B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

Oliy  ta’lim
  –  turli  mutaxassislik  yo’nalishlari  bo’yicha  yuqori  malakali 
mutaxassislarni tayyorlash bosqichi. Mazkur ta’lim o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
negizida  ikki  bosqich  (bakalavriyat,  magistratura)da  tashkil  etiladi.  Bu  turdagi 
ta’limning  asosiy  maqsadi  zamon  talablariga  javob  bera  oladigan  malakali, 
raqobatbardosh,  yuksak  bilimli,  oliy  ta’lim  mutaxassisi  talablariga  o’zi  tanlagan 
yo’nalishi yuzasidan talabga javob bera oladigan respublikaning ilm-fan, madaniyat, 
iqtisod,  ijtimoiy  sohalarini  rivojlantirishda  o’z  hissasini  qo’shadigan,  mustaqil 
fikrlaydigan,  yuksak  ma’naviyatga  ega  bo’lgan  yuqori  salohiyatli  mutaxassislarni 
tayyorlashdir. Oliy ta’limning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: DTSga muvofiq 
zamonaviy  dasturlar  asosida  o’qitishning  sifatini  ta’minlash;  oliy  malakali  ilmiy-
pedagogik kadrlarni tayyorlash; ilm-fan, madaniyat, iqtisodning zamonaviy yutuqlari, 
mamlakatning  iqtisodiy,  ijtimoiy  istiqbolini  yutuqlarini  hisobga  olgan  holda  kadrlar 
tayyorlash  tizimini  takomillashtirish;  oliy  ta’limning  insonparvarligini  ta’minlash 
maqsadida yoshlar tarbiyasiga milliy istiqlol g’oyasi asosida milliy va umuminsoniy 
qadriyatlar,  Vatanga,  oilaga,  atrof-muhitga  muhabbatni  singdirish;  o’qitishning 
interfaol 
usullarini, 
pedagogik 
innovatsion 
hamda 
axborot 
kompyuter 
texnologiyalarini,  mustaqil  ta’lim  olish,  masofaviy  ta’lim  tizimini  amaliyotga  joriy 
qilish;  oliy  ta’limda  fan  va  ishlab  chiqarish  mexanizmlarining  uyg’unligi 
mexanizmlarini  ishlab  chiqish  va  amaliyotda  qo’llash;  ilmiy-pedagogik  kadrlar  va 
ta’lim oluvchilarning ilmiy-ijodiy faoliyati, ilmiy tadqiqotlari yordamida fan, texnika, 
texnologiyalarni  rivojlantirish,  ta’lim  jarayoni  orqali  mamlakat  iqtisodining 
rivojlanishiga  hissa  qo’shish;  davlat  va  nodavlat  oliy  o’quv  muassasalarini 
rivojlantirish asosida ta’lim xizmatlari bozorida raqobatni yuzaga keltirish; oliy o’quv 
muassasalarini  boshqarish  va  kengaytirishni  takomillashtirish  uchun  jamoat 
boshqaruvining   vasiylik  va  kuzatuvchi  kengashlarni  kiritish;  ta’lim  va  kadrlar 
tayyorlash  sifatini  tekshirish  uchun  marketing  tadqiqotlarini  olib  borish,   yo’nalishi 
bo’yicha  belgilangan  mehnat  bilan  ta’minlash  monitoringini  tuzish;  oliy  ta’lim 


 
152 
sohasida ikki tomonlama foydali xalqaro aloqalarni rivojlantirish.   
Respublika  oliy  ta’lim  muassasalarida  pedagogik  jarayonni  tashkil  etishda 
quyidagi  to’rt  masala  hal  qilinadi:  ta’limiy;  tarbiyaviy;  rivojlantirish;  kasbiy 
yo’naltirish.     
Oliy ta’lim oliy o’quv yurtlari (institut, universitet hamda akademiya)da tashkil 
etiladi. Ushbu bosqich ta’lim  muassasalariga talabalarni qabul qilish davlat grantlari 
va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi. Oliy ta’limning bakalavriat bosqichi 
yakunlangandan  so’ng  bitiruvchilarga  davlat  attestatsiyasi  yakunlariga  ko’ra 
ixtisoslik  yo’nalishi  bo’yicha  “bakalavr”,    magistratura  bosqichi  yakunlangandan 
so’ng  bitiruvchilarga  davlat  attestatsiyasi  yakunlariga  ko’ra  ixtisoslik  yo’nalishi 
bo’yicha  “magistr”  darajasi  beriladi.  Bakalavr  va    magistr  davlat  tomonidan 
tasdiqlangan namunadagi diplomga ega bo’ladi.  
O’zbekistonda  oliy  ta’limni  tashkil  etishda  uning  mazmuni  muhim  ahamiyat 
kasb  etadi.  Uning  mazmuni  bir  qator  me’yor  hujjatlar  hamda  o’quv  fanlarining 
g’oyalari  asosida  shakllantiriladi.  OTMda  o’qitiladigan  o’quv  fanlari  quyidagi  uch 
blokka  ajratilgan.  Ya’ni:  1-blok  –  maxsus  fanlar;  2-blok  –  psixologik-pedagogik 
fanlar; 3-blok – umumiy fanlar. 
Sharqda ham G’arbda ham oliy ta’lim o’rta asrlardan boshlab rivojlangan. Oliy 
ta’lim Sharq musulmon mamlakatlarida madrasalarda tashkil etilgan bo’lsa, G’arbda 
universitetlarda  tashkil  etilgan.  Sharq  musulmon  mamlakatlarining  madrasalarida 
o’qitilgan  oliy  ta’lim  o’quv  rejasidan  grammatika,  Qur’on,  Hadis,  ritorika,  logika, 
metafizika, geologiya, adabiyot, huquqshunoslik kabi fanlar o’rin olgan. 
 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish