B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/178
Sana23.06.2021
Hajmi3 Mb.
#99716
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   178
Bog'liq
neft-gaz sintezi asoslari

2.1. Polistirol
Stirolni  polimerlab  yoki  u  asosda  olingan  plastmassalar  ishlab
chiqarish umumiy hajmining taxminan 18% ini tashkil etadi.
Stirol asosida polimerlar ishlab chiqarishni ko‘rib chiqishdan av-
val monomerning o‘zini olish haqida qisqacha ma’lumot beramiz.
Stirol  olishda  ilk  xomashyo  sifatida  etilbenzol  xizmat  qiladi,  u
benzolni etilen bilan alkillab olinadi. Etilbenzolni degidrirlash yangi
katalizatorda  560–580ºC  haroratda,  600ºC  da  esa  biroz  ishlatilgan
katalizatorda amalga oshiriladi.
Katalizator  sifatida  magniy  yoki  temir  asosidagi  oksidlar  bosh-
qa  qo‘shimcha  oksid  (CuO,  ZnO,  CaO  va  boshqa)lar  bilan  birga
oksidli  birikmalar  holida  ishlatiladi.  Katalizatorga  oz  miqdorda
kaliy  karbonat  ham  qo‘shimcha  qilinadi.  Jarayon  suv  bug‘i  ishti-
rokida  boradi,  kaliy  birikmasi  katalizatorni  o‘z-o‘zidan  regene-
ratsiyalanishiga  yordam  qiladi.  Bu  jarayonni  10–12  oygacha  ka-
talizatorni  regeneratsiya  qilmay  olib  borishga  imkon  beradi.  Etil-
benzol  degidrirlanganda  hosil  bo‘lgan  stirolning  salmog‘i  70– 
80% ga yetadi. Аsosiy reaksiya – etilbenzolni degidrirlash:
 
 
 
 
bilan  bir  qatorda  reaksiya  mahsulotlarida  benzol,  toluol  va  murak-
kabroq mahsulotlar hosil qiluvchi yonaki reaksiyalar ham ketadi.
Stirol ajratib olish qiyinligi nafaqat etilbenzol va stirollarni qay-
nash  haroratlarini  yaqinligidan,  stirolni  uni  rektifikatsiya  qilinayot-
ganda  polimerlanishga  moyilligida.  Shuning  uchun  stirolni  ajratib
olish  uchun  30  mm  simob  ustunida  vakuumda  stirol  polimerizatsi-
yasini  oldini  oluvchi  ingibitor  –  gidroxinon  qo‘shib,  rektifikatsiya
qilinadi.
Izopropilbenzolni  a–metilstirolga  degidrirlash  xuddi  yuqorida-


134
gidek  yo‘sinda  amalga  oshiriladi.  Degidrirlangan  izopropilbenzol-
ga  nisbatan  a–metilstirolning  salmog‘i  92%  ni  tashkil  qiladi.  Izop-
ropilbenzol  biroz  pastroq  haroratda  degidrirlanadi,  a–metilstirol
esa  stirolga  nisbatan  kamroq  polimerizatsiyaga  uchraydi,  bu  esa
a–metilstirolni  ajratish  va  saqlashda  ingibitor  qo‘shilmasligini  ta’-
min laydi.
Sanoatda  stirolni  polimerizatsiyasi  bir  necha  usullarda  amalga
oshiriladi:
1) blokli termik polimerizatsiya;
2) peroksid birikmalar bilan initsirlangan emulsion yoki suspen-
zion polimerizatsiya;
3) erituvchida initsirlangan polimerizatsiya;
4)  kompleks  metalloorganik  katalizatorlar  ishtirokida  polimeri-
zatsiya.
Polistirol olishning eng keng tarqalgan usuli termik polimerizat-
siya bo‘lib, unda eng toza va eng yaxshi dielektrik xossali polistirol
olish imkoniyatini beradi. Temperatura ortishi bilan polimerizatsiya
tezligi ham ortadi, molekular og‘irlik esa pasayadi.
Stirolni emulsion va suspenzion polimerizatsiyasi suvli muhitda
olib boriladi. Emulsion polimerizatsiyada initsiator sifatida 70–90ºC
haroratda  radikal  polimerizatsiya  jarayonini  boshlab  beruvchi  radi-
kallarga  yengil  parchalanuvchi  kaliy  persulfat  xizmat  qiladi.  Sus-
penzion  polimerizatsiyada  initsiatorlar–organik  peroksidlar.  Emul-
sion  va  suspenzion  polimerizatsiya  jarayoni  70–90ºC  haroratlarda
ketganligi bois, polimer molekular og‘irligi (200–400 ming) termik
polimerizatsiyanikiga (100 ming) nisbatan ancha yuqoridir.
Emulsion  polistirolga  nisbatan  suspenzion  polistirol  birmuncha
yaxshiroq dielektrik xossalarga egadir.
Polistirol sovutkich korpusidan tortib, to plyonkalargacha bo‘l-
gan  turli-tuman  buyumlar  tayyorlashda  keng  ishlatiladi.  Polistirol-
dan  penopolistirol  ham  tayyorlanib,  u  polistirolni  ko‘pirtirib  hosil
qilinadi.
Stirol turli sopolimerizatsiya reaksiyalariga oson kirishadi va shu
asosda  stirolni  turli  sopolimerlarini  ishlab  chiqarish  tashkil  qilin-
gan. Masalan, stirolni butadien bilan sopolimerlab sintetik kauchuk-
larni  boshqa  tiplari  ichida  hozirgi  vaqtda  asosiy  o‘rinni  egallagan
butaditen-stirol deb nomlangan kauchuk olish imkoniyatini berdi.


135

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish