B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Pedagogik  kengash
  –  ta’lim  muassasasida  faoliyat  yuritib,  uning  faoliyatini 
tartibga  soladigan  va  nazorat  qiladigan  boshqaruv  organi.  Uning  asosiy  maqsadi: 
o’quv jarayonining sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, 
metodik  ishlarni  rivojlantirish,  muassasa  faoliyati  bilan  bog’liq  barcha  tashkiliy 
masalalarni  muvofiqlashtirish,  o’qituvchi  va  tarbiyachilarning  kasbiy  mahoratlari, 
ijodkorlik darajalarini oshirish maqsadida pedagog xodimlarni birlashtirishdan iborat. 
Pedagogik kengash  quyidagi vazifalarni hal qiladi: ta’lim  muassasasi (umumiy  o’rta 
ta’lim maktabi, akademik litsey, kasb-hunar kolleji) faoliyatiga oid muhim hujjatlarni 
muhokamadan o’tkazadi, tasdiqlaydi va ularda belgilangan vazifalarning bajarilishini 
nazorat  qiladi;  ta’lim  muassasasining  maqsad  va  vazifalaridan  kelib  chiqqan  holda 
uni rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlarini belgilaydi; ta’lim muassasasida o’quv, 
tarbiya  jarayonini  tashkil  etish,  ta’lim  samaradorligini  oshirishda  maqbul  shart-
sharoitlarni yaratishga qaratilgan qarorlarni qabul qiladi; ta’lim muassasasi boshqaruv 
tizimini  takomillashtirish  bo’yicha  yo’l-yo’riqlarni  ishlab  chiqadi;  pedagogik 
jamoaning  ma’lum  yo’nalishlardagi  faoliyatini  tahlil  qiladi  va  yakuniy  xulosa 
chiqaradi;  ta’lim  muassasasi  pedagogik  jamoasi  uchun  o’z  vakolati  doirasida 
me’yoriy talablarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.  
Pedagogik  kengash  quyidagi  huquqlarga  ega:  ta’lim  muassasasini  rivojlantirish 
yo’nalishlarini istiqbol rejasini belgilash; ta’lim muassasasi jamoasi oldiga qo’yilgan 
maqsad  va  vazifalarining  bajarilishini  amalga  oshirish;  o’quv  rejada  maktab 
ixtiyoriga berilgan soatlarni taqsimlash, yillik va taqvimiy ish rejasi mazmuni hamda 


 
160 
dars  jadvalini  muhokama  qilish;  o’quv  jarayonini  tashkil  qilishning  turli  shakl  va 
metodlarini  muhokama  qilish,  amaliyotga  tatbiq  etish;  ta’lim  muassasasi  ta’lim 
jarayoniga oid barcha  masalalarni o’z vakolati doirasida muhokama etish va tegishli 
qaror  qabul  qilish;  pedagoglar  malakasini  oshirish  tizimi,  ularning  ijodiy 
tashabbuskorliklarini  rivojlantirish  bo’yicha  o’z  takliflarini  berish;    o’quvchilarning 
bilim  darajasini  aniqlashda  oraliq  nazorat  bo’yicha  qaror  qabul  qilishda  qatnashish, 
uni o’tkazish shakli va vaqtini belgilash; ta’lim oluvchilarni sinfdan-sinfga (kursdan-
kursga ko’chirish), bituvchilarni yakuniy attestatsiyaga qo’yish bo’yicha qaror qabul 
qilish;  ta’lim  jarayonini  tashkil  qilish,  ta’lim  muassasasini  rivojlantirishga  doir 
masalalar  bo’yicha  maktab  rahbariyatining  hisobotlarini  tinglash;  ta’lim  maqsadiga 
muvofiq  holda  o’quvchilarni  rag’batlantirish  va  jazolash  bo’yicha  masalalarni  hal 
etish; chorak, yarim yillik “semestr”, yil yakuniga doir xulosalar chiqarish; pedagogik 
Kengash  a’zolaridan  pedagogik  faoliyatni  bir  xil  tamoyillarga  asosan  amalga 
oshirishni  talab  qilish;  ta’lim-tarbiya  jarayonida  alohida  xizmat  ko’rsatgan  ta’lim 
muassasasi  xodimlarini  rag’batlantirishga  tavsiya  qilish;  yakuniy  attestatsiyadan 
muvaffaqiyatli  o’tgan  o’quvchilarga  o’rnatilgan  tartibda  hujjatlar  berish  to’g’risida 
qaror qabul qilish. Pedagogik kengash faoliyati quyidagi hujjatlarda yoritiladi: 1. Ish 
rejasi.  2.  Kengash  bayonnomasi  yoziladigan  muhrlangan  daftar.  3.  Kengash 
materiallari.  4.  Hisobot.

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish