B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


 Aholi bandligining indikatorlari



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/126
Sana13.05.2022
Hajmi2,15 Mb.
#603116
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   126
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

 
11.4.2. Aholi bandligining indikatorlari 
 
Bandlik turmush darajasi va sifatini tavsiflovchi muhim 
makroiqtisodiy ko’rsatkichlar jumlasiga kiradi. Bandlik deganda katta 
yoshdagi (16 yoshdan katta) mehnatga layoqatli, ish bilan band bo’lgan 
aholining soni tushuniladi. 
Aholi bandligi muammosi – bu insonlarni mehnat faoliyatiga jalb 
etish muammosi va ularning mehnatga bo’lgan ehtiyojlarini ish o’rinlari 
bilan qanoatlantirish darajasi. Lekin barcha mehnatga layoqatli aholi ham 
ish bilan ta’minlanmagan, ishsizlar ham mavjud. Aholi bandligi 
to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq o’zlariga bog’liq bo’lmagan 


158 
sabablarga ko’ra ish o’rni va ish haqi (mehnt daromadi) bilan 
ta’minlanmagan, davlat bandlik xizmatlarida ish qidiruvchi sifatida 
ro’yxatga olingan, mehnat qilishga qodir va tayyor bo’lgan va ularga 
mazkur xizmat munosib ishni taklif qilmagan fuqarolar tan olinadi. Ya’ni 
pensiya yoshiga etmagan, o’zlariga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra 
ish haqidan mahrum bo’lgan va mehnatga layoqatli aholining faqat 
bandlik xizmati ularni ish bilan ta’minlamagan qismi ishsizlar 
hisoblanadi. 
Ishsizlik ish bilan ta’minlanmagan va uni qidiruvchi katta yoshdagi 
mehnatga layoqatli aholining soni sifatida tavsiflanadi. Bandlar va 
ishsizlarning umumiy soni ishchi kuchini tashkil qiladi. Ishchi kuchi 
mehnat qilishga qodir bo’lgan va mehnat qilayotgan, uy xo’jaligi bilan 
shug’ullanuvchi, mustaqil ishni malga oshiruvchi, ish qidiruvchi barchani 
o’z ichiga oladi. Bunga yoshi bo’yicha ishlab chiqarishga (yoki mehnat 
faoliyatiga) kirishmagan (bolalar) yoki yoshi bo’yicha undan chiqqan 
(pensionerlar) shaxslar, shuningdek ta’lim olayotgan yoshlar (o’quvchilar, 
talabalar), nogironlar va harbiy xizmatchilar, bir so’z bilan aytganda, 
ishlay olmaydigan va ishlashi shart bo’lmagan, shuningdek ish 
qidirmagan shaxslar kirmaydi. 
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, barcha mehnatga layoqatli 
aholining bandligini ta’minlashning iloji yo’q. Chunki ayrimlar ishchi 
kuchiga qo’shiladi, boshqalari undan chiqadi, uchinchilari esa ishdan 
bo’shatiladi yoki o’zlari bo’shaydi, to’rtinchilari ish qidirish jarayonida 
bo’ladi, ishchi kuchining normal harakatlanishi yuz berib, bunda ularning 
bir qismi qandaydir vaqtga ishsiz qoladi. Masalan, AQShda barcha ishchi 
kuchining 1/5 qismi har yili ishini almashtiradi. 
Bandlik stiklli ishsizlik mavjud bo’lmagan taqdirda to’liq bo’lib 
qoladi: to’liq bandlikni ta’minlash uchun frikstion va tarkibiy ishsizlik 
hisobga olinmaydi. 
Demak, to’liq bandlik ishsizlikning mavjud emasligini anglatmaydi. 
G’arb adabiyotida to’liq bandlik sharoitida ishsizlikning tabiiy darajasi 
frikstion va tarkibiy ishsizlik yig’indisiga teng deb qabul qilinishi bejizga 
emas. 
Ishsizlikni 
hisoblab 
chiqish 
uchun turli ko’rsatkichlardan 
foydalaniladi, lekin ishsizlik me’yori umumiy qabul qilingan, shu 
jumladan Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan qabul qilingan ko’rsatkich 
hisoblanadi. U ishsizlar umumiy sonining ishchi kuchiga foiz hisobida 
ifodalangan nisbati sifatida belgilanadi. G’arb iqtisodchilari ishsizlikning 
5-6 foiz chegarasidagi tabiiy darajasini normal va muqarrar holat deb 


159 
hisoblashadi. Agar ishchi kuchining bandligi 94—95 foizni tashkil qilsa, 
bu hol mehnatga layoqatli aholining to’liq bandligiga erishilganlikni 
anglatadi. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tishda bandlik muammosiga nisbatan 
qarashlar tubdan o’zgaradi. Insonning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok 
etish majburiyati bilan mustahkamlanadigan barcha mehnatga layoqatli 
aholining umumiy bandligi mafkurasi o’rniga bandlikning shakli va turini 
erkin tanlash konsepsiyasi keladi, ya’ni har bir inson ish o’rni va mehnat 
faoliyatining turini erkin tanlashga va unda ishtirok etish to’g’risida qaror 
qabul qilishga haqli. 
O’zbekiston Respublikasining bandlik to’g’risidagi qonun 
hujjatlarida shu narsa nazarda tutilganki, mamlakatning har bir fuqarosi 
ijtimoiy foydali faoliyatning qonun hujjatlariga zid bo’lmagan istalgan 
turini ixtiyoriy ravishda tanlashga, ish o’rni va turini erkin tanlashga 
haqli, ya’ni mehnat qilishning ixtiyoriyligi demokratik tamoyili amal 
qilmoqda. Insonlarni mehnat qilishga ma’muriy majburlash taqiqlanadi. 
Hozirgi vaqtda kasanachilik, uy xo’jaligi, bolalarni tarbiyalash, qariyalar 
va nogironlarni parvarish qilish va hokazolar mehnat faoliyatining 
qonunan ijtimoiy tan olingan shakllari sifatida namoyon etilgan. 
Teng foydalanish imkoniyati tamoyillari asosida o’rindoshlik 
bo’yicha ishlash, vaqtinchalik ish, bandlikning vaqtinchalik shakllari, 
o’zgaruvchan grafik bo’yicha ishlash o’rin tutishi kerak. 
Mehnatni tashkil qilish turli shakllarining ahamiyati shundan 
iboratki, ularning erkinligi, moslashuvchanligi bozor iqtisodiyotining ruhi 
va tamoyillariga mos keladi. 
Aholining bandligi to’g’risidagi qonun hujjatlari mehnat qilish 
huquqi kafolatlari majmuini va insonlarga, ularning kasbi, staji, yoshi va 
yashash joyini hisobga olgan holda, mos ishni taklif etish chora-
tadbirlarini nazarda tutadi. 
Bandlikni davlat yo’li bilan tartibga solish jahon tajribasiga to’xtalib 
o’tamiz. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda ishsizlarga ijtimoiy 
yordamning turli xillaridan, shuningdek turli xildagi subsidiyalardan keng 
foydalaniladi. 
Bandlik sohasida indikativ rejalashtirish orqali davlat yo’li bilan 
tartibga solishning ta’siri quyidagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha amalga 
oshirilmoqda: 
1) bandlikning o’sishini rag’batlantirish va davlat sektorida ish 
o’rinlari sonini oshirish dasturlari; 
2) ishchi kuchini tayyorlash va qayta tayyorlash dasturlari;


160 
3) ishchi kuchini yollashga ko’maklashish dasturlari.
Davlat subsidiyalari bilan qisman bandlik yoki to’liqsiz ish haftasi 
bilan ishlash kabilar rag’batlantiriladi. 
Ishsizlik darajasini pasaytirish maqsadida “muddatdan oldin” 
pensiyaga chiqish amaliyoti qo’llanilmoqda. Masalan, AQShda 1980-
yillarda pensiya oldi yoshidagi shaxslarni 23 foizi uchun mehnat faolligi 
davri qisqartirildi. Angliyada muddatdan oldin pensiyaga chiqish 
hisobidan 750 ming ish o’rni barpo etildi. Ijtimoiy yordam haqida 
to’xtaladigan bo’lsak, u bir necha yo’llar bilan amalga oshiriladi: ishsizlik 
bo’yicha nafaqa, moddiy yordam. 
Bandlikni ro’yxatga olish bir necha darajada amalga oshiriladi:
- umumdavlat darajasi, bunda jamiyatning dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy 
vazifalari hal etilib, qabul qilinadigan qarorlarning aksariyati u yoki bu 
darajada bandlikda o’z aksini topadi; 
- mahalliy hokimiyat vakolatlari va tegishli byudjetlar imkoniyatlari 
doirasida bo’lgan mintaqaviy daraja, unda mehnatni tartibga solish, shu 
jumladan, xodimlarning ommaviy bo’shatilishining oldini olish
ishsizlarga ijtimoiy yordam berish masalalari bo’yicha qarorlar qabul 
qilinadi; 
- mahalliy daraja, bunda mehnat bozori subyektlari, muayyan 
shaxsning ish beruvchi, Bandlik markazi, mahalliy ijroiya hokimiyat 
organlari bilan o’zaro hamkorligi amalga oshiriladi. 
Barcha darajalarda tartibga solish ijtimoiy yo’naltirilgan bozor 
iqtisodiyotining umumiqtisodiy konsepsiyasi asosida amalga oshirilishi 
kerak.
Mehnat bozorida vaziyatning yomonlashuvi mahalliy qonun 
chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, bandlik xizmatlaridan 
mehnat bozoridagi ekstremal sharoitda aholining bandiligini ta’minlash 
yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar qabul qilishni talab qiladi. 
Quyidagilar shular jumlasidandir: 
- ijtimoiy keskinlikka barham berish yuzasidan shoshilinch qisqa 
mudatli tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish;
- xodimlarni ommaviy tarzda ishdan bo’shatayotgan korxonalar va 
tashkilotlarning moliyaviy ahvolini ekspertiza qilish;
- xodimlarni ommaviy tarzda ishdan bo’shatish jarayonini to’xtatish 
yoki uni bosqichma-bosqich amalga oshirish; 
- ijtimoiy mehnatlar ko’lamini oshirish; 
- qayta tashkil qilish va tugatish tadbirlari o’tkazilayotgan davrda 
korxona xodimlarini o’qitish va qayta tayyorlashni tashkil qilish. 


161 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish