53
xarakterda bo’lishi ham kerak. 7. Mohir pedagoglarning bolalarni tarbiyalashga doir
ish tajribalarini o’rganish zarur. 8. Psixologiya – tarbiya to’g’risidagi fanning asosi.
Mahoratli pedagog Pestalossi kabi ta’limning asosiy vazifasi bolalarning aqliy
kuchlarini va qobiliyatlarini o’stirishdan iborat; o’quvchining mustaqil o’zlashtirgan
bilim va malakalari amaliy qimmatga ega, deb hisoblaydi. U o’quv fanlarining
o’quvchilarni har tomonlama kamolga yetkazishdagi rolini yuqori baholaydi.
Ayniqsa, tabiiyot, matematika fanlarining ahamiyatini yuksak baholab, ular
bolalarning aqliy o’sishi uchun muhim vosita ekanligini ko’rsatdi, barcha tipdagi
umumta’lim maktablarida bu fanlarni o’qitish, ular vositasida o’quvchilarni hayotga
amaliy tayyorlash lozim deb hisoblaydi. Taniqli pedagog boshlang’ich ta’limni
shaxsni ma’lumotli qilishdagi eng muhim asos deb biladi. Shu sababli bu davrni
tashkil etishga jiddiy e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlaydi. A.Disterveg
boshlang’ich maktabning o’quv rejasiga tabiiyot, fizika, amaliy geometriya va
geografiyadan boshlang’ich ma’lumotlarning kiritishni, rejani kengaytirishni
yoqlaydi. Uning fikricha, o’qituvchi boshlang’ich ta’limda ko’rsatmali o’qitish yo’li
bilan bolalardagi barcha sezgi a’zolarini o’stirishga alohida e’tibor berishi lozim.
A.Disterveg o’qitishning 33 qonuni va qoidasi tarzida bayon qilingan
takomillashtirilib boriladigan ta’lim didaktikasini yaratdi. Bu qoidalar orasida:
“O’quvchilar tomonidan o’rganilgan bilimlar unutilishining oldini olish”, “Fanlar
asoslarini o’rgatishda shoshilmaslik” kabilar muhim ahamiyatga ega. Taniqli pedagog
o’qituvchi shaxsi va uning faoliyatiga yuksak talablari qo’yadi. Ular: 1. O’qituvchi
o’qitish chog’ida bolalarning tashabbuskorligini o’stirishi, ularni bilimlar bilan
qurollantirishi lozim. 2. O’qituvchining o’qitish ishini puxta ishlangan o’quv rejasi
va yaxshi darslik asosida tashkil etishi kutilgan natijalarni beradi. 3. Ta’limning
muvaffaqiyatli bo’lishi nafaqat darslik yoki qo’llaniayotgan metodga, balki
o’qituvchining mahoratiga ham bog’liq. 4. Yaxshi o’qituvchi mutaxassislik fani
asoslarini mukammal egallab olgan bo’lishi, o’z kasbini, bolalarni sevishi kerak. 5.
Darsda barcha o’quvchilar tetik bo’lishlari, o’qituvchi g’ayrat bilan dars berish orqali
ularning
aqliy
qobiliyatlarini
rivojlantirishi,
irodalarini
mustahkamlashi,
xarakterlarini tarkib toptirishi kerak. 6. Yaxshi o’qituvchi o’zining tarbiya
tamoyillarini qat’iyat bilan, og’ishmay amaliy jarayonga tatbiq etib boradi. 7.
O’qituvchi o’z
ustida muntazam ishlashi lozim, shundagina u o’quvchilarni bilimlarni
matonat bilan egallashga o’rgatadi, qiyinchilikni yenga oladigan shaxs etib
tarbiyalaydi.
Disterveg o’qituvchining mustahkam xarakteri va o’tkir iroda kuchi ham katta
tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. O’qituvchi qattiqo’l va talabchan
bo’lish bilan birga, adolatli bo’lishi ham kerak, faqat shundagina u o’z o’quvchilari
orasida obro’ qozonishi mumkin. O’qituvchi haqiqiy inson, mustahkam e’tiqodli
bo’lishi lozim. Yomon o’qituvchi haqiqatni to’g’ridan-to’g’ri aytib beradi, yaxshi
o’qituvchi esa o’quvchilarni haqiqatni topishiga o’rgatadi. O’qituvchilar o’zlari
o’qitayotgan fanga taalluqli asarlar bilan izchil tanishib borishlari kerak. Qolaversa,
tarix, adabiyot, pedagogika, psixologiya va metodikaga doir manbalardan xabardor
bo’lib turishlari zarur. Zamonaviy sharoitda ko’rsatmali ta’limdan foydalanishning
afzalliklarini ko’rsatib beradi. U e’tirof etayotgan ko’rsatmali ta’lim “yaqindan
uzoqqa”, “oddiy narsalardan murakkab narsalarga”, “osonroq narsalardan qiyinroq