B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Dunyoqarash
  – 
shaxsning
 
tabiatga,  jamiyatga,  o’zining  ijtimoiy  muhitdagi 
o’rniga,  o’z-o’ziga,  turli  voqeliklarga  munosabatini  belgilab  beradigan    qarashlari, 
e’tiqodi,  hayotiy  tajribasi  va  faoliyat  tamoyillarining  tizimi.  Dunyoqarashga  ega 
bo’lish  shaxsda  atrof-muhit,  ijtimoiy  munosabatlar,  mehnat  faoliyati  va  ishlab 
chiqarish jarayoni, subyektlarga nisbatan ma’lum munosabatning qaror topishi, shaxs 
tomonidan  zimmasidagi  ijtimoiy  burchlarini  to’laqonli  anglash  va  ularni  bajarishga 
nisbatan masuliyat tuyg’usiga ega bo’lishi uchun zamin yaratadi. Dunyoqarash
 
izchil, 
tizimli,  uzluksiz,  maqsadga  muvofiq  tashkil  etilayotgan  ta’lim-tarbiyaning  yo’lga 
qo’yish, uning turli yo’nalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol 
ishtirok  etish,  o’z-o’zini  tarbiyalab  borish  asosida  shakllanadi.  Yosh  avlod 
dunyoqarashining shakllanishida tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar asoslarining ular 
tomonidan  puxta  o’zlashtirilishi  muhim  ahamiyatga  ega.  Dunyoqarashning  boyib 
borishi shaxsiy sifat va fazilatlarni boyitadi, barqarorlashtiradi. 
Shaxs  dunyoqarashi  quyidagi  turlarga  ajratiladi:  mifologik  dunyoqarash;    diniy 
dunyoqarash; 
ijtimoiy-siyosiy 
dunyoqarash; 
falsafiy 
dunyoqarash; 
estetik 
dunyoqarash; ilmiy dunyoqarash; hayotiy tajriba.  
Ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida asosiy e’tibor 
shaxsda  dunyoqarashni  shakllantirishga  qaratiladi.  Zero,  dunyoqarashga  ega 
shaxsgina  tabiiy  va  ijtimoiy  borliqni  borligicha  qabul  qila  oladi,  o’ziga  va 
atrofdagilarga  nisbatan  to’g’ri  munosabatda  bo’ladi.  Mustaqillik  sharoitida 
O’zbekiston Respublikasida o’quvchilar dunyoqarashini shakllantirish, ularda yuksak 
ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash shaxsni har tomonlama kamol toptirish, komil 
inson  va  malakali  mutaxassisni  tarbiyalashdek  ijtimoiy  maqsad  bilan  bevosita 
bog’liq.  Ta’lim  muassasalarida  ijtimoiy,  gumanitar  va  texnik  fanlar  asoslarini 
o’qitish,  o’quvchilarning  texnik  hamda  badiiy  ijodkorlik  qobiliyatlarini  tarbiyalash, 
turli  ijtimoiy  faoliyat  turlarini  tashkil  etishga  mantiqiy  yondashish,  har  bir 
jarayonning  ilmiy  asoslarini  izlashga  o’rgatish  o’quvchilarning  dunyoqarashlarini 
boyitishga yordam beradi. 
Dunyoqarashni  shakllantirishda  o’quvchilarni  badiiy  asarlar,  milliy  va 
umuminsoniy  qadriyatlarni  ulug’laydigan  san’at  namunalari  –  kinofilmlar,  teatr 
tomoshalari,  konsert  dasturlari  bilan  yaqindan  tanishtirish  ularda  o’ziga,  atrof-
muhitga  ijobiy  munosabatni  qaror  toptiradi.  Binoarin,  san’at  asarlari,  xususan, 
rassomlik  namunalari  o’quvchilarda  estetik  his-tuyg’ularni  shakllantirishga,  badiiy 
asarlar esa ular tomonidan hayot, uning asl mazmunini anglab yetishga xizmat qiladi. 
Fantastik janrdagi asarlar esa o’quvchilarda bir necha o’n yillardan so’ng ro’y berishi 
mumkin  bo’lgan  hayotiy  voqeliklar  bilan  avvaldan  tanishish  imkoniyatini  yaratadi. 
Bu  o’rinda  o’quvchilarga  J.Vern  asarlarida  yoritilgan  hodisalar  qariyb  yuz  yildan 
so’ng hayotiy haqiqatga aylanganligini e’tirof etib o’tish lozim.  
Ayni o’rinda o’quvchilarga zamonaviy texnologiyalar  – kompyuterlar va mobil 
telefonlarning  shaxslararo  munosabatlarda  axborot  almashish  borasidagi  rolini  inkor 
etmagan  holda  ulardan  to’g’ri,  maqsadli  foydalanishga  oid  tavsiyalarni  berish  ham 
ularning 
dunyoqarashlari 
boyitilishini 
ta’minlaydi.  Shaxs  dunyoqarashini 


 
57 
shakllantirishda  mehnat  omilining  roli  beqiyos.  Shu  sababli  o’quvchilarni 
yoshlikdanoq  mehnat  va  turli  ko’rinishdagi  mehnat  faoliyatlari  bilan  yaqindan 
tanishtirib  borish,  ular  tomonidan  mehnatni  tashkil  etishga  ilmiy  yondashish 
ko’nikma,  malakalarini  samarali  o’zlashtirishga  erishish  oila,  ta’lim  muassasalarida 
tashkil  etilayotgan  tarbiya  samaradorligini  baholash  imkoniyatini  yaratadi.  O’quv 
fanlari  bo’yicha  tashkil  etilayotigan  mashg’ulotlar  bilan  sinfdan,  ta’lim 
muassasasidan  tashqarida  uyushtiriluvchi  tadbirlar  o’rtasida  o’zaro  aloqadorlikka 
erishish, oila, ta’lim muassasalari va jamoatchilik hamkorligini qaror toptirish asosida 
ma’naviy-ma’rifiy  ishlarni  uyushtirish  o’quvchilarda  dunyoqarashni  shakllantirishga 
nisbatan  tizimli  yondashuv  mohiyatini  ifodalaydi.  Noana’anaviy  dars  shakllari, 
xususan,  bahs-munozara,  davr  suhbati,  debat,  axloqiy  mavzulardagi  ma’ruza, 
uchrashuv,  muammoli  vaziyatlarni  yaratish,  shuningdek,  interfaol  metodlarga 
asoslangan  mashg’ulotlarni  tashkil  etish  shaxs  dunyoqarashini  samarali 
shakllantiirishga yordam beradi.  
O’quvchilarning dunyoqarashga egaliklarini quyidagi mezonlar asosida aniqlash 
mumkin:  1.  Tabiiy  jarayonlar  mohiyatini  tushuna  olish,  tabiatda  ro’y  berayotgan 
o’zgarishlarning  asosi  tabiiy  qonuniyatlar  ekanligini  anglash  orqali  ularga  nisbatan 
oqilona  munosabatda  bo’lish.  2.  Jamiyatda  sodir  bo’layotgan  o’zgarishlarga  to’g’ri 
baho  bera  olish,  ijtimoiy  voqeliklarning  asosida  mustaqil  davlatning  ijtimoiy, 
iqtisodiy  va  madaniy  taraqqiyot  yo’lini  belgilab  beruvchi  milliy  istiqlol  g’oyasi, 
uning tamoyillari yotishini anglab yetish. 3. O’zining shaxs sifatida jamiyatda tutgan 
o’rniga  munosib  baho  berish,  o’quvchi  sifatida  zimmasidagi  burch,  majburiyatlarni 
chuqur anglash. 4. O’z shaxsiga baho berish orqali ijobiy va salbiy sifatlarini ko’ra 
bilish, imkon qadar salbiy sifatlarni bartaraf etish uchun o’z ustida ishlash. 5. O’quv 
fanlarining  asoslarini,  ilmiy  bilimlarni  puxta  o’zlashtirish,  zamonaviy  texnika  va 
texnologiyalardan  xabardor  bo’lish,  ijtimoiy  voqeliklarga  to’g’ri  yondashib,  turli 
buzg’unchi  oqimlar  ta’siriga  berilmaslik,  shaxs  sifatida  o’zini-o’zi  takomillashtirib 
borish. 6. O’zlashtirgan ilmiy bilimlarni amaliyotda bevosita qo’llay olish ko’nikma, 
malakalarini o’zlashtirish.    

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish