Pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari –
pedagoglarni kasbiy jihatdan qayta yo’naltirish, zamonaviy bilim, texnika,
texnologiyalar asosida ularning kasbiy malakalarini takomillashtirish maqsadida
tegishli ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan qisqa va uzoq muddatli ta’lim shakli.
Mazkur kurslar quyidagi shakllarda tashkil etiladi: ishlab chiqarishdan ajralgan holda
markaz, viloyat va tumanda o’tkaziladigan kurslar; murabbiylik asosidagi kurslar;
eksternat ko’rinishdagi kurslar; qisqa muddatli kurslar; erkin tinglovchilar kurslari;
sirtqi, qatnab ta’lim olinadigan kurslar; shaxsiy reja asosida tashkil etiladigan kurslar;
muammoli (maqsadli) kurslar; mualliflik kurslari; doimiy harakatdagi kurslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |