B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Uglevodorod gazlarining pirolizi texnologik sxemasi



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/175
Sana11.01.2022
Hajmi3 Mb.
#340524
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   175
Bog'liq
neft-gaz sintezi asoslari

Uglevodorod gazlarining pirolizi texnologik sxemasi:
  
1, 2–issiqlik almashtirgichlar; 3–quvurli pech; 4– «toblash» uskunasi; 5–utilizator; 
6–skrubber–sovutkich; 7–sovutkich; 8–separator.
Q‘uvurli  pechlarda  piroliz  qilishning  kamchiliklari  quyidagilar
-
dan iborat:
1) kichik ishlab chiqarish quvvati;
2)  pechni  ilon  izli  quvurlari  uchun  yuqori  legirlangan  po‘latni 
ishlatish zarurati;
Atmosferaga
xomashyo
Havo
Yoqilg‘i
Yonish gazlari
suv
Smola
suv
Piroliz
gazi
suv
8
4
5
1
2
3
6
7


29
3)  ilon  izli  quvurlarning  yuqori  gidravlik  qarshiligi,  bu  esa  ki
-
rishda  bosimning  ortishiga  va  olefinlar  salmog‘ini  pasayishiga  olib 
keladi;
4) ishning davriyligi – koksni yoqib yuborish uchun pech ishini 
to‘xtatish zarurati.
Biroq ushbu kamchiliklar jarayonni texnologik bezashdagi oddiy
-
lik orqali o‘zini oqlaydi.
Q‘uvurli piroliz pechlarini samarali ishlashi ilon izli quvurchalar 
uzunligi bo‘yicha optimal harorat profilini hosil qilish imkoniyatla
-
ri  bilan  aniqlanadi,  bu  esa  pechning  ilon  izli  quvurchasi  ishlangan 
metallning fizik xossalari va teplotexnik imkoniyatlari – ilon izli qu
-
vurchaga lokal issiqlik olib kelishning quvvati bilan belgilanadi. Ilon 
izli  quvurchalarni  maxsus  joylashtirish  pechni  yengil  uglevodorod 
xomashyosini  qayta  ishlashda  to‘xtamay  ishlash  davrini  deyarli  6 
oygacha yetkazadi.
Zamonaviy  ko‘p  kamerali  piroliz  pechlarining  etilen  bo‘yicha 
quvvati yiliga 50 ming tonna va undan ko‘pga yetgan bo‘lib, bu bir 
korpusda 16 tagacha parallel ishlovchi piroliz ilon izi quvurchalari 
bo‘lgan  bir  necha  oqim  kameralarini  (4–5  tagacha)  blokirovkalash 
natijasida erishilgan.
Ikkinchi  guruh  jarayonlari  –  issiqlikni  ichki  yetkazish  usulida, 
ya’ni xomashyoni o‘ta qizdirilgan gazlar yoki suv bug‘i bilan kon
-
takt holida amalga oshiriladi.
Issiqlik  tashuvchi  sifatida  koks  yoki  qandaydir  inert  materialli 
issiqlik  tashuvchi  ishlatiladi,  bunda  piroliz  jarayonining  o‘zi  va  is
-
siqlik  tashuvchining  regeneratsiyasi  turli  uskunalarda  –  reaktor  va 
regeneratorda olib borilishi jarayonni uzluksizligini ta’minlaydi, shu 
bilan birgalikda uni texnologik bezash murakkablashib ketadi.
Issiqlik tashuvchi statsionar qatlamli piroliz sxemalari ishlab chi
-
qilgan. Bunda piroliz jarayoni murakkab figura profilli keramik na
-
sadkalar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu holida piroliz va rege
-
neratsiya bosqichlari galma-gal boradi, regeneratsiya issiqligi piroliz 
bosqichida ishlatiladi. Bu sxemaning asosiy kamchiliklari sifatida ja
-
rayonni boshqarishning murakkabligi va pirogazni koks yonish mah
-
sulotlari bilan ifloslanishini ko‘rsatish mumkin.
Issiqlik  tashuvchilar  vositasidagi  hamma  jarayonlar  deyarli  bir 
sxema asosida amalga oshirilib, bunda xomashyo avvalombor issiq
-


30
lik almashtiruvchida 350–450ºC haroratgacha isitilib, suv bug‘i bilan 
aralashma holida reaktorga yuboriladi. Reaktorda 700–900ºC gacha 
(qanday xomashyoligiga qarab) issiqlik tashuvchi hisobiga qizdirila
-
di.
Kislorodda  piroliz  (avtotermik  piroliz)  quyidagicha  amalga 
 
oshiriladi: 550–650ºC haroratgacha isitilgan xomashyo kislorod bi
-
lan  aralashtiriladi  (100  qism  xomashyo  30  qism  kislorod);  bunda 
xomashyoning  bir  qismi  yonib  va  yonish  mahsulotlari  qolgan  xo
-
mashyo  bilan  aralashib,  piroliz  borishida  harorat  800–900ºC  gacha 
ko‘tariladi.
Аvtotermik  pirolizning  boshqa  bir  ko‘rinishi  gomogen  piroliz
 
deb ataladi. Ushbu holida xomashyo (masalan, metan)ning bir qismi 
va kislorod alohida uskunada biriktiriladi hamda keyin yonish mah
-
sulotlari  yuqori  bo‘lmagan  1200–1500ºC  haroratda  xomashyoning 
asosiy qismi bilan haroratni piroliz haroratigacha ko‘tarib aralashti
-
riladi.
Аvtotermik pirolizning asosiy kamchiliklari: pirogazda 20% ga-
cha SО va SО
2
 mavjudligi pirogazni tozalashni qiyinlashtiradi; xom- 
ashyoning bir qismi to‘g‘ri maqsadga sarf qilinmaydi.
Keyingi vaqtlarda adiabatik sharoitdagi piroliz keng tarqalmoqda. 
650–750ºC gacha isitilgan xomashyo 925–950ºC li o‘ta qizdirilgan 
suv bug‘i bilan aralashtiriladi. Pirolizni ushbu turining afzalliklari:
1)  pechlarni  ishlash  vaqti  ko‘proq  davomiy  bo‘ladi,  xomashyo 
ko‘pincha pastroq haroratda isitiladi;
2) reaksion massada harorat reaktor devoridagiga nisbatan yuqo
-
riroq bo‘ladi, bu esa koksni hosil bo‘lishini kamaytiradi;
3)  suv  bug‘i  hisobiga  suyultirilgan  uglevodorodlarning  parsial 
bosimi past bo‘ladi, bu esa olefinlar miqdorini oshishiga olib keladi.
Jarayonning kamchiliklari sifatida ikkita pech mavjudligini aytish 
mumkin: biri xomashyoni isitishga, ikkinchisi esa suv bug‘ini qizdi
-
rishga ishlatiladi. Оqibatda, bu kapital xarajatlarni ko‘paytiradi.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish