B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
At-Termiziy,  Imom  Iso 
(824-892  y.y.)  –  hadisshunos  olim,  buyuk  muhaddis, 
“Jomi’ at-Termiziy”, “Sahihi Termiziy”, “Sunnani Termiziy” nomlari bilan mashhur 
bo’lgan  “Al-Jomi’  as-sahih” (“Ishonarli  to’plam”)  asarining  muallifi.  Buyuk  alloma 
824  yili  Termiz  shahri  yaqinidagi  Bug’  qishlog’i  (hozirgi  Sherobod  tumani)da 
badavlat  bo’lmagan  oilada  tavallud  topgan.  Yosh  Isoning  yoshlik  yillari  Termiz 
shahrida o’tadi. Ilm sirlarini egallashga bo’lgan zo’r ishtiyoqi, kuchli xotira, yodlash 
qobiliyati, noyob xislati tufayli yoshligidan puxta bilim olishni ta’minlaydi. Balog’at 
yoshiga  yetgach,  o’z  bilimlarini  boyitish,  mustahkamlash  maqsadida  Sharqning 
ko’plab mamlakatlariga safar uyushtirgan. Uzoq yillar Iroq, Isfahon, Xuroson, Makka 
va  Madinada  yashagan  alloma  qiroat  ilmi,  bayon,  fiqh,  tarix,  hadis  ilmi  bo’yicha 
o’sha  davrning  yirik  olimlari,  mashhur  muhaddislardan  Imom  Buxoriy,  Imom 
Muslim,  Imom  Abu  Dovud,  Qutayba  ibn  Muso,  Mahmud  ibn  G’aylonlardan  ta’lim 
olgan. 


 
23 
Alloma Imom Ismoil al-Buxoriy bilan Nishopurda uchrashib, besh yil davomida 
birga  yashagan.  Manbalarda  ustozi  Imom  al-Buxoriy  shogirdining  iqtidori, 
qobiliyatiga tan berib, “Sen mendan bahra topganingdan ko’ra men sendan ko’proq 
bahra topdim” degani keltirilgan. At-Terimiziy 868 yilda xorijdan o’z yurtiga qaytib, 
asarlar  yaratish,  shogirdlar   tayyorlashga  kirishadi.  Uzoq  yillik  mehnati  samarasi 
sifatida yirik muhaddis, imom sifatida shuhrat qozonadi. 
Buyuk muhaddis tomonidan yaratilgan 300 dan ortiq asarlarning aksariyati  (57 
tasi)  bugungi  kunga  qadar  yetib  kelgan.  Ulardan  eng  mashhurlari  “Al-Jomi’  as-
sahiyh”  (“Ishonarli  to’plam”), “Ash-Shamoil  an-nabaviya” (“Ash-Shamoil  an-nabiy 
sallolohu alayhi va sallam” – “Payg’ambar alayhissalomning shakl va sifatlari”), “Al-
Ilal  fil-hadis”  (“Hadislardagi  illatlar”),  “Risola  fil-xilof  val-jadal”  (“Hadislardagi 
ixtilof va bahslar haqida risola”), “At-Ta’rix” (“Tarix”), “Kitob uz-zuhd”  (“Zohidlik  
kitobi”),  “Kitob  ul-asmo  val-kuno”  (“Ismlar  va  kunyalar  kitobi”)  kabilar  sanaladi. 
Allomaning  asarlari  orasida  eng  mashhuri  “Al-Jomi’  as-sahih”   bo’lib,  u  6  ta 
“Ishonchli  hadislar”  to’plamidan  biri  hisoblanadi.  “Ash-Shamoil  an-nabaviya”  
asarida  esa  Muhammad  (s.a.v)ning  shaxsiy  hayotlari, ul  zotning  suvrat  va siyratlari, 
ajoyib  fazilatalari,  odatlariga  oid  408  ta  hadis  o’z  ifodasini  topgan.  Asarning  XVI 
asrga  oid  qo’lyozma  nusxalaridan  biri  –  Toshkentda,  O’zbekiston  musulmonlari 
idorasi  kutubxonasida  saqlanadi.  Mustaqillik  yillarida  Ushbu  asar  o’zbek  tiliga 
tarjima  qilinib,  nashr  etilgan.  Qolaversa,  1990  yilda  Termiziy  tavalludining  1200 
yilligi  respublikada  keng  nishonlandi. Yubiley  munosabati  bilan  Imom  Iso  at-
Termiziyning yodgorlik majmuasi qaytadan ta’mirlanib, ziyoratgohga aylantirildi. 
Buyuk  muhaddis  892  yilda  Termizdan  uzoq  bo’lmagan  Bug’  qishlog’ida  vafot 
etgan. Allomaning hoki shu yerga dafn etilgan. 
 
Attestat 
(lot.  “attestari”  –  tasdiqlamoq,  guvohlik  bermoq,  “attestatum”  – 
guvohnoma)  –  muayyan  darajadagi  ma’lumot  egallanganligini  tasdiqlovchi  hujjat. 
O’zbekiston  Respublikasida  umumiy  o’rta  ta’lim  maktablarining  IX  sinfini 
bitiruvchilariga o’rta ma’lumotga egalikni tasdiqlovchi attestat beriladi. 
 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish