B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Platon 
(er.av. 427-347 y.y.) – qadimgi yunon faylasufi, Suqrotning shogirdi va 
Aristotelning ustozi. U er.av. 427 yilda Afinada badavlat aristokrat oilasida tug’ilgan. 
Ota-onasining  mavqeiga  munosib  ravishda  har  tomonlama  namunali  tarbiya  olgan 


 
167 
Platon  tasviriy  san’at  bilan  shug’ullangan,  tragedik  asarlar,  epigrammalar, 
komediyalar  yaratgan.  E.av.  408  yilda  Platon  ustozi  Suqrot  bilan  uchrashadi  va 
dastlab  uning  shogirdlaridan  biriga,  so’ngra  esa  do’stiga  aylanadi.  Ular  o’rtasida 
sakkiz yil davom etgan do’stlik ayanchli yakun topadi: Suqrot o’limga hukm qilinadi; 
Platon esa 12 yillik safarga otlanadi. 
Safar  davrida  Platon  Kichik  Osiyo  va  Misrda  bo’lib,  taniqli  faylasuflar 
tomonidan mavjud ilmiy bilimlarni o’zlashtrishni davom ettiradi va bu o’lkalarda o’z 
qarashlari  bilan  shuhrat  qozonadi.  Platon  Janubiy  Italiyada  bo’lganida  taniqli 
matematik  Pifagorning  shogirdlari  bilan  tanishadi.    Bu  yerda  allomaning  qarashlari 
bilan  tanishib,  o’z  bilimlarini  boyitadi.  E.av.  387  yilda  Afinaga  qaytgan  Platon  bu 
yerda  bilimlar  uyi  –  Akademiyani  tashkil  etadi.  Alloma  er.av.    347  yilda  Afina 
shahrida  vafot  etadi.  Ulug’  mutafakkir  Platon  o’zining  “Davlat”  asarida  tarbiyaning 
katta  ta’sir  kuchiga  egaligiga  alohida  e’tibor  qaratadi.  Allomaning  yozishicha,  “Har 
bir ishda, ayniqsa, yoshlar tarbiyasida boshlang’ich bosqich nihoyatda muhim. Zero, 
bu bosqichda o’qituvchi nimaning izini qoldirishni xohlasa, o’shaning izi qoladi”. 
Platonning  e’tirof  etishicha,  o’qituvchi  (tarbiyachi)  bola  tarbiyasini  tashkil 
etishda ro’y berish ehtimoli bo’lgan “inqiroz”larni inobatga olishi bilishi va avvaldan 
o’z  o’quvchilarining  ongida  salbiy  ta’sirlarga  qarshi  kurashish  imkoniyatini 
yaratuvchi  tabiiy  to’siqlarni  qo’ya  olishi  lozim.  Bu  esa  o’z  navbatida  o’qituvchi 
(tarbiyachi)  ishini  yanada  qiyinlashtiradi  va  uni  yanada  mas’uliyatli  bo’lishga 
undaydi.  Aynan  o’qituvchi  (tarbiyachi)  o’z  o’quvchisining  doimiy  ravishda  yakuniy 
muvaffaqiyatning  zarur  sharti  bo’lgan  borliqni  anglash  sari  qo’yilgan  bir  zinadan 
ikkinchi zinaga ko’tarilish asosida kamol topib borishi uchun qayg’ura bilishi zarur. 
O’qituvchi  (tarbiyachi)ning  o’quvchisiga  bo’lgan  muhabbati  Afina  maktablari 
tizimiga  xos  bo’lib,  u  bevosita  Platonning  g’oyalari  asosida  shakllangan.  Shu  bois 
mazkur  holat  “Platoncha  muhabbat”  deb  nomlanadi.  Buyuk  alloma  o’zining  “Pir” 
(“Bazm”)  asarida  murabbiyning  pedagogik  ideal  sifatidagi  timsolini  yorqin 
ifodalagan.  Asarda  aytilishicha,  o’qituvchi  o’z  o’quvchisi,  shogirdiga  qanchalik 
muhabbat  qo’ysa,  o’z  navbatida  shogirdi  ham  ustoziga  nisbatan  otashin  muhabbat, 
beg’araz intilish bilan yondashishi  zarur. 
Platon  tarbiyani  inson  hayotining  muhim  asosi  deya  baholagan.  Ya’ni:  “Kim 
qanday  yo’nalishda  tarbiyalangan  bo’lsa,  uning  butun  istiqbol  yo’li  xuddi  shunday 
bo’ladi”.     

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish