B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov


“Donishmandlik  uyi”  (“Bayt  ul-Hikma”)



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
“Donishmandlik  uyi”  (“Bayt  ul-Hikma”)
  –  Bag’dodda  halifa  Ma’mun  ar-
Rashid (786-833 y.y.) tomonidan VIII asrning 20-yillarida Bog’dod shahrida tashkil 
etilgan  akademiya.  Mazkur  akademik  uning  asoschisi  Ma’mun  ar-Rashid  sharafiga 
“Ma’mun  akademiyasi”  nomi  bilan  mashhur  bo’lgan.  Halifa  Ma’mun  ar-Rashid 
Islom  ilohiyotining  ilk  shakli  –  Kalom  (a.  “Al-Kalom”  –  so’z,  nutq)ni  o’rganish, 
uning mohiyatini chuqur anglashga intilgan. Shu sababli u Kalomning birinchi yirik 
yo’nalishi sifatida yuzaga kelgan mu’tazilliy (Islomiy g’oyalar asoslangan dastlabki 
davrlarda  paydo  bo’lgan  ilohiyot  oqimlaridan  biri  tarafdorlari;  a.  “mutazilliy”  – 
ajralib  chiqqan,  uzoqlashgan)lar,  o’zlarini    “Adolat  va  yagona  din  tarafdorlari”  deb 
atagan  shaxslarga  nisbatan  xayrixoh  bo’lgan.  Halifa  Al-Ma’mun  ilohiyot  yuzasidan 
tashkil  etiladigan  bahs-munozaralarning  amaliy  ahamiyatini  oshirish,  ularni  boy 
daliliy  ma’lumotlar  bilan  ta’minlash  maqsadida  halifalikning  barcha  viloyatlari,  shu 
jumladan  Markaziy  Osiyo  va  Erondan  Bog’dodga  o’z  davrining  yetuk  olimlari, 
bilimdonlarini  to’plagan.  “Donishmandlik  uyi”  Sahl  Ibn  Xarun  tomonidan 
boshqarilgan.  Mazkur  akademiyada  “Donishmandlik  xazinasi”  (“Xazanat  al-
Hikmat”)  kutubxonasi  mavjud  bo’lgan.  Akademiyaning  asosiy  vazifasi  –  qadimgi 
yunon  va  hind  tillarida  bitilgan  matematika,  tibbiyot,  kimyo,  falsafaga  oid  asarlarni 
arab tiliga tarjima qilishdan iborat bo’lgan. Halifaning tashabbusi bilan qimmatbaho 
sanaluvchi qadimgi yunon manbalarini qo’lga kiritish maqsadida Vizantiyaga maxsus 
elchi  yuborilib,  ilmiy  ekspeditsiyalar  tashkil  qilingan.  U  Platon,  Aristotel  asarlari 
hamda  ularga  yozilgan  sharhlarni,  shuningdek,  yunon  tibbiyotining  asoschilari 
bo’lgan Gippokrat, Galen va Dioskoridaning ilmiy ishlarini Bag’dodga olib kelgan.   
Akademiyada astronomiya fanini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shu 
maqsadda  qator  astronomik  kuzatishlar,  tadqiqotlar  olib  borilgan.  Natijada  qadimgi 
yunon,  yahudiy,  sanskrit,  suryoniy,  fors  va  hind  qo’lyozmalarida  qayd  etilgan 
dalillarni tekshirilib, ularning haqqoniyligi tasdiqlangan. Halifa Al-Ma’mun davrida, 
ya’ni e. 829-yilida Bag’dod shahri yaqinida Ash-Shammasiya mahallasida rasadxona, 
831  yilda  esa  Damashq  yaqinidagi  Kosion  tog’ida  uning  bo’limi  barpo  qilingan. 
Ushbu  rasadxonaga  marvlik  Abu  Ali  Yahyo  ibn  Mansurdan  so’ng  vatandoshimiz 
Muhammad  al-Xorazmiy  ham  rahbarlik  qilgan. 
Akademiya  olimlarining 
maqsadlaridan  biri  Yerning  umumiy  o’lchamini  aniqlashdan  iborat  edi.  Yer 
meridianining 1º li yoyi uzunligini aniqlash maqsadida e. 827-yilida Sinjar tekisligida 
geodeziya  ishlari  olib  borilgan.  Arab  olimlari  tomonidan  qo’lga  kiritilgan  ma’lumot 
zamonaviy texnika va texnologiyalar orqali aniqlangan ma’lumotdan bor-yo’g’i 1º ga 
farqlanadi.  “Bayt  ul-Hikma”
 
mo’g’ul  xoni  Xulaguning  Bog’dodga  hujumi  vaqtida, 
ya’ni  1258  yilning  12  fevralida  vayron  qilindi,  u  yerda  saqlanayotgan  kitoblar  esa 
daryoga tashlandi.
   
Shuni  alohida  qayd  etib  o’tish  lozim,  Bag’doddagi  ushbu  akademiya 
(“Donishmandlik  uyi”)da  vatandoshlarimiz  Muhammad  al-Xorazmiy  va  Ahmad  al-
Farg’oniylar ham faoliyat olib borishgan.  
XI  asrning  boshlarida  xorazmshohlar  sulolasining  uchinchi  hukmdori  bo’lgan 
Ma’mun  ibn  Ma’mun  Abul  Abbos  (?  –  1017  y.y.;  hukmronlik  yillari  –  1009-1017 


 
55 
y.y.) davrida Xorazmning poytaxti Gurganch (hozirgi ko’hna Urganch) shahrida 1004 
yilda ilmiy  markaz tashkil etilib, u “Dorul hikma  va maorif” (ba’zi manbalarda esa 
“Majlisi ulamo”) deb atalgan. “Dorul hikma va maorif”ga Nishopur, Balx, Buxoro va 
hatto Iroqdan ko’plab olimlar taklif etilgan.  
Hukmdorning tog’asi – o’z davrining bilimdon Abu Nasr ibn Iroq 1004 yilning 
boshida  Abu  Rayhon  Beruniyni  Bog’doddan  Gurganchga  taklif  qiladi.  Xorazmga 
qaytgach  alloma  mazkur  akademiyaga  boshchilik  qiladi.  O’z  davrining  mashhur 
allomasi, tibbiyot ilmining ulug’ namoyondalaridan biri buxorolik Abu Ali ibn Sino 
ham  Abu  Rayhon  Beruniy  boshchiligida  ma’lum  muddat  ushbu  ilmiy  markazda 
faoliyat olib borgan.  
“Dorul hikma va maorif”da ham ilm ahli uchun keng ko’lamli tadqiqotlar, ilmiy 
izlanishlarni olib borilib, qadimgi yunon, hind, arab olimlarining ishlari o’rganilgan. 
Ilmiy  markaz olimlari tomonidan Xorazm vohasining iqlimi, tabiati, mineralogiyasi, 
yer  osti  suvlari,  qazilmalari,  sug’orish  tizimi,  Amudaryo  deltasining  umumiy  va 
mavsumiy  holati,  tuproqni  tozalash,  korizlar  qurish,  Xorazmning  rivojlanish  tarixi, 
aholining ijtimoiy turmush tarzi, xalq bayramlari, urf-odatlari, yozuvi, xalq ijodiyoti 
kabi  masalalar  borasida  ilmiy  izlanishlar  olib  borilgan.  “Dorul  hikma  va  maorif” 
faoliyatining  asosi,  maqsadi  quyidagi  shiorda  o’z  ifodasini  topgan:  “Ilm  –  insonlar 
hojatini chiqarishga xizmat qilishi lozim”.   
Ilmiy  markaz  faoliyati,  shuhrati  uzoq  o’lkalarga  borib  yetgan.  Markaz  olimlari 
tomonidan  erishilayotgan  yutuqlar  Mahmud  G’aznaviyga  yoqmagan  va  u  ilmiy 
markaz faoliyatiga chek qo’yish yo’llarini izladi. Buning chorasi sifatida 1017 yilning 
bahorida  o’z  kuyovi  bo’lgan  Xorazmshoh  Ma’mun  ibn  Ma’mun  (Ma’mun  II)ga 
qarshi  suiqasd  uyushtirib,  o’ldiradi.  Shu  yilning  iyunida  esa  “kuyovi  uchun  qasos 
olish”ni bahona qilib, Xorazmni bosib oladi. Talonchilik, vayronagarchilik natijasida 
“Dorul hikma va maorif” faoliyati ham tugatiladi. Ilmiy markazning ko’plab olimlari 
majburan G’azna shahriga olib ketiladi.     
XVIII-XX asrlarda “Dorul hikma va maorif” ilmiy markazi faoliyatini o’rganish 
natijasida  ish  ko’lami,  tadqiqotlarning  samaradorligi  nuqtai  nazaridan  mazkur 
dargohni  akademiyaga  tenglashganligi  isbot  qilingan  va  unga    “Xorazm  Ma’mun 
akademiyasi” nomi berilgan.    
Xorazm  Ma’mun  akademiyasi  Markaziy  Osiyo  ilm-fanini  rivojlantirishdagi 
o’rni, ilmiy bilimlarni to’plashdagi ulkan hissasini inobatga olgan holda 1997 yilning 
11  noyabrida  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Xorazm  Ma’mun 
akademiyasini  qaytadan  tashkil  etish  to’g’risida”gi  Farmoni  imzolandi.  Shu  yilning 
noyabr  oyida  arxeologiya,  tarix  va  falsafa,  til  va  adabiyot,  biologiya  muammolarini 
tadqiq etuvchi bo’limlar tashkil qilindi. 
Ayni vaqtda “Xorazm Ma’mun akademiyasi”da jami 58 nafar (shu jumladan, 2 
nafar  akademik, 8  nafar  fan  doktori, 24 nafar  fan nomzodi)  ilmiy  xodim  tomonidan 
arxeologiya,  tarix,  falsafa,  tilshunoslik,  adabiyot  va  biologiya  sohalarida  keng 
ko’lamli tadqiqotlar olib borilmoqda. Yana shuni ham aytib o’tish lozimki, 2005 yili 
O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2004  yil  9  noyabridagi  qaroriga 
muvofiq Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlandi.       
 
Doston
  –  tarixiy  voqea-hodisalarning  mohiyati,  xalq  qahramonlarining 


 
56 
faoliyatini  badiiy  to’qimalar  vositasida  nasr  va  nazmda  ifodalab,  avloddan  avlodga 
uzatiladigan epik asar.    

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish