B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/126
Sana17.10.2022
Hajmi2,22 Mb.
#853638
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   126
Bog'liq
13ab082b6aa0697ba7521f82e74e7ae4 INDIKATIV REJALASHTIRISH

 
 
 


62 
3.3. Dasturiy-maqsadli rejalashtirish 
Maqsadli dasturlar rejalashtirishning muhim unsuri hisoblanadi. 
Davlat darajasidagi yig’ma maqsadli dasturlar hal etish uchun milliy 
iqtisodiyotni rivojlantirish muammolarini qamrab olgan dasturlar sifatida 
ishlab chiqiladi. Dasturiy-maqsadli usul yirik muammolarning hal 
etilishini markazlashgan tarzda boshqarishning samarali vositasi bo’lishi 
mumkin. 

maqsadlar, 
ustuvor yo’nalishlarni ajratishni, reja 
ko’rsatkichlarida ifodalanadigan maqsad vazifalarini shakllantirishni, 
resurslarga bo’lgan ehtiyojni aniqlashni, oldinga qo’yilgan maqsadlarni 
amalga oshirish uchun chora-tadbirlarni ishlab chiqishni o’z ichiga oladi.
Davlat dasturlari o’ta muhim davlat vazifalarining cheklangan doirasi 
bo’yicha prognozlardan kelib chiqib shakllanadi, ularni moliyalash esa 
davlat byudjetidan va byudjetdan tashqari fondlardan amalga oshirilishi 
kerak. Shartnomaga ko’ra ushbu dasturlarga korxonalarni, aholini, xorijiy 
sarmoyadorlarni jalb qilish mumkin. Dasturlarning moddiy-texnika 
ta’minoti davlat ehtiyojlari uchun davlat shartnoma tizimi orqali davlat 
buyurtmasi xili bo’yicha etkazib berishlar hisobidan amalga oshadi. 
Loyihalashtirish. Loyihalashtirish 
– rejalashtirishning barcha 
tartibotlarining yakunlovchi bosqichi. Uning maqsadi barcha darajalar va 
vaqt gorizontlari indikativ rejalarining loyihalarini ishlab chiqishdan 
iborat. 
Reja loyihasi boshqaruv butkul obyektining holatini ilmiy jihatdan 
oldindan ko’ra bilishdan iborat bo’lgan boshqaruv subyektlari 
strategiyasini amalga oshirish yuzasidan boshqaruv qarorining loyihasini 
o’zida namoyon etadi. Indikativ reja – bu uzoq muddatli istiqbolda 
boshqaruv butkul obyekti (korxona, mintaqa, mamlakat)ning holatini ilmiy 
jihatdan oldindan ko’ra bilish. Oldindan ko’ra bilish quyidagilarga 
asoslangan: 
1) iqtisodiyot obyektlarining rivojlanishini loyihalashtirish tizimi; 
2) muddatlar, resurslar, ijrochilar bo’yicha kelishilgan tadbirlar tizimi 
(strategik reja loyihasining dasturiy qismi); 
3) iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani 
rivojlantirish. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida quyidagi qoidaga amal qilinishi kerak: 
boshqariladigan tizimning darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, reja 
loyihalarida iqtisodiy, ijtimoiy, fan-texnika, ekologik tashqi iqtisodiy 
rivojlanish prognozlari tizimi bo’lishi kerak. 


63 
Strategik rejalar boshqaruv subyektlarining siyosatini amalga 
oshirish vositasi sifatida qo’llanilishi; ularni rivojlantirish maqsadlari va 
yo’nalishlarini ochib berishi; umuman jamiyatni va uning alohida kichik 
tizimlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bosqichlarini belgilab berishi; 
jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining o’lchovi, mezoni sifatida 
ishtirok etishi ushbu rejalarning muhim o’ziga xos xusuiyati hisoblanadi. 
Loyihalashtirish jarayonida quyidagi vazifalarni hal etish uchun 
tegishli boshqaruv obyektlarini rivojlantirishning turli variantlari ishlab 
chiqilishi kerak: a) ushbu xo’jalik vaziyatida optimal hisoblangan indikativ 
reja loyihasini tanlash; b) bozor kon’yunkturasi sharoitlariga mos keluvchi 
indikativ reja loyihasini ishlab chiqish. 
Iqtisodiyotning o’tish davri sharoitida rejalarning ijtimoiy-iqtisodiy 
yo’naltirilishi o’zgarishi kerak: 
– rejalar ma’muriy bo’ysundirish qurolidan muvazanatlashgan 
rejalashtirish vositasiga aylanadi; 
– rejalarni loyihalashtirishning strategik xususiyati kuchayadi 
(makroiqtisodiy rejalashtirishda bozor xo’jaligi sharoitida asosiy e’tibor 
iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirishga qaratiladi); 
– strategik rejalar loyihalarining ilmiy jihatdan asoslanganlik darajasi 
ortadi. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish