20
Makedoniya shohi Aminta saroyining vrachi bo’lgan.
Yosh Aristotel boshlang’ich
ma’lumotni o’z otasidan olganligi bois uning qiziqishi, asosan, tabiiy fanlar va
tibbiyotni o’rganishga yo’naltirilgan edi.
O’n sakkiz yoshida Aristotel Platon tashkil etgan Akademiyaga o’qishga qabul
qilinadi va bu yerda Platonning o’limigacha, ya’ni 20 yil davomida tahsil oladi.
Ta’limning dastlabki yillari butunlay o’qituvchining nazorati ostida bo’lishga ko’nika
olmagan bo’lsa, keyinchalik bu tobelik bir qadar susaydi. Platonning hayotlik
davridayoq mustaqil ravishda
bilimlarini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar
olib borishga
muvaffaq bo’ldi. Ustozi Platonning vafotidan keyin Aristotel Akademiyada qola
olmadi. Shu sababli o’z ota yurtiga qaytdi. Atarniya shohi Germiya huzurida bir
necha bor chiqish qilgan Aristotel saroy ahliga juda yaqin bo’lib qolganligi sababli
uning jiyanlaridan biriga uylandi.
E.av. 343 yilda Makedoniya shohi Filipp uni o’z saroyiga chaqirdi va o’z o’g’li
yosh Aleksandrni uning tarbiyasiga topshirdi. Bo’lajak jahongir buyuk allomaning
qo’lida 3 yil davomida tahsil oldi. Aleksandr Makedonskiy Sharqqa yurish
boshlaganda, Aristotel saroy ayonlaridan biri sifatida o’z yurtida qoldi. E.av. 335
yildan boshlab 20 yil davomida mutafakkir Afina shahrida yashab, o’zi tashkil etgan
maktab – Likey (Litsey)ni boshqardi.
Allomaning butun ilmiy faoliyati aynan Likey (Litsey) bilan bog’liq. Shuning
uchundir uning ilmiy asarlari ham ma’ruzalar, og’zaki bayon qilingan ma’lumotlar
asosidagi tezislar shaklida yaratilgan. Aristotelning ko’plab asarlari to’g’risidagi
ma’lumotlar bizchaga asl holida emas, balki uning shogirdlariga tegishli bo’lgan
ishlar orqali yetib kelgan.
Ulug’ mutafakkir Aristotel umrining so’nggi yillarini qadimgi Gretsiyaning
Xalkida shahrida o’tkazdi va e.av. 322 yilda shu yerda vafot etdi. Aristotelning
“Etika”, “Siyosat”, “Qonunlar”, ”Qalb to’g’risida”, “Ritorika”, “Respublika” kabi
asarlari nihoyatda mashhur.
Aristotelning fikriga ko’ra insonning hayot kechirishidan yagona maqsadi –
baxtga erishish sanalib, uning baxt-saodati eng yaxshi va mukammal fazilatlariga
mos bo’lgan qalb faoliyati asosida ta’minlanadi. Buning ustiga uning qalbi butun umr
ezgu g’oyalar bilan to’ldirilishi, yaxshi fazilatlar bilan boyitilishi lozim. Zero,
“birgina qaldirg’och bahor kelishini ta’minlay olmaganidek”, bir kun yoki qisqa
muddatli vaqt insonni baxtli va shod-xurram etib qo’ymaydi. Mutafakkir o’zining
“Siyosat” asarida baxtli hayot formulasini quyidagicha sharhlaydi: “Insonning butun
hayoti ish va bo’sh vaqt, urush va tinchlik kabilar ichida kechsa, inson faoliyatining
bir qismi zarur va foydali ishlarni amalga oshirish, bir qismi esa go’zallik yaratishga
yo’naltirilgan... Tinchlik bo’lishi uchun urushni afzal ko’rish, bo’sh vaqt bo’lishi
uchun ishlash, go’zallikka erishish uchun zarur va foydali amallarni bajarish mumkin.
Insonning hayot yo’lini o’zgalar emas, balki uning o’zi tanlashi lozim.
Insondan inson, hayvondan hayvon tug’iladi, shunga ko’ra yaxshi ota-onadan
faqat yaxshi farzandlar tug’ilishi lozim. Tabiat ana shunga harakat qiladi, biroq,
bunga hamisha ham erishilavermaydi”.
Ulug’ mutafakkir bolalarni ularning yoshligidanoq gigienik maqsadlarga
erishish uchun ayrim mashqlarni bajarishga o’rgatish, ularning nozik, zaif tanalarini
chiniqtirish zarurligini aytadi. Uning fikricha, bolalarga qattiq yig’lash va
21
qichqirishlariga halaqit qilmaslik lozim. Zero, bu holatlar ular uchun o’ziga xos
gimnastika hisoblanadi. Bir qadar katta yoshdagilar uchun esa bolalar o’yinlari
nihoyatda muhim ahamiyatga ega.
Aristotel bola tarbiyasida oilaning ahamiyatini yuqori baholash bilan birga, ideal
davlatda oila faoliyati davlat amaldorlari – pedonimlar tomonidan nazorat qilinishi
zarurligini aytadi. Pedonimlarning vazifalari oila sharoitida bolalar vaqtlarini qanday
o’tkazayotganliklarini, ularning imkon qadar qullar orasida kam vaqt bo’lishlarini
nazorat qilishdan iborat bo’lgan. Shuningdek, ularning masuliyatlari doirasiga bolalar
uchun mo’ljallangan hikoya va ertaklarni yig’ish vazifalari ham kiritilgan. Bularning
barchasi navbatdagi mashg’ulotlar uchun “eshik oldi” (ostona) bo’lishi lozim. Shunga
ko’ra bolalarning o’yinlari navbatdagi mashg’ulotlar bilan shug’ullanishlari uchun
taqlid bo’lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: