Kornilova. Turizm marketingi. «Uzinkomsentr», 2003. 91 —
94-betlar.
2. Kotler P., Bowen J., Makens J. M arketing for Hospitality and
Tourizm . —2 th / U pper Saddle River:
Printed Halle, 2003. 78—89 p.
3. А.П.Дурович. М аркетинг в туризме. ООО «Новое знание»,
2004. 3 0 5 - 3 17-betlar.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Дехтярь Г.М. Л ицензирование и сертиф икация в туризме.
- М.: 2003.
2. Скобкин С.С. М аркетинг и продажа в гостиничном бизнесе.
— М.: Юрист, 2001.
3. Ф илипповский Е.Е., Илмарова Л.В., Э коном ика и стратегия
гостиничного хозяйства. — М.: Ф ин ансы и статистика», 2003.
8 -B O B . SE G M E N T L A SH E N G IS T IQ B O L L I
M A Q SA D L I B O Z O R N I T A NLA SH V O S IT A S I
SIFA TIDA
8.1. Segmentlash mezonlari.
8.2. Turizmda bir necha mezon bo‘yicha segmentlash.
8.3. Maqsadli bozorni tanlash.
8.4. Demografik segmentlar va ularning ahamiyati.
8.1. Segmentlash mezonlari
Turistik korxona murakkab bozor sharoitlarida faoliyat yuritayotib
kimga, qanday xizmat ko‘rsatish kerakligini aniq bilishi shart. G ap
shundaki, marketing nuqtayi nazaridan, har bir bozor bir-biridan ta ’bi,
istaklari, ehtiyojlari bilan farq qiladigan va turistik xizmatlarning turli
motivlaridan kelib chiqib, xarid qiladigan iste’molchilardan iborat. Shu
sababli m uvaffaqiyatli m arketing faoliyatining am alga o sh irilish i
iste’molchilarning turli guruhlarining o ‘zlariga xos afzalliklarini hisobga
olishni ko‘zda tutadi. Aynan shu bozorni segmentlashning asosini tashkil
e ta d i.
S e g m e n ta tsiy a
(seg m en tlash )
y o rd am id a
p o te n s ia l
iste’molchilarning um um iy miqdoridan turistik mahsulotga u yoki bu
darajada bir xil talablarga ega b o ‘lgan aniq turlar (bozor segm entlari)
tanlab olinadi.
Turistik bozorni segmentlash — potensial
xaridorlar talablarining
sifatiy va miqdoriy o ‘ziga xosliklariga mos ravishda turkum lash sifatida
ta ’riflanadi. Korxona segmentlashni amalga oshirayotib bozorni mijoz-
lam ing alohida guruhlariga boMadiki, ularning har biri uchun bir xil
yoki o ‘xshagan xizm at turlari talab etilishi m um kin bo‘ladi.
Segmentlashning asosiy maqsadi — turistik mahsulotga yo‘nalish
berish bo‘lib, u barcha iste’molchilarning talablariga javob bera olmaydi.
U ning vositasida m arketingning asosiy tam oyili — iste ’m olchiga
m o ‘ljallanish amalga oshiriladi. Bunda turistik korxona o ‘z kuchlanish-
larini to ‘rt tarafga tarqatm ay, balki «asosiy zarba yo‘nalishida» (u uchun
eng istiqbolli b o ‘lgan bozor segmentlariga) markazlashtiradi. Shuning
bilan savdo, reklama, sotuvlarni rag‘batlantirishning boshqa shakl va
uslublari qo‘llanilish samaradorligining oshirilishiga olib keladi.
D em ak, segmentlash bir tom ondan, turistik korxonaning
marketing
faoliyati yo‘naltiriladigan bozor qismlarini topish va obyektlarini (av-
valo iste ’m o lch ila rin i) aniqlash usullarini aks ettirad i. Ik k in chi
tom ondan, bozor bilan bog‘liq b o ‘lgan qarorlar qabul qilish jarayoniga
boshqaruvchilik yondashuvi ham da marketing unsurlarining optimal
birikmasini tanlash asosidir.
Turizmdagi marketing am aliyoti shunga kafolat beradiki, bozorni
segmentlash:
— o ‘z maqsadiga ega istiqbolli
bozorni tanlash vositasidir;
— mijozlarni eng ko‘p (maksimal) darajada qoniqtirish imkonini
beradi;
— optimal marketing strategiyasini tanlashga yordam beradi;
— erishib bo‘ladigan va aniq m aqsadlarning qo‘yilishiga;
— qabul qilinayotgan qarorlar darajasini, ularning asoslanishini
iste’molchilarning bozordagi xatti-harakatlari to ‘g‘risidagi axborot bilan
ta ’minlab amalga oshirish im konini beradi;
— ham taklif
etilayotgan xizm atlarning, ham um um an olganda
korxona raqobatbardoshligining oshirilishini ta ’minlab beradi;
— turistik korxona marketing xarajatlarining optim allashtirilishini
ko‘zda tutadi;
— raqobat kurashini chetlab o ‘tish yoki egallanmagan segm entni
o ‘zlashtirish yo‘li bilan uning darajasini pasaytirish im konini beradi.
Bozorni segmentlash — so ‘zsiz, turizm dagi m arketingning eng
muhim dasturlaridan biri. Raqobat kurashidagi muvafTaqiyat uning
qanchalik to ‘g‘ri amalga oshirilganligiga bog‘liq bo'ladi. Samarali bo'lishi
uchun segmentlash alohida belgilar b o ‘yicha olib borilishi shart.
Belgi — bozorda berilgan segm entni belgilash usuli.
Turli m ual-
liflar tom onidan taklif etilayotgan va turistik faoliyat am aliyotida foy-
dalanilayotgan bozorni segmentlash belgilari, ko‘p jihatdan nihoyat
darajada o ‘zaro o'xshashdirlar. Shu yerda qayd etib o ‘tish kerakki,
segmentlashga b o ‘lgan biror-bir universal yondashuv mavjud emas.
Shu sababli belgilangan bozorda talab va taklifning o ‘ziga xos to m o n -
larini hisobga olgan holda bir necha belgilar asosida (bir vaqtning
o ‘zida bir yoki b ir necha) segm entlash
variantlaridan foydalanish
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Turizmda segmentlashning asosiy belgilari:
— geografik;
— demografik;
— ijtimoiy-iqtisodiy;
— psixografik;
— xulqiy (xatti-harakat, yashash tarzi).