B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Davlatning makroiqtisodiy siyosati va ularni boshqarishda



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/126
Sana13.05.2022
Hajmi2,15 Mb.
#603116
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   126
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

10.2. Davlatning makroiqtisodiy siyosati va ularni boshqarishda 
byudjet resurslarining ahamiyati 
 
Hozirgi sharoitda davlat moliyasining ahamiyati g’oyat yuksak. 
Davlat moliyasi yordamida va uning hisobidan umumiy talab 
rag’batlantiriladi; tarkibiy va ilmiy-texnik siyosat amalga oshirilib, 
iqtisodiyot barqarorlashtiriladi. Davlat moliyasi vositasida turmushning 
ma’lum darajasiga erishishni ta’minlovchi ijtimoiy dasturlar va tadbirlar 
amalga oshiriladi. Moliyaviy siyosatning asosiy vazifasi umumiy talab 
bilan umumiy taklif o’rtasida makroiqtisodiy barqarorlikka erishishdan 
iborat. 
Byudjet quyidagi vazifalarni bajaradi: 
• YaIMni qayta taqsimlash; 
• iqtisodiyotni davlat yo’li bilan tartibga solish va rag’batlantirish; 
• byudjet sohasini moliyaviy ta’minlash va davlatning ijtimoiy 
siyosatini amalga oshirish; 
• pul mablag’larining markazlashtirilgan fondlarini shakllantirish va 
ulardan foydalanishni nazorat qilish. 
Byudjetning taqsimlash Funksiyasi davlat va hududiy hokimiyat va 
boshqaruv darajalari bo’yicha pul mablag’larining markazlashtirilgan 


135 
fondlarini 
shakllantirish 
orqali 
namoyon bo’ladi. Rivojlangan 
mamlakatlarda turli darajadagi byudjetlar orqali YaIMning 50 
foizigachasi qayta taqsimlanadi. Byudjet yordamida davlat byudjet 
mablag’larini 
tarmoqlar, 
mintaqalarni 
qo’llab-quvvatlash 
yoki 
rivojlantirishga yo’naltirgan holda mamlakatning xo’jalik faoliyatini, 
iqtisodiy 
munosabatlarni 
tartibga 
soladi. 
Shu 
tariqa 
iqtisodiy 
munosabatlarni tartibga solish orqali davlat ishlab chiqarish sur’atlarini 
oshirshiga yoki pasaytirishga, sarmoyalar va xususiy jamg’armalar 
o’sishini jadallashtirishga yoki susaytirishga, talab va iste’mol tarkibini 
o’zgartirishni tartibga soladi. 
YaIMni byudjet orqali qayta taqsimlash bir vaqtning o’zida va 
uzluksiz kechadigan ikkita o’zaro bog’liq bosqichga ega: 
1) 
byudjet daromadini shakllantirish;
2) 
byudjet mablag’laridan foydalanish (byudjet xarajatlari).
Byudjet daromadlari - davlatning qonun hujjatlariga muvofiq davlat 
hokimiyati va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarining ixtiyoriga 
beg’araz va qaytarishsiz tartibda kelib tushuvchi pul mablag’lari. 
Byudjet daromadlarini shakllantirish jarayonida ijtimoiy takror 
ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan YaIMning bir qismi davlat 
foydasiga majburan olib qo’yiladi. Shu asosda davlatning soliq 
to’lovchilar bilan moliyaviy munosabatlari paydo bo’ladi. 
Byudjet daromadlari ularni to’lovchilar, soliq solish obyektlari, olib 
qo’yish usullari, to’lash muddatlari bo’yicha katta farq qiladi. Lekin shu 
bilan birga ular yagonaligi bilan farq qiladi, chunki turli darajadagi 
byudjetlarning daromad qismini shakllantirishdan iborat yagona maqsadni 
ko’zlaydi. Ularga pul shakli va naqsizlanish xos xususiyatdir. 
Byudjet daromadlari soliq va soliqdan tashqari xususiyatga ega. 
Yangidan shakllantirilgan qiymat va uni dastlabki taqsimlash natijasida 
olingan daromadlar (foyda, ish haqi, qo’shilgan qiymat, ssuda foizi, renta, 
dividendlar va h.k.), shuningdek jamg’armalar s
oliq daromadlarining
asosiy manbasi hisoblanadi. 
Byudjetlarning soliqdan tashqari daromadlari
davlatning iqtisodiy 
faoliyati yoki olingan daromadlarni byudjet tizimining darajalari bo’yicha 
qayta taqsimlash natijasida hosil bo’ladi. 
Byudjet daromadlarining tarkibi harakatchan bo’lib, u ko’p jihatdan 
muayyan iqtisodiy sharoitlar bilan belgilanadi. Masalan, aholining 
turmush darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarda jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromadlar, aholining turmush darajasi past bo’lgan 


136 
mamlakatlarda esa bilvosita soliqlar va yuridik shaxslardan olinadigan 
soliqlar asosiy soliq daromadlari hisoblanadi. 
Byudjet xarajatlari – davlat va mahalliy o’zini o’zi boshqarish 
organlari vazifalari va Funksiyalarini moliyalashga yo’naltiriladigan pul 
mablag’lari. 
Byudjet xarajatlari orqali 
byudjetdan mablag’ oluvchilar
– byudjet 
mablag’larining oluvchilari yoki taqsimlovchilari hisoblangan ishlab 
chiqarish va noishlab chiqarish sohasining tashkilotlari moliyalanadi. 
Shunday qilib, byudjet xarajatlari tranzit xususiyatga ega. Byudjetda faqat 
xarajatlar moddalari bo’yicha byudjet xarajatlari aniqlanadi, bevosita 
xarajatlarni esa byudjetdan mablag’ oluvchilar amalga oshiradi. Bundan 
tashqari, byudjet xarajatlari hisobidan dotastiya, subvenstiya, subsidiya va 
byudjet ssudalari orqali byudjet tizimining darajalari bo’yicha byudjet 
mablag’lari qayta taqsimlanadi. Byudjet xarajatlari asosan beg’araz 
xususiyatga ega bo’ladi. Qaytarishli asosda byudjet kreditlari va byudjet 
ssudalari berilishi mumkin. Byudjet xarajatlarining tarkibi har yili 
bevosita byudjet rejasida belgilanadi va huddi byudjet daromadlari 
singari, iqtisodiy vaziyatga va ijtimoiy yo’nalishlarga bog’liq. 
Byudjetning nazorat Funksiyasi taqsimlash Funksiyasi bilan bir 
vaqtning o’zida amal qiladi va byudjet mablag’larining kelib tushishi va 
ulardan foydalanish imkoniyatini va majburiyligini nazarda tutadi. 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish