99
6-bob.
INDIKATIV REJALASHTIRISH VA IQTISODIY
HODISALARNING TAMOYILLARI
6.1. Indikativ rejalashtirish funksiyalari.
6.2. Indikativ rejalashtirish metodologiyasining asosiy
qoidalari.
6.3. Iqtisodiy inqirozlar va rejalashtirish tajribalari.
6.4. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot konsepsiyalari.
6.1. Indikativ rejalashtirish Funksiyalari
Bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan davlat va nodavlat sektorlarda
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ongli ravishda boshqarish usuli sifatida
indikativ rejalashtirish rivojlanadi.
Indikativ rejalashtirish bozorning mustaqil subyektlarini davlat bilan
mutanosib asoslarda rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga
oshirishga jalb qilish usuli hisoblanadi. U tovar ishlab chiqaruvchilar,
xaridorlar va umuman bozorga ta’sir etishning iqtisodiy vositalaridan
foydalanishga asoslanib, davlat va xususiy sarmoya manfaatlarini
uyg’unlashtirish imkonini beradi.
Indikativ reja ikkita asosga tayanadi. Bir tomondan, u dasturlar yoki
alohida ko’rsatkichlarni ishlab chiqish uchun yo’naltiruvchi axborot
hisoblanadi. Bu borada u tavsiyaviy xususiyatga ega: ko’rsatkichlar
strategiya yoki iqtisodiy harakat to’g’risida qarorlar qabul qilishda
indikatorlar sifatida foydalaniladi. Indikativ reja qamrab olgan xo’jalik
yurituvchi subyektlar uchun uning ko’rsatkichlari majburiy hisoblanadi,
chunki ularni bajarmaslik rejada qo’yilgan vazifalarning bajarilmasligiga
olib keladi.
Indikativ rejalar ustuvor yo’nalishlarga asoslanadi, ularning
ayrimlari davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish siyosati bilan
belgilansa, boshqalari rejalashtirish jarayonida aniqlanadi. Asoslangan
ustuvor yo’nalishlar zamirida tegishli rag’batlantirish mexanizmlari ishlab
chiqiladi; milliy ahamiyatga ega bo’lgan yirik loyihalar bo’yicha o’rta
muddatli dasturlar doirasida davlat va xususiy sektorning birgalikdagi
sa’y-harakatlari evaziga investistiya kelishuvlari tuziladi.
100
Indikativ rejalashtirishda korxonalar muvofiqlashtiruvchi organga
(bu ijro etuvchi hokimiyat organi bo’lishi mumkin) o’zining mahsulotni
sotish (etkazib berish) to’g’risidagi takliflarini yuboradi. Agar ular qabul
qilinsa, bu ikkala tomon uchun ham tegishli majburiyatlarni yuklaydi: a)
muvofiqlashtiruvchi organ hajmlarni amalga oshirish va rag’batlantirish
tizimiga kiritadi; b) korxona olingan majburiyatni bajarishga majbur
bo’ladi. Shunga o’xshash tartib direktiv rejalashtirishda ham yuqoridan va
quyidan belgilangan rejalarni uyg’unlashtirish shaklida amal qilgan, farq
faqat shundaki, endi reja korxonaga majburiy tartibda etkazilmaydi, balki
u tomonidan ixtiyoriy ravishda qabul qilinadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish indikatorlari sifatida iqtisodiyotning
dinamikasi, tarkibi va samaradorligini; moliya-kredit siyosatining
holatini; tovarlar va qimmatli qog’ozlar bozori, valyuta bozorining
holatini; narxlar harakatini; aholining bandligi va turmush darajasini
tavsiflovchi ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liq va muvazanatlashgan tizimi
davlatning ta’siri choralari bilan to’ldiriladi, shu jumladan byudjet
mablag’lari, amortizastiya me’yorlari, kredit uchun foiz, soliqlar, bojxona
bojlari, listenziyalar va kvotalar, davlat buyurtmalari va boshqalardan
foydalaniladi.
Indikativ rejalashtirish bozor iqtisodiyotining faoliyat ko’rsatishiga
ta’sir etishning asosiy usuli hisoblanadi. U faqat bozor usullari bilan
amalga oshirishning iloji bo’lmagan yoki qiyin bo’lgan ko’plab
masalalarning hal etilishini ta’minlashga qaratilgan. Bu davlat boshqaruv
organlari tizimi barcha bo’g’inlarining ham o’zaro, ham mintaqaviy
organlar bilan o’zaro hamkorligi shaklidir.
Do'stlaringiz bilan baham: