24
foydalanishdan voz kechish, masalan, Rossiya
iqtisodiyotining chuqur
inqirozga yuz tutishiga sabablardan biri bo’ldi. Unga barham berish,
so’nggi yillardagi o’nlab iqtisodiy maqolalarda ta’kidlanganidek,
iqtisodiyotga davlat ta’sirining kuchayishini, shu jumladan indikativ
rejalashtirishning amaliy tizimini tashkil etishni nazarda tutdi. Biroq bunda
xujalik mexanizmini byurokratlashtirishga nisbatan haddan ziyod
markazlashuvga yo’l qo’maslik lozim edi. J.K.Gelbreytning so’zlariga
ko’ra, «rejalashtirish
manfaatlarini emas, balki jamiyat manfaatlarini aks
ettiruvchi rejalashtirish talab etiladi»
2
. Yana bir bor shuni ta’kidlash
lozimki, rejalashtirish bozor rag’batlari asosida amalga oshirilishi lozim.
Reja bilan bozorning o’zaro ta’siri bo’yicha chet el va mamlakatimiz (ham
ijobiy, ham salbiy) tajribasini hisobga olish hamda, eng asosiysi, uni
hozirgi sharoitga moslashtirish zarur.
Afsuski, indikativ rejalashtirish mavzui bizdagi adabiyotlarda
etarlicha namoyon etilmagan. Chet el
tajribasini yorituvchi va
O’zbekistonda indikativ rejalashtirishni amalga kiritish yuzasidan
muayyan xulosalar va tavsiyalarni o’zida mujassam etmagan ishlar
ko’pchilikni tashkil qiladi. Indikativ rejalashtirish tushunchasining
umumiy e’tirof etilgan ta’rifi mavjud emas.
Indikativ rejalashtirishning mohiyati va mazmuniy o’ziga xosligini
ishlab chiqishning muhim nazariy-metodologik yo’nalishlari
italiyalik
olim B.Dallago tomonidan tadqiq etilgan. Uning ta’kidlashicha, «indikativ
rejalashtirish davlat boshqaruvining ongli faoliyati sifatida ta’riflanadigan
makroiqtisodiy rejalashtirishning bir turi bo’lib, uning maqsadi ma’lum
vaqt o’tishi bilan umuman milliy iqtisodiyotni istalgan holatga olib
kelishdan iborat»
3
.
Xitoylik mualliflardan birining yozishicha: «Xitoyda makroiqtisodiy
rejalashtirish
iqtisodiyotning
xususiy
va
davlat
sektorlarini
uyg’unlashtirishga asoslangan. Davlat korxonalarining faoliyati iqtisodiy
mustaqillik sharoitida amalga oshirilishi tufayli, bizningcha,
Xitoyda
rejalashtirish direktiv emas, balki indikativ xususiyatga ega»
4
. Ushbu
tushuncha “kechki” ittifoqdagi to’liq xo’jalik hisobida sharoitida xalq
xo’jaligini rejalashtirishning talqin etilishiga,
shuningdek quyidagi
zamonaviy talqinga juda yaqin: «Indikativ rejalashtirish – bu mamlakat
iqtisodiyotining davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga mos keladigan
2
Гэлбрейт Дж.К. Экономические теории и цели общества. – М.: Прогресс, 1979 г. – 168 с.
3
Даллаго Б.. Есть ли будущее у макроэкономического планирования в Восточной Европе? // Российский
экономический журнал. 1992 г. № 3. – с.105..
4
Цзиньвэнь Ли. Роль государственного регулирования в экономике Китая // Вопросы экономики. 1997 г. №7. –
с.156..
25
holatini va rivojlanishini tavsiflovchi parametrlar (indikatorlar)
tizimini
shakllantirish va ko’rsatilgan indikatorlarga erishish maqsadida ijtimoiy va
iqtisodiy jarayonlarga davlatning ta’sir etishi chora-tadbirlarini belgilash
jarayoni»
5
. Yana bir ta’rif: «Indikativ rejalashtirish shuni anglatadiki,
davlat butun millat manfaatlari yo’lida, mintaqalar, shuningdek bozor
subyektlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda butun xalq xo’jaligini
(shu jumladan xususiy sektorni) iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini
ishlab
chiqadi; muayyan xo’jalik yo’nalishlarini, shu jumladan makroiqtisodiy
parametrlarni va resurslar bilan ta’minlangan tarkibiy ko’rsatkichlarni
belgilaydi. Bu bilan mulkchilikning barcha shakllaridagi tadbirkorlarning
ham, mintaqalarning ham umuman jamiyat uchun muhim bo’lgan
loyihalarning amalga oshirilishidagi manfaatli ishtiroki motivastiyalanadi».
So’nggi keltirilgan yondashuv amalda ikkinchi yondashuvga
bog’lanadi, unga ko’ra indikativ rejalashtirish – xususiy korxonalarni
davlat tomonidan ifodalangan vazifalarning bajarilishiga yo’naltirish:
“Yaponiyada umumdavlat iqtisodiy rejalashtirish
indikativ xususiyatga
ega. Boshqacha aytganda mamlakatda ishlab chiqilayotgan umumdavlat
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejalari rasmiy qonunlar hisoblanmaydi, balki
iqtisodiy tuzilmaning alohida bo’g’inlarini milliy manfaatlardagi ushbu
dasturlarning bajarilishiga yo’naltiruvchi va safarbar etuvchi davlat
dasturlarini o’zida namoyon etadi”
6
.
Do'stlaringiz bilan baham: