Muomala
(a. “muomalat” – o’zaro aloqa, munosabat) – shaxslar o’rtasida
tashkil etiladigan og’zaki munosabat, so’zlashuv usuli.
Muqobil o’quv dasturlari
– tayanch va namunaviy o’quv dasturlari asosida
amaldagi ishchi o’quv dasturlariga muqobil ravishda yaratiladigan o’quv dasturlar.
Bu kabi dasturlar ta’lim muassasalarining Pedagogik kengashlari tomonidan
tasdiqlanadi.
Musiqa
(yun. “muzike” – muzalar san’ati) –
shaxs hissiy kechinmalari, o’y-
fikrlari, hayotiy intilishlarining musiqiy ohanglar yordamida musiqiy asboblarsiz yoki
ularning jo’rligida ifodalanishi; san’at turi. Musiqa juda qadimdan shakllangan.
Notalar mavjud bo’lmaganligi sababli qo’shiqlar ovoz yordamida, jo’r bo’lib kuylash
orqali o’rganilgan. Qo’shiqlar yettita torli “kifar” nomli musiqiy asbob jo’rligida
kuylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |