49
yurituvchi subyektlar, respublika mintaqalari va markaziy hokimiyat
organlarining faoliyatini uyg’unlashtirish.
Indikativ rejalashtirish tizimi – hukumatning ijtimoiy-iqtisodiy
siyosatiga mos keluvchi iqtisodiyot holatini va rivojlanishini tavsiflovchi
indikatorlarni (ko’rsatkichlarni) shakllantirish hamda ushbu indikatorlarga
erishish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni davlat yo’li bilan
tartibga solish choralarini belgilash hisoblanadi.
Haqiqiy ijtimoiy-iqtisodiy holatni baholashdan tashqari, indikatorlar
quyidagilarga yo’naltirilgan bo’lishi lozim:
iqtisodiyotning samarali rivojlanishi va aholining ijtimoiy
farovonligi darajasini
belgilash;
ijro etuvchi hokimiyat organlarining harakatlarini rejalashtirish;
rejalashtirilgan natijalarga erishish ustidan nazorat qilish;
tartibga soluvchi ta’sir etish choralarini ko’rish;
ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish
organlari faoliyatining samaradorligini baholash.
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solishning turli
darajalariga muvofiq indikatorlarning quyidagi tizimi belgilanishi
mumkin:
1. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi indikatorlari tizimi (1-
daraja – «Respublika»). U umumlashtirilgan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar
va respublika ko’rsatkichlarning cheklangan doirasi (yalpi hududiy
mahsulot, iqtisodiyotda ko’zda tutilayotgan tarkibiy siljishlar, iqtisodiyot
real sektori tarmoqlarining rivojlanishini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar va
ijtimoiy
ko’rsatkichlar) bo’yicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini
tavsiflovchi aholi turmush darajasi ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi.
2. Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi indikatorlari tizimi (2-daraja – «Tarmoq»). Iqtisodiyot
tarmoqlari va ijtimoiy sohaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi indikatorlari
tizimi tarmoqlar, tarmoqlararo majmualar, shuningdek respublika aholisiga
xizmatlar ko’rsatish sohasi rivojlanishining muhim yo’nalishlarini aks
ettiradi.
3. Respublika tumanlari va shaharlarining ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi indikatorlari tizimi respublika mahalliy
tuzilmalari hududlari
iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasining rivojlanishini tavsiflaydi (3-daraja –
«Hudud»). U hudud tumanlari (shaharlari), aholi punktlarining ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishini tavsiflovchi umumlashtirilgan ko’rsatkichlar o’z
ichiga oladi.
4. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi
50
indikatorlari tizimi (4-daraja – «Xo’jalik yurituvchi subyekt»). Mazkur
tizim iqtisodiyot real sektorining nodavlat va davlat korxonalari hamda
ijtimoiy soha tarmoqlari byudjet tashkilotlari (muassasalari)ning
rivojlanish indikatorlarini o’z ichiga oladi.
Indikatorlar tizimi quyidagi talablarga javob berishi kerak.
Birinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va tartibga
solishning ushbu darajasi uchun indikatorlarning yagonaligi va
majburiyligi. Ikkinchidan, indikatorlar yiriklashish va maydalashish
qobiliyatiga ega bo’lishi, qiyoslanadigan bo’lishi lozim.
Indikatorlar aniq
o’lchovga ega bo’lishi, ya’ni aniq va o’lchanadigan bo’lishi kerak.
Umuman olganda indikatorlar tizimi ijtimoiy-iqtisodiy soha faoliyatining
barcha jihatlari yalpi tavsiflanishini ta’minlashi zarur. Shuningdek,
indikatorlar tizimi ixcham, moslashuvchan, boshqaruvning har bir
darajasida sodir bo’layotgan barcha o’zgarishlarni aks ettirishga qodir
bo’lishi lozim.
Indikatorlar manzilli bo’lishi hamda vazirliklar va idoralar, mahalliy
o’zini o’zi boshqarish organlarining Funksional faoliyati bilan bog’liq
bo’lishi kerak. Indikatorlar ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy
o’zini o’zi boshqarish organlarini, xo’jalik
yurituvchi subyektlarni
iqtisodiy o’sishni ta’minlashga va respublika aholisining turmush
darajasini oshirishga yo’naltirishi lozim. Boshqaruvning har bir darajasi
uchun indikatorlar soni cheklangan bo’lishi kerak.
Indikativ rejalashtirishni joriy etishdan maqsad davlat hokimiyat
organlari, mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarini va xo’jalik
yurituvchi subyektlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish va
respublika aholisining turmush darajasini oshirishga yo’naltirilgan sa’y-
harakatlarining uyg’unligini ta’minlashdan iborat.
Indikatorlarni shakllantirish vaqtga ko’ra bog’langan jarayon. Ushbu
holatda boshqaruv obyektining holatini tavsiflovchi yagona indikatorga
erishish maqsadi qo’yiladi.
O’zbekiston Respublikasida indikativ rejalashtirish tizimining joriy
etilishi quyidagi bosqichlarni o’z ichiga olishi lozim.
1-bosqich - «Tayyorgarlik». U indikativ rejalashtirish tizimini joriy
etishga doir normativ-huquqiy bazani shakllantirish,
uslubiy tavsiyalarni
va respublika, tarmoqlar, tumanlar, shaharlar hududlari va xo’jalik
yurituvchi subyektlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish indikatorlari
tizimini ishlab chiqish, indikatorlar chegara qiymatlariga erishish
monitoringini yuritishni tashkil etish tadbirlarini o’z ichiga oladi.
51
2-bosqich - «Indikativ rejalashtirish tizimi». 2-bosqich tadbirlari
rejalashtirishning asosiy unsurlarini ishlab chiqishga qaratilgan, bular:
prognozlashtirish
jarayonini takomillashtirish, byudjet va investistiya
jarayonlarini, davlat buyurtmalarini boshqarish, tarmoqlar, hududlar va
xo’jalik yurituvchi subyektlarning respublika dasturlari va indikativ
rejalarini shakllantirish.
3-bosqich - «Indikativ boshqarish tizimi». Indikativ boshqarish
tizimining to’liq stiklini joriy etish.
O’zbekiston
Respublikasining
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi
indikatorlari tizimini shakllantirish natijasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
indikatorlarining ro’yxati va chegara qiymatlari aniqlanishi kerak.
Iqtisodiy o’sish konsepsiyasi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozi
O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi indikatorlari
ro’yxatini aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin. Indikatorlar
ro’yxati respublika Hukumati tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy
siyosatning ustuvor yo’nalishlariga muvofiq har yili qayta ko’rib chiqilishi
mumkin.
O’zbekiston uchun optimal hisoblangan indikativ rejalashtirish
tizimini asoslash uchun uslubiy asoslarni indikativ rejalashtirish tizimining
asosiy unsurlarini ko’rib chiqish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: